INGLIZ INQILOBI
INGLIZ INQILOBI (17-a.) – Yevropa miqyosidagi 1-inqilob. Puritanizm (q. Puritanlar) mustabid tuzumga inqilobiy muxolifatning gʻoyaviy bayrogʻi, uning tashkiliy shakli esa — parlament boʻlib qoldi. Karl I tomonidan 1640-y. chaqirilgan parlament tarafdorlari bilan royalistlar oʻrtasidagi 1-fuqarolar urushi (1642—46) va 2-fuqarolar urushi (1648) davomida O. Kromvel tashkil etgan parlament armiyasi Karl I Styuartning qirollik armiyasiga Neyzbi (1645) va Preston (1648) da hal qiluvchi zarba berib, tor-mor etdi. 1649-y. qirol qatl etilib, respublika eʼlon qilindi. 1653-y. harbiy diktatura — Kromvel protektorata oʻrnatildi. 1660-y. Styuartlar in-qilobning asosiy yutuklari (shu jumladan, feodal yer egaligini amalda burjua yer egaligiga aylantirilishi)ni tan olishga rozi boʻlgach, ular hokimiyati tiklandi. 1688—89 y. lardagi davlat toʻntarishi («Shonli inqilob») burjuaziyaning davlat hokimiyatidagi mavqeini mustahkamladi.
Ensiklopediya.uz
INGLIZ INQILOBI