INFEKSION KASALLIKLAR

INFEKSION KASALLIKLAR

INFEKSION KASALLIKLAR (oʻsimliklarda) — oʻsimliklarning tirik tabiat omillari taʼsirida vujudga keluvchi yuqumli kasalliklari. Bularga oʻsimliklardagi virusli kasalliklarmozaika kasalliklarining turli xillari, sariq kasal, pa-kanalik, gʻumbaklanish va b. ; bakterial kasalliklar — gommoz, yopishqoq bakterioz, bakterial chirishlar va b. ; zam-buru gʻli kasalliklar — unshudring, vilt va aspergillyoz, shuningdek, aktinomikozlar, algoofitozlar, antofitozlar, gelmintofitozlar va b. kiradi. Infeksion kasalliklarga parazit hasharotlar va kanalar (ayniqsa, oʻrgimchakkana) sababchi boʻlishi mumkin. Infeksion kasalliklar patogenezining oʻziga xosligi kasallik qoʻzgʻatuvchining xususiyatlari, oʻsimlikning kasallik-ka moyillik darajasi, muhit sharoiti bilan belgilanadi.

Ensiklopediya.uz
INFEKSION KASALLIKLAR