INDONEZLAR
INDONEZLAR — Indoneziyaning aholisi; tili, madaniyati va turmushi jixatdan qardosh xalqlardan tashkil topgan. Mamlakat aholisining 96% ni indonez tilit soʻzlashuvchi Indonezlar tashkil qiladi. Dindorlari — asosan, musulmonlar. Keng maʼnoda «Indonezlar» istilohi Indoneziyaning barcha fuqarolarini anglatadi. Mamlakatdagi xalqlarning umumiy soni — 230 mln. ga yaqin. Ular orasida yavanlar, sundanlar, madurlar, malayyalar, rejang-lamponglar, minangkabaular, bataklar, achinlar, ma-kassarlar, dayaklar va b. bor.
Ensiklopediya.uz
INDONEZLAR