Informatika, Xorijiy (ingliz, nemis, fransuz) tillar

Informatika, Xorijiy (ingliz, nemis, fransuz) tillar

Работа — важная часть жизни каждого из нас. Однако в жизни каждого человека наступает момент, когда он задумывается о смене работы, а может быть, даже и сферы деятельности. Увы, перемены — это не всегда легко, поэтому сомнения неизбежны.

7 sinf ingliz tili audio darslik

HeadHunter (hh.uz) — место, где работа найдётся всегда!

Работа — важная часть жизни каждого из нас. Однако в жизни каждого человека наступает момент, когда он задумывается о смене работы, а может быть, даже и сферы деятельности. Увы, перемены — это не всегда легко, поэтому сомнения неизбежны.

С чего начать поиск работы? Какая работа мне подойдет? Есть ли такие вакансии на рынке труда? Как правильно составить резюме? Ответить на все эти вопросы поможет сайт hh.uz, где ежедневно тысячи людей ищут и находят работу, а работодатели размещают вакансии.

Как лучше искать работу на hh.uz? Вы можете просматривать вакансии и откликаться на понравившиеся предложения. К услугам кандидатов обширный каталог профессиональных областей, где можно выбрать специальность. Достаточно всего лишь пару раз кликнуть мышкой, чтобы получить список актуальных и качественных предложений в выбранном регионе. Расширенные настройки поиска гарантируют, что интересующая вас работа будет найдена. Если вы уже определились, вакансии каких специальностей вам подходят, вам остаётся только создать привлекательное резюме и начинать поиск работы мечты! Создание резюме способствует тому, что вас заметят и пригласят на собеседование — работа не заставит себя ждать! Поэтому мы рекомендуем сочетать оба этих метода, чтобы найти работу.

Лучшие работодатели приходят на наш сайт, чтобы опубликовать свои вакансии и подобрать персонал. Почему? Потому что к их услугам многомиллионная база резюме специалистов разного уровня, выгодные предложения, помощь персональных менеджеров и многое другое. Кроме того, на hh.uz каждый пользователь может узнать самые последние данные о рынке труда, изучить свежий обзор зарплат и ознакомиться с различными исследованиями. Соискателям это помогает оценить свой потенциал, чтобы скорректировать поиск работы, а работодателям — определить, чего стоит ждать от кандидатов. Поиск работы и сотрудников с hh.uz — это быстро и удобно. Убедитесь в этом сами!

Informatika, Xorijiy (ingliz, nemis, fransuz) tillar

Informatika fanini o‘qitishni takomillashtirish uchun 2014-2015-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarga nazar solib, erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni sarhisob qilish kelgusidagi faoliyatni to‘g‘ri o‘zanda davom ettirishga asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishda o‘qituvchilarning o‘quvchilarni fan va texnika olamida ro‘y berayotgan eng oxirgi yangiliklar bilan tanishtirishga e’tibor qaratishi avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida asosiy masala sifatida ko‘rib chiqilishi zarur.

Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktab­larini zamonaviy kompyuter, elektron darslik, qo‘llanma va dars ishlanmalari bilan ta’minlash hamda ulardan samarali foydalanish va jarayonga oqilona joriy etishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Buning uchun o‘qituvchilar, mutaxassislar AKT­dan foydalanishni mukammal bilishlari va o‘quvchilarni AKT imkoniyati bilan yaqin­dan tanishtirishlari kerak.

Informatika o‘qituvchilari tugallangan o‘quv yilida duch kelgan muammolarni tahlil etib, ularni hal etish choralarini muhokama qilishi uchun sho‘balarda faol muhit yaratish muhim. Informatika fanining istiqboli va rivojlanishi bilan bog‘liq yangiliklarni yetkazish bilan bir qatorda o‘qitish talablarini mazmunan hamda shaklan o‘zgartirishda o‘qituvchidan ijodkorlik talab etiladi.

Masalan, 5-sinfda “Grafik muharriri yordamida rasmlarni qayta ishlash” mavzusini o‘tish jarayonida turli rasmlar (shu jumladan, shaffof fonli rasmlar) jamlamasini avvaldan tayyorlab, o‘quvchilar kompyuterlariga joylab qo‘yish darsning samaraliroq o‘tishiga asos bo‘ladi. 6-sinfda “Word dasturida formulalar yozish” mavzusini o‘tishda tarqatma materiallar sifatida radikallar, integrallar, matritsalar, mantiqiy amal belgilari kabilar ishtirok etgan murakkab formulalardan foydalaniladi. Bu esa yuqori sinflarda yoki ta’limning keyingi bosqichlarida zarur bo‘ladigan AKTga doir kompetensiyalarning shakllanishiga zamin bo‘ladi. 7-sinfda “Elektron pochta” mavzusi o‘tilganda o‘quvchi internetning asosiy xizmatlaridan biri bilan tanishadi. Masalan, axborotni elektron vositalar orqali uzatish, axborot xavfsizligini ta’minlash, elektron pochta bilan ishlash, bunda huquqiy va axloqiy me’yorlarni, mualliflik huquqlarini bilish, erkin foydalaniladigan va tijorat dastur­lari, dasturlar litsenziyalarini farqlash tushun­chalarini o‘quvchilar o‘rganadi. Ularning tushunchalari aniq va to‘laqonli bo‘lishi uchun avvaldan pochta serveridan pochta qutisi tayyorlab qo‘yilishi zarur. Natijada o‘quvchilar “jonli tarzda” bir-biriga xabar jo‘natish, kelgan axborotni o‘qish, xabarga fayl biriktirib jo‘natish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa dars davomida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini shakllantiradi.

Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlari bahs-munozara, seminar-trening tarzida o‘tkazilib, unda informatika darslarini zamonaviy texnologiyalardan foyda­langan holda tashkil etish, amaldagi 5—9-sinf “Informatika” darsliklarining yutuq va kamchiliklari, o‘quvchilarni fanga qiziqtirish usullarini o‘rtaga tashlash samarali bo‘ladi. Informatika ta’limidagi muammolar va ularning yechimlari, 2014-2015-o‘quv yilida o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalari, 8-sinflarda o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi, 9-sinflarda tashkil etilgan olimpiada natijalarini tahlil etish muhimdir. O‘zlashtirilishi qiyin mavzular va olimpiada masalalarini yechishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni muhokama qilish tavsiya etiladi.

Elektron axborot resurslaridan foydalanishga oid mashg‘ulotlarni o‘tkazish orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash malakasini hosil qilish yo‘llarini yosh o‘qituvchilarga mahorat darslari tarzida yetkazishi zarur. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi elektron axborot ta’lim re­surslari- 2015” ko‘rik-tanlovining mo­hiya­tini, ishtirokchi o‘quvchi va o‘qituv­chilarning yutuqlari bilan tanishtirish lozim. O‘quvchi-yoshlarda axborotdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan “Global­lashuv sharoitida yoshlarning media- savodxonligini oshirish” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi haqida ma’lumot berish bilan birga, ommaviy axborot vositalari orqali va www. eduportal.uz, www.uzedu.uz, www. rtm.uz manbalarida bu bo‘yicha materiallar mavjudligini namoyish etish, Respublika ta’lim markazi sayti- (www.rtm.uz)da o‘tgan o‘quv yili davomida informatika fanidan o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha metodik materiallar berib kelinayot­ganini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, maktablarda tashkil etilgan “Dasturlash” to‘garaklarida o‘quvchilarning imkoniyatini hisobga olgan holda topshiriq berish zarur. O‘quvchilar e’tiboriga havola etiladigan chiziqli, tarmoqlanuvchi va takror­lanuvchi tarkibli sodda masalalar “Dasturlash” to‘garagi a’zolarining algoritmik fikrlashi rivojlanishiga yordam berish o‘rniga bir qolipga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli to‘garakdagi o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda vazifalarning 10 foizini algoritmlashda qiziqarli va nisbatan murakkabroq hisoblangan masalalar bilan boyitish maqsadga muvofiq. Bu o‘quvchilarga algoritmlashning keyingi bosqichi uchun yo‘l ochib beradi, ularni intilishga, fikrlashga undaydi.

O‘ylashga, masalani turli tomondan tahlil etishga majbur qiladigan algoritmlardan biri bu — tanlama algoritmidir . Bu algoritmni o‘rganishga yo‘naltirish uchun quyidagi sodda masalani qaraylik:

Mashq . Beshta elementli A= to‘plam berilgan. Shu to‘plam elemetlaridan yig‘indisi 7 ga teng bo‘lgan va elementlari o‘sish tartibida joylashgan to‘plamlar sonini aniqlang.

Tahlil . Oddiy usulda yig‘indini hisoblash orqali quyidagilar aniqlanadi: 1+2+4=7; 2+5=7; 3+4=7. Bu esa vazifa shartiga mos 3 ta , va to‘plam borligini ko‘rsatadi.

Masala yechishda binar tan­lamadan foydalanish. Tanlama dasturini ko‘rib chiqib, uni biror ma­salaga tatbiq etganda massivni ekranga chiqarish qismi o‘zgartirilishi kerakligini tushunish mumkin. Binar tanlamani 1-mashqdagi to‘plamlarni aniqlashga qo‘llaymiz.

Buning uchun massivning har bir B[k] elementiga A to‘plamning A[k]=k elementini mos qo‘yamiz. Agar B[k]=1 bo‘lsa, u holda A[k] element tanlovda ishtirok etadi.

Y:=0; Y – A to‘plam elementlaridan tashkil etiladigan

For k:=1 to 5 do Binar massiv elementlarini birma-bir qaraymiz va

If B[k]=1 Then Y:= Y+A[k]; agar massiv elementi tanlansa, uni yig‘indiga

If Y=7 then Son:=Son+1; qo‘shamiz.

Goto 1; End; Agar yig‘indi qiymati 7ga teng bo‘lsa, u holda

Writeln(Son); sanagichga 1 qo‘shamiz.

Izlanayotgan to‘plamlar sonini chop etamiz.

Qaralayotgan 1-mashqning yechimini beruvchi dasturning to‘liq matni quyidagicha:

Qiziqarli malumotlar
fransuz) tillar, Informatika, nemis, Xorijiy (ingliz