INGICHKA TOLALI GʻOʻZA
INGICHKA TOLALI GʻOʻZA, uzun tolali gʻoʻza — 37—42 mm va undan uzun tola beradigan gʻoʻzalar. Ingichka tolali gʻoʻzaga asosan Gossypium barbadense L. turiga mansub navlar kiradi. Jahoida paxta tolasi ishlab chiqarishda Ingichka tolali gʻoʻzalar oʻrta tolali gʻoʻzalarsan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Ingichka tolali gʻoʻza koʻp mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Misr, Sudan, Peru, Shim. Braziliya, Nigeriya, AQSH da katta maydonlarga ekiladi.
Ensiklopediya.uz
INGICHKA TOLALI GʻOʻZA