INFRAQIZIL FOTOGRAFIYA

INFRAQIZIL FOTOGRAFIYA

INFRAQIZIL FOTOGRAFIYA — fotofafiya sohasi; infraqizil nurlanishdan foydalanib tasvir hosil qilish usullari majmuidan iborat. Surat olishda toʻlqin uz. 760 dan 1500 nm gacha boʻlgan infraqizil elektromagnit nurlanishlardan foydalaniladi. Infraqizil fotografiya bevosita yoki bilvosita usullarda amalga oshiriladi. Bevosita usulda infraqizil nurlarga sezgir fotoplastinka yoki plyonkalar (infrafo-tomateriallar) qoʻllanadi. Bilvosita usulda fotoapparatning obyektivi oldiga oʻrnatiladigan maxsus elektron-optik tizimli moslama ishlatiladi. U narsaning koʻzga koʻrinmaydigan tasvi-rini koʻzga koʻrinadigan tasvirga aylantirib, tasvir ravshanligini ham kuchaytirib beradi. Bunda koʻzga koʻrinadigan nurlanishlar (yorugʻlik) ni seza oladigan oddiy fotoplyonkalar bilan qorongʻida xam fotosuratlar olish mumkin (rasmga q.).

Ensiklopediya.uz
INFRAQIZIL FOTOGRAFIYA