INFORMATSIYA NAZARIYASI

INFORMATSIYA NAZARIYASI

INFORMATSIYA NAZARIYASIinformatsiya (axborot, maʼlumot, xabar) ni toʻplash, saqdash, qayta ishlash va tarqatish usullarini tadkiq qiladigan fan sohasi; kibernetikannt asosiy qismlaridan biri. Informatsiya nazariyasiga 1948—49 y. larda amerikalik olim K. Shennon asos solgan. Keyinchalik dunyoning boshqa yirik olimlari Informatsiya nazariyasini rivojlantirishgan. Informatsiya nazariyasida tadkikrtlarning muhim vazifalaridan biri informatsiyani tarqatishning eng maqbul (optimal) usullarini topishdan iborat. Bunda asosiy koʻrsatkich informatsiyani tarqatish ishonchliligi va tezligi hamda shular b-n bogʻliq ravishda erishiladigan sifatning nazariy chegarasini aniqlash hisoblanadi. Informatsiya nazariyasi statistik mohiyatga ega, shuning uchun undagi matematik usullarning koʻpchiligi ehtimollar nazariyasita suyanadi.

Ensiklopediya.uz
INFORMATSIYA NAZARIYASI