INCHXON

INCHXON

INCHXON, Chemulpo — Koreya Respublikasidagi shahar. Kyongido provinsiyasida, Sariq dengiz boʻyidagi yirik port, Seul sh. avanporti. Aholisi 2,3 mln. kishi (1995). Transport yoʻllari tuguni va yirik sanoat markazi. Mashinasozlik va metall ishlash (motorsozlik, kemasozlik, metall buyumlar z-di), poʻlat quyish, neftni qayta ishlash va kimyo korxonalari, toʻqimachilik f-kalari, hunarmandchilik ustaxonalari bor. Oyna va chinni buyumlar, azot oʻgʻitlari ishlab chiqariladi.

Ensiklopediya.uz
INCHXON