INDOMETATSIN tabletka to’liq malumot oling

INDOMETATSIN tabletka to’liq malumot oling

Indometatsin tabletka

#Индометатсин таблетка

?Dori shakli : tabletka 

?Tarkibi : ?

Indometatsin — 25 mg

?Ta’siriga ko’ra : ?

Yallig’lanishga qarshi , og’riq qoldiruvchi va revmatizmga qarshi vosita

?QO’LLANILISHI ?

— Bo’g’im og’riqlarida , qo’l — oyoq bo’g’imlari va boshqa bo’g’imlar og’rishida qo’llaniladi.

— Revmatoid artrit va osteoartritda kabi suyak bo’g’im kasalliklarida.

— Sportchilardagi jarohatlarda ( tabletkasi va mazi ham qo’llaniladi ).

— Ayollarda og’riqli hayz vaqtlarida qabul qilinadi.

— Podagra kasalligida

— Umurtqa pog’onasi og’riqlarida va yallig’lanishida .

— Nerv va mushak og’riqlarida , ya’ni nevralgiya va mialgiyada

— Travmadan keyingi yumshoq to’qima yallig’lanishida

— Revmatizm kasalligida qabul qilinadi.

— Prostatit va sistit kabi urologik kasalliklarda ham qabul qilinadi.

—Lor a’zolari infeksion yallig’lanish kasalliklarida qabul qilinadi.

?QO’LLASH USULI ?

Kuniga 1 tabletkadan 2 — 3 mahal qabul qilinadi. Ovqatdan keyin.

Shifokor bilan maslahat qilib keyin qabul qiling.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Bosh og’rig’i , bosh aylanishi

— Qon bosimi oshishi

— Epileptik holatlar ( doza oshirib yuborilganda )

— Oshqozon ichak yara kasalligini keltirib chiqarishi mumkin ( ko’p qabul qilinib yurilsa )

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda

— Epilepsiya va parkinson kasali borlarga mumkin emas

— Oshqozon ichak yara kasalligi borlar va oshqozon ichakdan qon ketganda qabul qilish mumkin emas.

— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas

— 14 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas

— Pankreatit kasalligida

— Yurak , buyrak va jigar og’ir kasalliklarida mumkin emas.

?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Bolgariya

@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali

Dorixona
INDOMETATSIN tabletka