IMPERATOR SAROYI

IMPERATOR SAROYI

IMPERATOR SAROYI, Yopiq shahar — Pekin (Xitoy)dagi meʼmoriy yodgorlik. Maʼmuriy binolar, turar joy, ibodatxona, bogʻparklardan iborat majmua shaharning markaziy qismida joylashgan. Imperator saroyi kurilishi 15-a. ning 1-yarmida boshlangan. Imperator qarorgohi (tarhi 960×750 m) — jan. da Vaygao (Tashqi palata) va shim. da Neytin (Ichki xonadon) atrofi toʻq qizil gʻishtin devor (bal. 10 m) bilan oʻralib, burchaklariga minora ishlangan. Devorning 4 darvozasi bor (bosh darvozasi — Umin). Tayxemin va Umin darvozalari oraligʻida Szin-shoʻyxe (oltin suv kuli) kanali ustiga oq marmardan osma koʻprik ishlangan. Majmua markazidagi 3 katta palata — Tayxedyan (1421, 1697da taʼmirlangan), Chjunxedyan va Baoxedyan (15-a., 17—18-a. larda qayta qurilgan), Z koʻshk va b. anfilada (bir-biriga tutash xonalar qatori) shaklida barpo etilgan. Tayxedyan koʻshki oʻrtasidagi katta zal (maydoni 2300 m2) da imperator taxti oʻrnatilgan. Murakkab oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Imperator saroyi 1914-y. dan muzey shahar hisoblanadi. Unda Xitoy sanʼatining boy kolleksiyasi, rasmlar galereyasi, qimmatbaho badiiy x. unarmandlik, haykaltaroshlik va b. sanʼat namunalari saklangan.

Ensiklopediya.uz
IMPERATOR SAROYI