Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B, Mahkamov M, Azamatov A, Rahmonqulova S, 2017
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dir е ktor o`rinbosari:_________________
6-sinf informatika
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga matnli axborotlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan dasturiy vositalar haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga estetik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarning amaliy dasturlarda ishlash malakasini oshirish.
Darsning jihozi: Matn muharrirlari va matn protsessorlarida yaratilgan hujjatlar namunalari
Darsning uslubi: Suhbat.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
a) Davomatni aniqlash;
b) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash.
II. O’tgan mavzularni takrorlash.
III. Yangi mavzuni o’rgansh.
Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g’orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o’zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o’yib yozilgan bo’lsa, keyinchalik turli bo’yoqlar yordamida yozildi. Hayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo’lga qo’yildi. Qog’oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga, yozuv quroli ham takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo’yqalam, qamish-perolar, g’oz patlaridan foydalanildi. Patlar о ‘rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avto- ruchkalar o’rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon-matn o’zgartirilishi kerak bo’lsa, uni qayta ko’chirib yozish zarurligi o’zgarmadi. Bu esa juda ko’p kuch va mehnat talab qiladi.
Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o’zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog’ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo’ljallangan ko’plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo’linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko’rinishiga bog’liq.
Matn muharriri kompyuterda eng ko’p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Hatto bir rusumli kompyuter uchun ishlab chiqilgan o’nlab matn muharrirlarini ko’rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlari uchun „RED”, „Volna”, „Punktir”, IBM rusumidagi kompyuterlar uchun „WD”, „Foton”, „Leksikon”, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, Word Pad va hokazo. Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
- ma’lumotlarni kiritish;
- xatoliklarni tuzatish;
- belgilar, so’zlar, satrlar, abzaslar o’rnini almashtirish yoki o’chirib tashlash;
- matnni biror „qolipga solish”, ya’ni chap va o’ng tomonlarini tekislash, satrlar orasidagi masofani o’zgartirish;
- matnni diskda saqlash;
- matnni diskdan o’qish;
- chop etish.
- Matn muharrirlarining vazifalarini aytib bering.
- Matn muharrirlari bilan matn protsessorlarining asosiy farqi nimada?
- Matn muharriri qanday fayllar hosil qiladi?
Mavzuni o’rganib kelish (4-7-betlar)
Просмотр содержимого документа
«6_10-dars»
- Hujjatlarda rasm joylashtirish kerak bo`lgan joy qanday ko’rsatiladi?
- Hujjatlarga rasm joylashtirish uchun Word matn protsessorida qanday amallar bajariladi?
- Hujjatdagi rasm qanday belgilanadi?
- Hujjatdagi rasmdan qanday qilib nusxa ko’chiriladi?
- Hujjatdagi rasmni qanday qilib o’chirish mumkin?
- Hujjatdagi rasm o`lchamlari qanday o’zgartiriladi?
- CHIZISH uskunalar paneli yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?
- Word matn protsessorida to’g’ri chiziq qanday chiziladi?
- Belgilangan chiziq turi yoki shtrix turi qanday o’zgartiriladi?
- Word matn protsessorida to’g’ri to’rtburchak qanday chiziladi?
- Wordda ellips qanday chiziladi?
- Wordda yoy qanday chiziladi? Amalda ko’rsating.
- Wordda chiziq rangi qanday o’zgartiriladi?
- Wordda shakl ichi qanday bo’yaladi? Amalda ko’rsating.
- Wordda chizmalar qanday akslantiriladi? Amalda ko’rsating.
- Wordda shakllar qanday buriladi? Amalda ko’rsating.
- Chizish amallaridan foydalanib, uycha rasmini chizing.
- Chizish amallaridan foydalanib, kompyuter rasmini chizing.
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dir е ktor o`rinbosari:_________________
Просмотр содержимого документа
«6_11-dars»
- ta’limiy: o`quvchilarning rasmlar va shakllar bilan ishlashga oid mashqlr bjarishnio`ratish;
- tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;
- rivojlantiruvchi: o`quvchilarning rasmlar va shakllar bilan ishlash ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.
- Word matn protsessorida chizmalar chizish uchun qaysi uskunalar panelidan foydalaniladi?
- CHIZISH uskunalar paneli yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?
- Word matn protsessorida to’g’ri chiziq qanday chiziladi?
- Belgilangan chiziq turi yoki shtrix turi qanday o’zgartiriladi?
- Word matn protsessorida to’g’ri to’rtburchak qanday chiziladi?
- Wordda ellips qanday chiziladi?
- Wordda yoy qanday chiziladi?
- Wordda chiziq rangi qanday o’zgartiriladi?
- Wordda shakl ichi qanday bo’yaladi?
- Wordda chizmalar qanday akslantiriladi?
- Wordda shakllar qanday buriladi?
- Word imkoniyatlaridan foydalanib, quyidagi rasmlarni chizing.
2. “Davlat bayrog`i” nomi bilan saqlangan hujjatda bayrog`imiz rasmini chizing va kerakli ranglarga bo`yang. 3. “kompyuter xonasi” nomli hujjat hosil qling, albom ko`rinishiga o`tkazing va kompyuter xonasining deraza tomonidagi devor aks etgan rasmni Word imkoniyatlaridan foydalanib chizing. IV. Uyga vazifa “ Hujjatlarda shakllar va chizmalar“ mavzusini takrorlash. “Chizish” uskunalar panelidan foydalanish va rasmni formatlashni mashq qilish.
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dir е ktor o`rinbosari:_________________
Просмотр содержимого документа
«6_12-dars»
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dir е ktor o`rinbosari:_________________
Просмотр содержимого документа
«6_13-dars»
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dir е ktor o`rinbosari:_________________
Просмотр содержимого документа
«6_14-dars»
- Jadvallar ustida qanday amallar bajariladi?
- Jadvalga yangi satr yoki ustun qo’shishni amalda ko’rsatib bering.
- Jadvaldan ortiqcha ustun yoki satrlar qanday olib tashlanadi?
- Jadvalda blokka olish usullarini amalda ko’rsating.
- Jadval kataklari qanday birlashtiriladi?
- Jadval kataklarini bo’lishni amalda ko’rsating.
- Jadval katagidagi matn yo’nalishi qanday bo’lishi mumkin? Amalda ko’rsating.
Bo’yalib turgan yozuv matni ( Текст надписи ) o’rniga kerakli matn kiritiladi. Masalan, Ona-Vatan — O’zbekistonim! Yashna, O’zbekistonton! lozim bo’lsa, oynaning yuqori qismida joylashgan imkoniyatlardan f oydaliinib matn formatlanadi. So’ngra sidiqoncha yordamida [OK] tugmasi tanlanadi. Natijada yozgan matnimiz rasm sifatida quyidagicha aks etadi:
- matnga kolleksiyadan yangi ko’rinish tanlaymiz;
- WordART obyekti formati bo’limidan harflar chegarasidagi chiziq turini o’zgartiramiz;
- WordART obyekti shaklini (formasini) o’zgartiramiz;
- Matnni belgilar orasidagi masofa orqali WordART obyekti kengligi bo’yicha tekislaymiz;
- WordART obyekti qanday vazifani bajaradi?
- WordART obyekti qanday usullar bilan joylashtiriladi?
- WordART uskunalar paneli qanday imkoniyatlar beradi?
- WordART obyekti shaklini (formasini) o’zgartirishni amalda ko’rsating.
- Informatika fanidan referat uchun muqova tayyorlang.
- WordART da tayyorlangan obyektni erkin burishni amalda ko’rsating.
- WordART da tayyorlangan obyektning formatini o’zgartirishni amalda ko’rsating.
Просмотр содержимого документа
«6_15-dars»
- WordART obyekti qanday vazifani bajaradi?
- WordART obyekti qanday usullar bilan joylashtiriladi?
- WordART uskunalar paneli qanday imkoniyatlar beradi?
- WordART obyekti shaklini (formasini) o’zgartirishni amalda ko’rsating.
- Informatika fanidan referat uchun muqova tayyorlang.
- WordART da tayyorlangan obyektni erkin burishni amalda ko’rsating.
- WordART da tayyorlangan obyektning formatini o’zgartirishni amalda ko’rsating.
- Joylashtirish menyusidan Obyekt ( Объект . ) bo’limi tanlanadi.
- Ochilgan Obyektni joylashtirish ( Вставка объекта ) oynasidan Microsoft tenglamalari (Microsoft Equation 3.0) bo’limi tanlanadi.
- Wordda formulalar qanday yoziladi?
- Formulalar muharriri qanday ishga tushiriladi? Amalda ko’rsating.
- Formulalar muharririda qanday chiqiladi?
- Formulalar muharririda qanday bo’limlar bor?
- Formuladagi xatolikni tuzatish jarayonini amalda ko’rsating.
- Formula lavhasida qanday harakatlanish mumkin? Amalda ko’rsating.
- Matndagi formuladan qanday nusxa ko’chiriladi? Amalda ko’rsating.
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dir е ktor o`rinbosari:_________________
Просмотр содержимого документа
«6_16-dars»
- Wordda formulalar qanday yoziladi?
- Formulalar muharriri qanday ishga tushiriladi? Amalda ko’rsating.
- Formulalar muharririda qanday chiqiladi?
- Formulalar muharririda qanday bo’limlar bor?
- Formuladagi xatolikni tuzatish jarayonini amalda ko’rsating.
- Formula lavhasida qanday harakatlanish mumkin? Amalda ko’rsating.
- Matndagi formuladan qanday nusxa ko’chiriladi? Amalda ko’rsating.
- Uskunalar panelidagi qaysi piktogramma yordamida hujjatni chop etish mumkin?
- Qaysi hollarda hujjatni chop etish uchun Fayl menyusining Chop etsh bo’limiga kiriladi?
- Hujjatning joriy sahifasini chop etish qanday amalga oshiriladi?
- Hujjatning ketma-ket kelmagan bir nechta sahifasini bir yo’la chop etish mumkinmi?
- Hujjatning faqat belgilangan qismini chop dish qanday amalga oshirihuli?
- Hujjatning faqat juft tartib raqamli sahifalarini chop etish qanday amalga oshiriladi?
- Hujjatning faqat toq tartib raqamli sahifalarini chop etish qanday amalga oshiriladi?
- Hujjatni bir yo’la 5 nusxada chop etish uchun qanday amallarni bajarish kerak?
- Hujjatni kitobcha shaklida chop etish uchun bajariladigan amallar ketma- ketligini aytib bering.
Просмотр содержимого документа
«6_17-dars(nazorat ishi»
Informatika-6-A,B. 17-dars sana_______________ Mavzu: Nazorat ishi. Maqsad: O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash. I. Tashkiliy davr II. Nazorat sihi topshiriqlarini bajarish. I variant 1. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi? A) matnni bezatish imkoniyatlari mavjudligida B) shriftlarda C) farqi yo`q D) to`g`ri javob berilmagan 2. Quyidagilardan qaysilari m atn muharrirlarining asosiy elementlari: 1. ishchi maydoni, 2. yurgich 3. menyu. A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 1 va 3 D) hammasi 3. Wordda tayyorlangan hujjatni diskkkda saqlab qo`yish uchun qaysi menyu amallaridan foydalaniladi? A) Fayl ( Файл ) B) Korinish ( Вид ) C) Tahrir ( Првка ) D) Servis ( Сервис ) 4. Bitta chiziqda yozilgan so’zlar, harflar yoki belgilar ketma-ketligi. A) abzas B) so`z C) satr D) matn 5. „Qat’iy probel” ni joylashtirish uchun qaysi tugmalar birgalikda bosiladi? A) [Alt]+[Shift]+[probel] B) [Ctrl]+[Shift]+[probel] C) [Ctrl]+[Alt]+[probel] D) to`g`ri javob berilmagan 6. Matnning boshiga o`tish uchun qaysi tugmalar birgalikda bosiladi? A) [Ctrl]+[Home] B) [Ctrl]+[End] C) [Ctrl]+[PageUp] D) [Ctrl]+[PageDown] 7. Sichqoncha yordamida so`zni belgilash -? A) yurgichni so’z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini bosiladi; B) yurgichni so’z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini uch marta bosiladi; C) yurgichni so’z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini ikki marta bosiladi; D) yurgichni so’z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini [Ctrl] tugmasi bilan birgalikda bosiladi; 8. Yurgichdan chapdagi belgini o`chirsh uchun qaysi tugma bosiladi? A) [ Backspace] B) [Delete] C) [Enter] D) [Tab] 9. “Qirqib olish” ([ Вырезать ]) amali Word menyusining qaysi bo`limida joylashgan? A) Tahrir ( Правка ) B) Fayl ( Файл ) C) Format[ Формат ] D) Ko`rinish[ Вид ] 10. Satrlar orasidagi masofa (interval) ni tanlash uchun qaysi menyu bo`limlaridan foydalinadi? A) “Format” menyusining “Shrift” bo`limidan B) “Format” menyusining “Abzas” bo`limidan C) “Tahrir” menyusining “Joylashtirish” bo`li-midan D) to`g`ri javob berilmagan 11. Shrift rangini tanlash uchun qaysi menyu buyruqlaridan foydalaniladi? A) “Format” menyusining “Abzas” bo`limi B) “Format” menyusining “Shrift” bo`limi C) “Format” menyusining “Shrift” bo`limi D) “Tahrir”( Правка ) menyusining “Almashtirish” ( Заменить ) bo`limi 12. Hujjatnin biror qismi faqat bosh harflarni yozish kerak bo’lganda qasyi klavishini bosib qo`yish kerak? A) Tab B) Ctrl C) Alt D) CapsLock 13. Hujjatga rasm joylashtirish uchun qaysi menyu amallaridan foydalaniladi? A) “Joylashtirirish”( Вставка ) menyusining “Obyekt …” B) “Tahrir”( Правка ) menyusining “Joylashti-rish” ( Вставить ) C) “Joylashtirirish” ( Вставка ) menyusining “Simvol…”( Символ ) D) “Joylashtirirish” ( Вставка ) menyusining “Rasm ” ( Рисунок ) 14. Wordda jadvallar ustida quyidagi amallardan qaysilarini bajarish mumkin? 1. ustun qo`shish 2. satr qo`shish 3. kataklarni bo`lsh 4.kataklarni birlashtirish A) 1 va 2 B) 1,2,3 C) 2 va 3 D) hammasini 15. Wordda “Formulalar” muharririni ishga tushirish uchun qaysi uskunadan foydalaniladi? A) B) C) D) 16. MS Word dasturidan chiqish uchun quyidagi usullardan qaysi biridan foydalanish mumkin? A) Sistema menyusidagi tugmasini bosiladi B) “Fayl”( Файл ) menyusining “Chiqish” ( Выход )amali tanlanadi C) [Alt] va [F4] klavishlari birgalikda bosiladi D) Hammasidan 17. Wordda sahifa chekkasidagi toza saqlanadigan qism? Javob: ______________________ 18. Wordda matn qismini turli grafik shakllarda tasvirlash uchun nimadan foydalaniladi? Javob: ______________________
II variant 1. Matn muharrirlari quyidagi vazifalardan qaysilarini bajaradi: 1) matnni kiritish 2) matnni xotira(disk)ga saqlash 3) matnni xotira(disk)dan o’qish 4) xatolarni tuzatish A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1, 2, 3 2. MS Word matn protsessorini ishga tushirish ketma-ketligi qaysi javobda t`o`gri ko`rsatilgan? A) « Пуск » « Программы » «Microsoft Office» «Microsoft Office Word 2003» B) « Пуск » « Программы » «Microsoft Office Word 2003» «Microsoft Office» C) « Пуск » « Программы » «Microsoft Office Word 2003» D) « Пуск » «Microsoft Office» «Microsoft Office Word 2003» 3. Wordda y angi abzasga o’tish uchun qaysi klavishini bosish zarur? A) Tab B) Shift C) Alt D) Enter 4. “Quyi regisr belgilari” deganda nima tushiniladi? A) Alifboninr kichik harflari B) Alifboninr katta harflari C) Kirill alifbosi hariflari D) Lotin alifbosi hariflari 5. Hoshiyadan chekinishi bo’lgan satr. A) bosh satr B) satr C) matn D) abzas 6. „Qat’iy tire”ni yozish uchun qaysi tugmalar birgalikda bosiladi? A) [A lt]+[Shift]+ [-] B) [ Ctrl]+[Alt]+ [-] C) [ Ctrl]+[Shift]+ [-] D) D) to`g`ri javob berilmagan 7. “…kabi saqlash” ( Сохранит ь как …) buyrug’i Word matn protsessorining qaysi menyusida joylashgan? A) Формат (Format) B) Правка (Tahrir) C) Сервис (Servis) D) Файл ( Fayl ) 8. Matnnng belgilangan qismidagi yozuv shaklini “og`ma” ko`rinishga o`tkazish uchun uskunalar panelidagi qaysi tugmadan foydalaniladi? A) B) C) D) 9. Sichqoncha yordamida gapni belgilash -? A) yurgichni so’z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini bosiladi; B) yurgichni so’z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini uch marta bosiladi; C) yurgichni so’z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini ikki marta bosiladi; D) yurgichni so’z ustiga olib borib sichqoncha-ning chap tugmasini [Ctrl] tugmasi bilan birgalikda bosiladi; 10. Yurgichdan o`ngdagi belgini o`chirsh uchun qaysi tugma bosiladi? A) [ ][Backspace] B) [Delete] C) [Enter] D) [Tab] 11. Matnning qirqib olingan qismi nima bo`ladi? A) butunlay o`chib ketadi; B) bufer deb ataluvchi yordamchi xotirada vaqtinchalik saqlanib qoladi C) matnning boshqa joyiga ko`chib o`tadi; D) to`g`ri javob berilmagan; 12. MS Wordning boshqarish paneli, odatda, nimalardan iborat bo`ladi? 1. sarlavha satri; 2. menyular satri; 3. uskunalar paneli; 4. ishchi maydon; 5. yurgich A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3 D) 3,4,5 13. Wordda jadval joylashtirish qaysi menyu amallari yordamida amalga oshiriladi? A) “Tahrir” ( Правка ) menyusining “Joylash-tirish” ( Вставить ) B) “Joylashtirirish” menyusining “Simvol…” C) Jadval (T аблица ) menyusining Joylashtirilsin ( Вставить ) b о ‘limidagi Jadval ( Таблица ) bo’limi D) “Joylashtirish” bo`limining “Obyekt…” bo`limi 14. Wordda jadval kataklarini bo`lish uchu qaysi menyu amallaridan foydalaniladi? A) “ Jadval” menyusidan “ Ajratilsin” ( Выделить . ) amalida B) “ Jadval” menyusidan “ Kataklar bo’linsin” ( Разбить ячейки . ) amalida C) Format menyusining “ Табуляция …” amalidan D) “Tahrir” menyusining “Almashtirish” amalidan 15. Wordda tayyorlangan hujjatni qog`ozga bosib chiqarish (chop etish) uchun qaysi menyu amallaridan foydalaniladi? A) “Fayl” menyusining “Jo`natish” b`olimidan B) “Fayl” menyusining “Chop etish” b`olimidan C) “Fayl” menyusining “Hosil qilish” b`olimidan D) “Joylashtirsh”( Вставка ) menyusining “Yozuv” ( Надпись ) bo`limidan 16. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi nima deb ataladi. Javob: ______________________ 17. Matnning foydalanuvchi tomonidan belgilangan biror qismi qanday ataladi? Javob: ______________________ 18. “Formulalar muharriri” ning “Formula” oymasi nechta bo`limdan iborat? Javob: __________________
IV. Uyga vazifa 6-sinfda o`tilganlarni takrorlash
Tekshirdim: O`quv ishlari bo`yicha dir е ktor o`rinbosari:_________________
Просмотр содержимого документа
«6_2-dars»
- Matn muharrirlarining vazifalarini aytib bering.
- Matn muharrirlari bilan matn protsessorlarining asosiy farqi nimada?
- Matn muharriri qanday fayllar hosil qiladi?
- Masalalar panelidagi mos piktogrammasi yordamida;
- Windows ish stolidagi mos yorlig’i yordamida;
- Quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
Пуск Программы Microsoft Office Microsoft Office Word 2003
- Matn protsesorida hosil qilingan matn nima deb ataladi?
- Word matn protsessorining ishga tushurish usularini amalda ko’rsatib bering.
- Word dasturida ishni tugallash usullarini amalda ko’rsatib bering.
- Word matn protsessorining interfeysi nimalardan iborat?
- Sarlavha satrida nimalar aks etadi?
- Fayl menyusi qanday amallardan tashkil topgan? Izohlab bering.
- Microsoft Word matn protsessorining uskunalar paneli qanday vazifani bajaradi?
- Word interfeysi rasmidan shrift, satr, abzas kabi tushunchalarga misollar ko’rsaling.
- Shu darslikdan shrift, so’z, satr, lioshiya, abzas kabi tushunchalarga misollar ko’rsating.
- Word dasturida saqlangan hujjat qaysi papkaga joylashadi?
- ismi sharifingiz, qachon va qayerda tug’ilgansiz;
- 1-sinfga qaysi yili chiqqansiz, nechanchi maktabga, yashash manzilingiz qanday;
- hozir nechanchi sinfda o’qiyapsiz. qaysi fanlarga qiziqasiz;
- otangizni ismi sharifi, qachon va qayerda tug’ilgan, hozir qayerda ishlamoqda;
- onangizni ismi sharifi, qachon va qayerda tug’ilgan, hozir qayerda ishlamoqda?
- Word Windows ish stolidagi . yorlig’i yordamidaishgatushadi .
Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017
Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017.
Учебник по информатике для 6 класса на узбекском языке.
Siz 5-sinf «Informatika va axborot texnologiyalari» darsligi yordamida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan biri bo‘lgan kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldingiz. Shu bilan birga, kompyuter o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrir qilish, dam olish hamda axborot bilan ishlash vositasi ekanligi haqida ma’lumot oldingiz.
Zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha to‘liq malakaga ega bo‘lish har bir yosh avlodga zarur. Shu sababli, 6-sinf «Informatika » darslarida sizlarga zamonaviy kompyuterlar dasturiy ta’minotidan biri bo‘lgan matn bilan ishlash dasturlarining vazifalari va imkoniyatlari haqidagi bilimlar qiziqarli va ko‘rgazmali ko‘rinishda beriladi. Ushbu darslik yordamida matn hosil qilish va hujjatlar tayyorlash, tahrir qilish va bezak berish usullarini kompyuterda amaliy ishlar bajarish asosida o‘rganasiz.
O‘ylaymizki, «Informatika va axborot texnologiyalari» fani sizlarda kompyuter doimiy ko‘ makchingiz va mehnatingizni yengillashtiruvchi vosita ekanligi haqida tasavvur qoldirishi bilan birga, amaliy ishlarni bajarishingizda yangi qirralarning ochilishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Aziz o‘quvchilar! Ushbu darslik, sizga, kompyuterda ishlab izlanishingizda va tadqiqotchiga aylanishingizda yaqindan ko‘makdosh bo‘ladi, deb umid qilamiz.
MATN MUHARRIRLARI HAQIDA MA’LUMOT.
Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san’atini tubdan o‘zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog‘ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga yo‘naltirilgan ko‘plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo‘linadi:
Masalan, e’tiboringizga havola etilgan ushbu darslik ham matn protsessorida yozilgan bo‘lib, turli rasmlar, jadvallar, ranglar va boshqa bezaklardan foydalanilganligini shu mavzudan ham ko‘rishingiz mumkin.
Har xil rusumdagi kompyuterlar uchun turli matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Bir rusumli kompyuter uchun o‘nlab matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Блокнот, WordPad va hokazo. Shuni bilingki, Блокнот, Word-Pad matn muharrirlari siz 5-sinfda o‘rgangan Paint yoki Калькулятор dasturlari kabi ishga tushiriladi.
MUNDARIJA.
So‘zboshi.
1-dars. Matn muharrirlari.
2-dars. MS Word matn protsessori interfeysi.
3-dars. Hujjat hosil qilish va saqlash.
4-dars. Wordda matn yozish qoidalari.
5-dars. Hujjatlarning asosiy parametrlari.
6-dars. Hujjatlarni tahrir qilish.
7-dars. Hujjatni formatlash.
8-dars. Hujjatni tahrirlash va formatlashga oid mashqlar.
9-dars. Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash.
10-dars. Hujjatlarda shakllar va chizmalar.
11-dars. Rasm va chizmalarga oid amaliy dars.
12-dars. Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash.
13-dars. Jadvallar ustida amallar.
14-dars. WordART obyekti.
15-dars. Wordda formulalar yozish.
16-dars. Wordda hujjatni chop etish.
17-dars. Takrorlashga doir topshiriqlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Qiziqarli malumotlar
2017, 6 sinf, Azamatov A, Boltayev B, Informatika va axborot texnologiyalari, Mahkamov M, Rahmonqulova S