INDOMETATSIN tabletka
Indometatsin tabletka #Индометатсин таблетка ?Dori shakli : tabletka ?Tarkibi : ? Indometatsin — 25 mg ?Ta’siriga ko’ra : ? Yallig’lanishga qarshi , og’riq qoldiruvchi va revmatizmga qarshi vosita ?QO’LLANILISHI ? — Bo’g’im og’riqlarida , qo’l — oyoq bo’g’imlari va boshqa bo’g’imlar og’rishida qo’llaniladi. — Revmatoid artrit va osteoartritda kabi suyak bo’g’im kasalliklarida. — Sportchilardagi jarohatlarda ( tabletkasi va mazi ham qo’llaniladi ). — Ayollarda og’riqli hayz vaqtlarida qabul qilinadi. — Podagra kasalligida — Umurtqa pog’onasi og’riqlarida va yallig’lanishida . — Nerv va mushak og’riqlarida , ya’ni nevralgiya va mialgiyada — Travmadan keyingi yumshoq to’qima yallig’lanishida — Revmatizm kasalligida qabul qilinadi. — Prostatit va sistit kabi urologik kasalliklarda ham qabul qilinadi. —Lor a’zolari infeksion yallig’lanish kasalliklarida qabul qilinadi. ?QO’LLASH USULI ? Kuniga 1 tabletkadan 2 — 3 mahal qabul qilinadi. Ovqatdan keyin. Shifokor bilan maslahat qilib keyin qabul qiling. ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Bosh og’rig’i , bosh aylanishi — Qon bosimi oshishi — Epileptik holatlar ( doza oshirib yuborilganda ) — Oshqozon ichak yara kasalligini keltirib chiqarishi mumkin ( ko’p qabul qilinib yurilsa ) ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga allergik reaksiya bo’lganda — Epilepsiya va parkinson kasali borlarga mumkin emas — Oshqozon ichak yara kasalligi borlar va oshqozon ichakdan qon ketganda qabul qilish mumkin emas. — Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas — 14 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas — Pankreatit kasalligida — Yurak , buyrak va jigar og’ir kasalliklarida mumkin emas. ?Qo’llash — retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi — BolgariyaINDOMETATSIN tabletka
DO`STLARGA ULASHING:
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali
INDOMETATSIN tabletka