Informatika va axborot texnologiyalari, 7 sinf, Fayziyeva M. R, Sayfurov D. M, Atamuratov R. K, 2021
1-dars. MANTIQ ASOSLARI.
Informatika va axborot texnologiyalari, umumiy o rta ta lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., 2020
Informatika va axborot texnologiyalari, umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Xaytullayeva N.S., 2020.
1-dars. MANTIQ ASOSLARI.
Sizningcha, bular qanday savollar toifasiga kiradi? To’g’ri, bular mantiqiy savollar edi, chunki Siz mantiqiy fikrlash qobiliyatingiz tufayligina bu savollarga to’g’ri javob bera oldingiz. Xo’sh, mantiq nima, unga qachon asos solingan? Mantiq o’zining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiq masalalari dastlab Parmenid, eleylik Zeno va Geraklit ta’limotida u yoki bu darajada ko’rib chiqilgan. Mantiqqa oid fikrlar.tafakkurshakllari va usullarito’g’risidagi dastlabkita’limotlarqadimgi Sharq mamlakatlari, xususan, Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan bo’lsa-da, qadimda mantiq falsafaning tarkibida bo’lgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Qadimgi Yunon mutafakkirlari tomonidan yaratilgan ta’limotlar zamonaviy mantiqning asosi hisoblanadi.
2-3-darslar. MANTIQIY AMALLAR VA IFODALAR.
Mantiqiy amallar mulohazalar mazmuni yoki hajmining o’zgarishiga hamda yangi mulohazalarni shakllantirishga olib keladi. Mantiqiy ifodalar A, B, C,. lotin harflari yordamida belgilangan mulohazalarni konyunksiya, dizyunksiya, inversiya, implikatsiya va ekvivalensiya kabi mantiqiy bog’lovchilarbilan ma’lum birqoidaga ko’ra birlashtirish natijasida hosil qilinadi. Mantiqiy ifodalar unda ishtirok etgan o’zgaruvchilaming qiymatlariga bog’liq ravishda rost (mantiqiy 1) yoki yolg’on (mantiqiy 0) qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin. Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo’lgan ba’zi amallar bilan tanishamiz. Ikkita sodda mulohazaning “va” bog’lovchisi orqali bog’lanishidan hosil bo’lgan yangi mulohazaga sodda mulohazalar ko’paytmasi deyiladi
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Informatika va axborot texnologiyalari, 7 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Atamuratov R.K., 2021
Informatika va axborot texnologiyalari, 7 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Atamuratov R.K., 2021.
Учебник по информатике для 7 класса на узбекском языке.
Axborot informatika va axborot texnologiyalari fanining asosiy tushunchasi hisoblanadi. Axborotlarni yaratish, qabul qilish, yig‘ish, izlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va ulardan foydalanish jarayonlari kompyuter va kommunikatsion texnologiyalar yordamida samarali tashkil etiladi. Ushbu jarayonlarda axborotlar turli ko‘rinish va shakllarda aks ettiriladi.
AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI.
Turli ko‘rinishdagi axborotli jarayonlarda axborotning uzluksiz va uzlukli turlaridan foydalaniladi. Uzluksiz axborotga turli to‘lqinlar, ovoz, yorug‘likni misol keltirish mumkin. Uzluksiz axborotlar bilan ishlovchi qurilmalarga analog qurilmalar deyiladi. Analog qurilmalarga grammofon, telefon, radio va boshqalar misol bo‘la oladi. Qayta ishlash, saqlash maqsadida uzluksiz axborotlar uzlukli axborot turiga o‘tkaziladi. Masalan, musiqani saqlash uchun, ular nota ko‘rinishiga o‘tkaziladi.
Uzlukli axborotlarga misol sifatida nota belgilari, harflar, ranglar va boshqalarni keltirish mumkin. Uzlukli axborotlar bilan ishlovchi qurilmalarga raqamli qurilmalar deyiladi. Ularga kompyuter, planshet, raqamli videokamera kabi qurilmalar misol bo‘la oladi.
MUNDARIJA.
I BOB. AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI.
1-dars. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.
2-dars. Sanoq sistemalari haqida.
3-dars. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazish.
4-dars. Turli sanoq sistemalarida arifmetik amallarning bajarilishi.
5-dars. Axborot hajmini o‘lchash.
6-dars. Matnli axborotlarni kodlash.
7-dars. Grafik axborotlarni kodlash.
8-dars. Audio va videoaxborotlarni kodlash.
9-dars. Nazorat ishi.
II BOB. GRAFIK AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH.
10-dars. Kompyuter grafikasi va uning turlari.
11-dars. Rang modellari va grafik formatlar.
12-dars. Grafik muharrirlar va ularning imkoniyatlari.
13-dars. Adobe Photoshop dasturi interfeysi va uskunalar paneli.
14-dars: Rasm sohasini belgilash, kesib olish va rang berish usullari.
15-dars. Qatlamlar bilan ishlash.
16-dars. Nazorat ishi. Loyiha ishi.
17-dars. Matnlar bilan ishlash.
18-dars. Amaliy mashg‘ulot. Sahifa dizaynini yaratish.
III BOB. ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI.
19-dars. Animatsiya tushunchasi va uning turlari.
20-dars. Animatsion dasturlar va ularning imkoniyatlari.
21-dars. Adobe Animate dasturining interfeysi va uskunalar paneli.
22-dars. Adobe Animate dasturida tasvirlar yaratish va tahrirlash.
23-dars. Adobe Animate dasturida qatlamlar bilan ishlash.
24–25-darslar. Adobe Animate dasturida turli animatsiyalarni yaratish.
26-dars. Nazorat ishi.
IV BOB. WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI.
27-dars. Veb-texnologiya asoslari. HTML tili.
28-dars. Veb-sahifa foni va matnlar bilan ishlash.
29-dars. Veb-sahifaga ro‘yxat va rasmlar joylashtirish.
30-dars. Veb-sahifaga jadvalli ma’lumotlarni joylashtirish.
31-dars. Veb-sahifaga formalar joylashtirish.
32-dars. Veb-sahifaga gipermurojaat va Iframe joylashtirish.
33-dars. Veb-sahifaga audio va video joylashtirish.
34-dars. Nazorat ishi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Informatika va axborot texnologiyalari, 7 sinf, Fayziyeva M.R., Sayfurov D.M., Atamuratov R.K., 2021 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Qiziqarli malumotlar
2021, 7 sinf, Atamuratov R. K, Fayziyeva M. R, Informatika va axborot texnologiyalari, Sayfurov D. M