Ingliz tili darslik maktab

Ingliz tili darslik maktab

Writeln(Son); sanagichga 1 qo‘shamiz.

Informatika, Xorijiy (ingliz, nemis, fransuz) tillar

Informatika fanini o‘qitishni takomillashtirish uchun 2014-2015-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarga nazar solib, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni sarhisob qilish kelgusidagi faoliyatni to‘g‘ri o‘zanda davom ettirishga asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishda o‘qituvchilarning o‘quvchilarni fan va texnika olamida ro‘y berayotgan eng oxirgi yangiliklar bilan tanishtirishga e’tibor qaratishi avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida asosiy masala sifatida ko‘rib chiqilishi zarur.

Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktab­larini zamonaviy kompyuter, elektron darslik, qo‘llanma va dars ishlanmalari bilan ta’minlash hamda ulardan samarali foydalanish va jarayonga oqilona joriy etishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Buning uchun o‘qituvchilar, mutaxassislar AKT­dan foydalanishni mukammal bilishlari va o‘quvchilarni AKT imkoniyati bilan yaqin­dan tanishtirishlari kerak.

Informatika o‘qituvchilari tugallangan o‘quv yilida duch kelgan muammolarni tahlil etib, ularni hal etish choralarini muhokama qilishi uchun sho‘balarda faol muhit yaratish muhim. Informatika fanining istiqboli va rivojlanishi bilan bog‘liq yangiliklarni yetkazish bilan bir qatorda o‘qitish talablarini mazmunan hamda shaklan o‘zgartirishda o‘qituvchidan ijodkorlik talab etiladi.

Masalan, 5-sinfda “Grafik muharriri yordamida rasmlarni qayta ishlash” mavzusini o‘tish jarayonida turli rasmlar (shu jumladan, shaffof fonli rasmlar) jamlamasini avvaldan tayyorlab, o‘quvchilar kompyuterlariga joylab qo‘yish darsning samaraliroq o‘tishiga asos bo‘ladi. 6-sinfda “Word dasturida formulalar yozish” mavzusini o‘tishda tarqatma materiallar sifatida radikallar, integrallar, matritsalar, mantiqiy amal belgilari kabilar ishtirok etgan murakkab formulalardan foydalaniladi. Bu esa yuqori sinflarda yoki ta’limning keyingi bosqichlarida zarur bo‘ladigan AKTga doir kompetensiyalarning shakllanishiga zamin bo‘ladi. 7-sinfda “Elektron pochta” mavzusi o‘tilganda o‘quvchi internetning asosiy xizmatlaridan biri bilan tanishadi. Masalan, axborotni elektron vositalar orqali uzatish, axborot xavfsizligini ta’minlash, elektron pochta bilan ishlash, bunda huquqiy va axloqiy me’yorlarni, mualliflik huquqlarini bilish, erkin foydalaniladigan va tijorat dastur­lari, dasturlar litsenziyalarini farqlash tushun­chalarini o‘quvchilar o‘rganadi. Ularning tushunchalari aniq va to‘laqonli bo‘lishi uchun avvaldan pochta serveridan pochta qutisi tayyorlab qo‘yilishi zarur. Natijada o‘quvchilar “jonli tarzda” bir-biriga xabar jo‘natish, kelgan axborotni o‘qish, xabarga fayl biriktirib jo‘natish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa dars davomida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini shakllantiradi.

Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlari bahs-munozara, seminar-trening tarzida o‘tkazilib, unda informatika darslarini zamonaviy texnologiyalardan foyda­langan holda tashkil etish, amaldagi 5—9-sinf “Informatika” darsliklarining yutuq va kamchiliklari, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish usullarini o‘rtaga tashlash samarali bo‘ladi. Informatika ta’limidagi muammolar va ularning yechimlari, 2014-2015-o‘quv yilida o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalari, 8-sinflarda o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi, 9-sinflarda tashkil etilgan olimpiada natijalarini tahlil etish muhimdir. O‘zlashtirilishi qiyin mavzular va olimpiada masalalarini yechishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni muhokama qilish tavsiya etiladi.

Elektron axborot resurslaridan foydalanishga oid mashg‘ulotlarni o‘tkazish orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash malakasini hosil qilish yo‘llarini yosh o‘qituvchilarga mahorat darslari tarzida yetkazishi zarur. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi elektron axborot ta’lim re­surslari- 2015” ko‘rik-tanlovining mo­hiya­tini, ishtirokchi o‘quvchi va o‘qituv­chilarning yutuqlari bilan tanishtirish lozim. O‘quvchi-yoshlarda axborotdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan “Global­lashuv sharoitida yoshlarning media- savodxonligini oshirish” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi haqida ma’lumot berish bilan birga, ommaviy axborot vositalari orqali va www. eduportal.uz, www.uzedu.uz, www. rtm.uz manbalarida bu bo‘yicha materiallar mavjudligini namoyish etish, Respublika ta’lim markazi sayti- (www.rtm.uz)da o‘tgan o‘quv yili davomida informatika fanidan o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha metodik materiallar berib kelinayot­ganini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, maktablarda tashkil etilgan “Dasturlash” to‘garaklarida o‘quvchilarning imkoniyatini hisobga olgan holda topshiriq berish zarur. O‘quvchilar e’tiboriga havola etiladigan chiziqli, tarmoqlanuvchi va takror­lanuvchi tarkibli sodda masalalar “Dasturlash” to‘garagi a’zolarining algoritmik fikrlashi rivojlanishiga yordam berish o‘rniga bir qolipga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli to‘garakdagi o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda vazifalarning 10 foizini algoritmlashda qiziqarli va nisbatan murakkabroq hisoblangan masalalar bilan boyitish maqsadga muvofiq. Bu o‘quvchilarga algoritmlashning keyingi bosqichi uchun yo‘l ochib beradi, ularni intilishga, fikrlashga undaydi.

O‘ylashga, masalani turli tomondan tahlil etishga majbur qiladigan algoritmlardan biri bu — tanlama algoritmidir . Bu algoritmni o‘rganishga yo‘naltirish uchun quyidagi sodda masalani qaraylik:

Mashq . Beshta elementli A= to‘plam berilgan. Shu to‘plam elemetlaridan yig‘indisi 7 ga teng bo‘lgan va elementlari o‘sish tartibida joylashgan to‘plamlar sonini aniqlang.

Tahlil . Oddiy usulda yig‘indini hisoblash orqali quyidagilar aniqlanadi: 1+2+4=7; 2+5=7; 3+4=7. Bu esa vazifa shartiga mos 3 ta , va to‘plam borligini ko‘rsatadi.

Masala yechishda binar tan­lamadan foydalanish. Tanlama dasturini ko‘rib chiqib, uni biror ma­salaga tatbiq etganda massivni ekranga chiqarish qismi o‘zgartirilishi kerakligini tushunish mumkin. Binar tanlamani 1-mashqdagi to‘plamlarni aniqlashga qo‘llaymiz.

Buning uchun massivning har bir B[k] elementiga A to‘plamning A[k]=k elementini mos qo‘yamiz. Agar B[k]=1 bo‘lsa, u holda A[k] element tanlovda ishtirok etadi.

Y:=0; Y – A to‘plam elementlaridan tashkil etiladigan

For k:=1 to 5 do Binar massiv elementlarini birma-bir qaraymiz va

If B[k]=1 Then Y:= Y+A[k]; agar massiv elementi tanlansa, uni yig‘indiga

If Y=7 then Son:=Son+1; qo‘shamiz.

Goto 1; End; Agar yig‘indi qiymati 7ga teng bo‘lsa, u holda

Writeln(Son); sanagichga 1 qo‘shamiz.

Izlanayotgan to‘plamlar sonini chop etamiz.

Qaralayotgan 1-mashqning yechimini beruvchi dasturning to‘liq matni quyidagicha:

Ingliz tili darslik maktab

ИНГЛИЗ ТИЛИmaktab sinf ИНГЛИЗ ТИЛИ китоб узбек дарслик тестлар

Последняя версия

27 янв. 2023 г.
Разработчик
Google Play ID
Количество установок

App APKs

INGLIZ TILI 5 6 7 8 9 10 11 APK

Ingliz tili darslik maktab APP

ИНГЛИЗ ТИЛИ синф ИНГЛИЗ ТИЛИ китоб китоблар o’zbekcha darslik .

Популярные запросы

LD Player – #1 Android Emulator

Лучший Эмулятор Андроида для ПК

Приложения · Hot

Google Play Маркет Google LLC · Инструменты

InstaPro Sam Mods · Социальные

YouTube Vanced Team Vanced · Видеоплееры и редакторы

自由浏览 Greatfire.org · Связь

HushSMS Uploader · Инструменты

Популярные

MangaLib Malo Boucé · Книги и справочники

Cool Reader Vadim Lopatin · Книги и справочники

Когда намаз Kogdanamaz · Книги и справочники

Brawl Stars Wiki Fernas Techno · Книги и справочники

Русско Узбекский Переводчик GK Apps · Книги и справочники

Читы на стандофф 2 на голду Tim_Dev · Книги и справочники

Super PDF Drive Reallyloaded Inc. · Книги и справочники

MangaHub HippoAD · Книги и справочники

Генератор гемов для бравл старс Banza-Dating · Книги и справочники

JW Library Jehovah’s Witnesses · Книги и справочники

APKCombo Installer

Порядок установки XAPK, APKS, OBB?

Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar usullarni qo’llash natijasida, o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi, nutqi ravonlashishi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanishi, bilimga ishtiyoq uyg’otishi, darslarga puxta hozirlik ko’rishga intilishi haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar: zamonaviy, innovatsiya, boshlang’ich, o’yin, ta’limiy, ta’lim

Zamonaviy boshlang’ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o’rganish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’qitish bosqichma-bosqich boshlanadi. Qarorga ko’ra, Chet tillarni o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta’li­m sohasining barcha yo’nalishlarida beqiyos ko’lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi. Masalan, 2013-2014 o’quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida xorijiy tillarni o’yin tarzidagi mashg’ulotlar va og’zaki nutq darslari shaklida uzluksiz o’rgatish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, ushbu sinflarga mo’ljallangan darslik hamda o’quv-metodik majmualar yaratildi. Diqqatga molik jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan majmualardagi o’yin-mashg’ulotlarning kichkintoylar yoshiga mutanosibligi ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan ilk tanishishni salomlashish madaniyati, ranglar va kundalik so’zlarni dialog shaklida o’rganishdan boshladilar.

Shubhasiz, mamlakatimiz ta’lim dargohlarida xorijiy tillar xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o’qitishning ilg’or texnik vositalari bilan jihozlash, teleradiokanallarda bolalar va o’smirlarni xorijiy tillarga o’rgatuvchi ko’rsatuv va eshittirishlarni berib borish, boshqa mamlakatlar tarixi va madaniyati, jahon ilm-fani va texnik yangiliklariga bag’ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy va multiplikatsion filmlarni o’zbekcha subtitr yordamida muntazam namoyish etish yoshlarimizga dunyo xalq­larining o’tmishi, madaniyati, ilm-fani bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Boshlang’ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o’quvchilarga chet tillarni o’rgatishda o’quvchining yoshi, fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qarorda ta’kidlanganidek, birinchi sinflarda o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida chet tillarini o’rgatishni amalga oshirish, haqiqatan, kichik yoshdagi o’quvchilarga mosligidir. Ta’limda o’yin texnologiyalaridan foydalanish, eng samarali vositalardan biridir. O’yin davomida ularning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar ta’limga o’yin orqali yondashuv ta’lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu fanga qiziqishini kuchaytirib,bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O’yin tarzidagi darslar bolalarning og’zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Birinchi sinf o’quvchilari rasmli yoki videoli turli ko’rishlarni juda yaxshi ko’rishadi. Turli xil rangli rasmlar orqali, ularning nutqlarini o’stirishda o’yinlardan muntazam foydalanib turish lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko’p so’z biladi?” kabi o’yinlardan foydalanish mumkin. O’yin jarayonida bolalarning so’zlarni eslab qolishi, to’g’ri talaffuz etishiga qarab rag’batlantirib borish zarur. Bolalarning so’z boyliklarini ortib borishiga qarab boshqa turdagi o’yinlar, turli xil musobaqalarni tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarga dastlab “Meva nomlari”, “Kasblar”, “Uy jihozlari” kabi mavzulardagi mashqlarni o’yinlar yordamida bajartirish mumkin. So’ngra ular kompyuterdagi rang-barang tasvirlarga uyg’un holatda ko’rsatilsa, o’quvchilarning nutqi rivojlanib, atrof-muhitga munosabat doirasi kengayadi. Yangi mavzuni namoyish etish bosqichida ekranda so’zlar va uni aks ettiruvchi rasmlar paydo bo’ladi. O’quvchilar so’zlarni tinglab, ularni talaffuz etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mavzuni kompyuter yordamida taqdim etishda ta’limni individuallashtirish printsipiga e’tibor berish lozim. Ayrim o’quvchilar so’zning grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul qilishda qiyinchilikka uchraydilar. Kompyuter u yoki bu qiyinchilikni mashqlar vositasida bartaraf etib, o’quvchining ingliz tilidan o’zlashtirishga qiynalayotgan jihatlarini topishga va ularni bartaraf etishga yordam beradi.

Ikkinchi sinfdan boshlab grammatikani o’zlashtirishga qaratilgan boshqa ta’limiy o’yinlarni ham tashkil etish mumkin. Masalan, “Kim savodxon?”, Kim zukko?, “Men kimman?“, “Zanjir“, “Rolli o’yin“, “So’z o’rnini top kabi qiziqarli o’yinlar shular jumlasidandir. “Kim zukko? “ o’yini imlo savodxonlikni oshirishda yaxshi natija beradi. Bunda karton qog’ozga 5-6 ta so’z yozilgan bo’lib, so’zlar to’g’ri va noto’g’ri yozilgan bo’ladi. O’quvchilardan noto’g’ri yozilgan so’zni topib, to’g’ri yozib berish talab qilinadi. Qaysi o’quvchi noto’g’ri yozilgan so’zlarni to’g’ri va birinchi bo’lib yozib berishga qarab o’yin g’olibi aniqlanadi.

Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda:

“Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish. Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar.“Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi.“Chigil yozdi” (Warm-up exercises) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish. “Pantomima” (Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, o’quvchilar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi. “Hikoya zanjiri” (A chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini oshirishda va xotirani mustahkamlashda yordam beradi. “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi mumkin “Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, o’quvchilarning o’g’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim. “Kviz kartochkalari” (Quiz cards) o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma o’quvchilar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi.

“So’z o’rnini top“ o’yinida so’zlarning o’rni almashtirib qo’yiladi hamda so’zlarni o’z o’rniga to’g’ri qo’yish orqali gap hosil qilinadi. “To’plam“o’yini ma’lum bir mavzu asosida o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi. O’yin qatorlar musobaqasi yoki kichik guruhlarda ishlash shaklida tashkil etiladi. Masalan, belgini bildirgan so’zlarni toping deb, guruhlarga topshiriq beriladi. Berilgan vaqt iсhida qaysi guruh ko‘p topa olsa g‘olib bo‘ladi. Multfilmlar. Bolalar chet tilini o’rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun til o’rganishda qiziq va samarali yo’l hisoblanadi. Bolalar uchun ingliz tili qo’shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, videoroliklar orqali o’rgatib kelinmoqda.

“Rasmli” o’yin. O’quvchilar Present Continious tarkibini yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun rasmli o’yinni qo’llash mumkin. O’quvchilarga hali ko’rmagan rasmlaridagi personaj nima qilayotganini topish taklif etiladi. Masalan, P1: Is the girl sitting at the table? P 2 : No, she is not.

P1: Is the girl standing? P 2:: Yes, she is

Rasmda ifodalangan harakatni to’g’ri topgan o’quvchi g’olib xisoblanadi. U boshlovchi bo’lib boshqa rasmni oladi.

“Rasmdagi gaplar”o’yini. Bu o’yin grammatik formalarni mashq qildirish uchun yaxshi ko’rgazmali vosita hisoblanadi. Kartalarda odamni qandaydir harakatlarini ifodalovchi bir necha rasmlar bor, masalan: konkida uchayotgan, shaxmat o’ynayotgan, kitob o’qiyotgan rasmlar bor. O’qituvchi rasmli kartalarni ko’rsatadi (bola konkida uchayapti) va so’raydi: What is he doing? O’quvchilar o’zlarida xuddi shunday rasmni topadilar va javob beradilar: He is skating.

Xulosa o‘rnida ta‘kidlash joizki, ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarni yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyojni to‘la qondirishga yordam beruvchi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy didaktik ishlanmalarni tayyorlash va ularni amalga oshirishning mustahkam mexanizmini ishlab chiqish muaommoning amaliy yechimini ta‘minlaydi.

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi «CHet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-1875-sonli qarori.

2.Iriskulov A.T va boshqalar Kids‘ English pupil‘s book 2sinf –Toshkent ―O’zbekiston;2014

3.Passov Ye.I. Kommunikativniy metod obucheniya inoyazichnomu govoreniyu. M.: Prosveщenie,1991

4. Xoshimov O‘. Yoqubov I. Ingliz tili o‘qitish metodikasi. T., – 2003

5. Vyatyutnev M.N. Obuchenie inostrannomu yaziku v nachalnoy shkole. /inostranniy yazik v shkole, 1990

Qiziqarli malumotlar
Ingliz tili darslik maktab