Inglis tilida gapirish ko’nikmasi mashqi

Inglis tilida gapirish ko’nikmasi mashqi

Inglis tilida gapirish ko’nikmasi mashqi

Mundarija скрыть
Inglis tilida gapirish ko’nikmasi mashqi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

INGLIS TILIDA GAPIRISH KO’NIKMASI MASHQI
INGLIZ TILIDA GAPIRISH KO’NIKMASI MASHQI
IELTS imtihoni uchun tayyorlanayotgan o’rganuvchilarning ko’pchiligi ingliz tilida jonli muloqotga kirisha olishmasligi, ulardan haqiqiy ingliz yoki amerikalik, yoki boshqa biror ingliz tilini ona tili sifatida gapiradigan kishi bilan suhbatlasha olish imkoniyati yo’qligi sababli o’zlarining ingliz tilida gapirish (Speaking) ko’nikmasini mashq qilishda qiynalishadi. Ko’p hollarda esa ularda ingliz tilida muloqot qilishga umuman imkoniyat bo’lmaydi. Ingliz tilini ona tili sifatida gapiradigan kishilar bilan suhbatlashish esa ingliz tilini gapirish (Speaking) va eshitish (Listening) ko’nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun IELTS o’rganayotgan yoshlarga ingliz tilida haqiqiy, jonli suhbat qurishni maslahat beraman.
Ingliz tilida jonli muloqot qilishni xohlasangiz-u, ammo atrofingizda na ingliz, na amerikalik va na boshqa ingliz tilini ona tili sifatida gapiradigan kishi bo’lmasa – bu Sizning ingliz tilida suhbatlashish imkoniyatingiz umuman yo’q, degani emas! Yaqinda IELTS o’rgatish guruhimdagi o’quvchilarim bilan ingliz tilida gaplashishning haqiqiy, jonli mashq qilish imkonini topdik. Termiz shahridan turib internet orqali Amerika, Avstraliya, Angliya fuqarolari bilan internet orqali jonli muloqotga kirishdik. O’quvchilarim naushnik va mikrofon orqali internetga ulangan kompyuterdan foydalangan holda ingliz tilini ona tili sifatida gapiradigan kishilar bilan suhbatlashishdi. Bu mashq ularning gapirish va eshitish ko’nikmalarini rivojlantirishga katta yordam berdi. Eng qulayi shu-ki, jonli ingliz tilidagi suhbat biz uchun juda foydali va to’liq bepul bo’ldi. Bu usuldan Siz ham foydalanishingiz va ingliz tilidagi ko’nikmalaringizni yanada oshirishga harakat qilishingiz mumkin.
Ingliz tilida jonli muloqotga kirishishingiz uchun Sizga yuqori tezlikdagi (kamida 256 kbit/s) internetga ulangan kompyuter, naushnik va mikrofon, Skype dasturi hamda bir nechta yirik kompaniyalarning TOLL-FREE (aloqa uchun pul to’lanmaydigan, qo’ng’iroq qilish bepul bo’lgan) raqamlari kerak bo’ladi.
Skype dasturini www.skype.com sayti orqali yuklab oling va kompyuteringizga o’rnating. Dastur o’rnatilgandan so’ng mikrofon va naushnikingizni sozlab olishingiz mumkin bo’ladi.
Skype orqali TOLL-FREE raqamlarga qo’ng’iroq qilish 100% bepul amalga oshiriladi. TOLL-FREE raqamlar – katta, mashxur kompaniyalarning mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida bepul qo’ng’iroqlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi maxsus telefon raqamlari hisoblanadi. Bunday raqamlar Amerika hududida 1-800-… raqamlari bilan boshlanadi. Ushbu raqamlarni tergan holda, masalan, ma’lum bir kompaniyaning mijozlarni qo’llab-quvvatlash (Support) jamoasi bilan bog’lanishingiz mumkin. Bunda qo’ng’iroq mijoz uchun bepul bo’ladi. Ya’ni, suhbatlashish vaqti uchun to’lovni qo’ng’iroq qiluvchi emas, balki kompaniya to’laydi.
Bizning maqsadimiz – ingliz tilida jonli muloqot qilish imkoniyatini qo’lga kiritish, ingliz tilidagi eshitish va gapirish ko’nikmalarimizni rivojlantirish. Buning uchun Skype va TOLL-FREE raqamlar imkoniyatidan foydalanib haqiqiy amerikalik, angliyalik va avstraliyalik fuqarolarga bog’lanishimiz va jonli muloqotga kirishishimiz mumkin.
Boshlanishiga Apple kompaniyasiga telefon qilib iPhone haqida mutaxassis bilan suhbatlashishni mashq qilib ko’ring. Buning uchun Skype dasturning raqam terish oynasida Apple kompaniyasining bepul (TOLL-FREE) 1-800-694-7466 raqamiga qo’ng’iroq qilasiz. Bu raqam – iPhone telefonlari bilan bog’liq muammolar va ma’lumotlar markazining mijozlarni qo’llab-quvvatlash bo’limi raqamidir. Unga qo’ng’iroq qilib iPhone haqida ma’lumot olishingiz, yoki u bilan bog’liq biror muammoli masalani hal qilishingiz mumkin.
Suhbatni boshlash uchun 1-800-694-7466 raqamini tering va operator bilan bog’lanish qisqa raqamlarini aytilganidek ketma-ketlikda tering. Shundan so’ng iPhone mutaxassisi haqiqiy, jonli ingliz tilida (!!!) Siz bilan muloqotga kirishadi. Siz ham u bilan salomlashib, iPhone telefonlarining yangi, bo’lajak mijozi sifatida suhbatni boshlang. Misol uchun mutaxassisga ingliz tilida «…Men iPhone sotib olmoqchiman, ammo men O’zbekistonda yashayman. Bordi-yu, iPhone telefonim buzilib qolsa qayerga murojaat qilishim mumkin? Toshkentda iPhone rasmiy ustaxonalari bormi?» deb savol berishingiz, yoki «…iPhone sotib olmoqchi edim, bu telefonda o’zbek tilini o’rnatish mumkinmi?» kabi savol bilan murojaat qilishingiz mumkin. Ishonchim komilki, Apple kompaniyasi mutaxassislari Sizga xushmuomalalik bilan murojaat qilishadi va suhbatingiz maroqli o’tadi. Kompniya va mahsuloti haqida o’zingiz so’ragan ma’lumotlarni olib, ularga to’liq tushunganingizdan so’ng operatorga rahmat aytib, u bilan odobli tarzda xayrlashing. Mana shu Siz uchun eng yaxshi ingliz tilining jonli suhbati bo’ladi! Mana Sizga ingliz tilida gapirishning real mashqi!
Agar boshqa kompaniyalarga telefon qilsangiz, ularning mahsulotlari va xizmatlari haqida o’zingizni qiziqtirgan savollarni so’rang. Turli kompaniyalarning mahsulotlari haqida o’rganish va ingliz tili ko’nikmalaringizni rivojlantiring! Kompaniyalar telefon raqamlariga qo’ng’iroq qilishdan avval ularning mahsulotlari haqida bir oz bo’lsa ham bilib olganingizga, operatordan nima so’rashni bilishingizga ishonch hosil qiling.
Quyidagi TOLL-FREE raqamlardan foydalanib Skype orqali ingliz tilida jonli muloqotga kirishishingiz mumkin:
1-800-275-2273 – Apple kompaniyasining umumiy masalalar bo’yicha telefon raqami;
1-800-800-2775 – Apple kompaniyasi o’rganish markazi yordam raqami;
1-800-780-5009 – Apple kompaniyasi o’rganish markazi savdo raqami;
1-800-263-3394 – Apple kompaniyasining Kanadadagi yordam markazi raqami;
1-800-426-9400 – Microsoft kompaniyasi yordam raqami.
Bulardan tashqari yana ko’proq raqamlarni www.inter800.com saytidan olishingiz mumkin. Bu saytda dunyoning barcha nuqtalarida joylashgan yirik kompaniyalarning bepul TOLL-FREE raqamlari keltirilgan. Ularga qo’ng’iroq qiling, kompaniya operatorlari bilan ingliz tilida jonli suhbat quring va ilmingizni yanada oshiring!

Inglis tilida gapirish ko’nikmasi mashqi