IMTIYOZLI AKSIYA

IMTIYOZLI AKSIYA

IMTIYOZLI AKSIYAdividend olingan foydaga qarab emas, balki oldindan belgilangan katʼiy foizlarda beriladigan aksiya. Lekin bunday aksiya egasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish xuquqiga ega boʻlmaydi. Bunday aksiyalar, qoidaga koʻra, aksiyadorlik jamiyati nizom jamgʻarmasining 10% idan ortiq chiqarilishi mumkin emas. Jamiyat, bi-rinchi navbatda, Imtiyozli aksiya egalari bilan hisob-kitob qilganidan keyin qolgan mab-lagʻ oddiy aksiya egalari ga taqsimlanadi. Aksiyalar egasining oʻzida yoki depozitariylarda saklanadi. Mas, 1995-y. da «Vaqt» milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal mikdori 4 mlrd. soʻmlik aksiyalari saklangan.

Ensiklopediya.uz
IMTIYOZLI AKSIYA