Informatika, 7 sinf, Boltayev B. J, 2017

Informatika, 7 sinf, Boltayev B. J, 2017

Ушбу саҳифада информатика фанидан 2020-2021 ўқув йилига мўлжалланган янги дарслик ва ўқув қўлланмаларнинг электрон вариантини юклаб олишингиз мумкин.

Таълим / Образование

Информатика фанидан янги дарслик ва ўқув қўлланмалар

Ушбу саҳифада информатика фанидан 2020-2021 ўқув йилига мўлжалланган янги дарслик ва ўқув қўлланмаларнинг электрон вариантини юклаб олишингиз мумкин.

Маълумки, замонавий илмий техника ва ахборот технологиялари ривожланиши билан бирга сифатли билим олиш ва ўқитиш услублари ҳам ҳар томонлама ўзгариб бормоқда. Шу жараёнлар натижасида, ҳукуматимиз ҳар томонлама оқил, билимдон, ишбилармон келажак ёшларининг ўсиб-улғайишини кўзламоқда. Бунинг учун таълим йўналишида жаҳон стандартларига жавоб бера оладиган янги қонун ва лойиҳалар устида иш олиб бормоқда.

Aзиз ўқувчи! Сиз буюк келажакни яратувчи, янги технологияларни ҳаётга татбиқ этувчи ва коинотни забт этувчи шахссиз. Шуни билингки, билим, кўникма ва лаёқатларсиз бу мақсадларга эришиб бўлмайди.
Ушбу дарслик Сизнинг орзу-ниятларингиз рўёбга чиқишида пойдевор вазифасини бажаради. Ҳаётимизнинг ажралмас қисми ҳисобланувчи ахборот технологиялари, хусусан, янги авлод компютерларида ишлаш кўникмасини ҳосил қилишингизда биринчи қадам бўлади, деган умиддамиз.

Информатика фани дарслиги 5 синф

Информатика 5 синф дарслигиЮклаб олмоқ

Информатика фани дарслиги 8 синф

Информатика 8 синф дарслигиЮклаб олмоқ

Информатика фани дарслиги 9 синф

Информатика 9 синф дарслигиЮклаб олмоқ

Информатика фани ўқитувчи китоби 9 синф

Informatika, 7 sinf, Boltayev B.J., 2017

Учебник по информатике для 7 класса на узбекском языке.

Aziz o‘quvchilar! Siz avvalgi sinflarda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan biri bo‘lgan kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldingiz. Shu bilan birga, kompyuter – o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrirlash, dam olish hamda axborot bilan ishlash vositasi ekanligi haqida ma’lumot oldingiz.
Ushbu darslik yordamida Siz axborotni to‘plash, uzatish, saqlash va qayta ishlash qonunlari, usullari hamda tezkor komp yuterlar va boshqa zamonaviy vositalar ko‘magidan foydalanishni o‘rganasiz. Hozirgi kunda axborotning qimmatbaho mahsulotga
aylanib borayotgani informatika fanining nufuzi va ahamiyati o‘sib borayotganidan dalolatdir.
Taqdim etilayotgan ushbu darslik Sizni informatika olamiga olib kiradi, uning sirlarini o‘rganishda muhim ko‘makchi bo‘ladi, deb umid qilamiz.
O‘ylaymizki, informatika fani sizlarda kompyuter doimiy ko‘makchi va mehnatingizni yengillashtiruvchi vosita ekanligi haqida tasavvur qoldirishi bilan birga, o‘z amaliy ishingizda yangi qirralarning ochilishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.

AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA.
IX–X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon bilish jarayoni ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bi lishdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq va biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.

Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanish talabi» paydo bo‘lib, unga ko‘ra, odam ovqatlanadi. Shundan so‘nggi talablar «tashqi talablar» bo‘lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi a’zolari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar » 5 turlidir: teri orqali sezgi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko‘rish sezgisi. Forobiy «Ilm va san’atning fazilatlari» risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bi lishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.

MUNDARIJA.
So‘zboshi.
I BOB. AXBOROT.
1-dars. Axborot tushunchasi va bilish haqida.
2-dars. Axborotlar ustida bajariladigan amallar.
3-dars. Axborotlarni kodlash usullari.
4-dars. Sanoq sistemalari haqida.
5-dars. Ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish.
6-dars. Amaliy mashg‘ulot.
7-dars. Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash.
8-dars. Amaliy mashg‘ulot.
9-dars. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi.
10-dars. Amaliy mashg‘ulot.
II BOB. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI.
11-dars. Axborot texnologiyalari.
12-dars. Axborotli olam muammolari va Internet.
13-dars. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
14-dars. Internetda ma’lumotlarni izlash.
15-dars. Elektron pochta.
16-dars. Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida.
17-dars. Takrorlashga doir topshiriqlar.
Asosiy atamalar izohi.
Adabiyotlar.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Informatika, 7 sinf, Boltayev B.J., 2017 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Qiziqarli malumotlar
2017, 7 sinf, Boltayev B. J, Informatika