IMON

IMON

«IMON»kinostudiya; ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi. 1991-y. Toshkent sh. da tashkil etilgan. Tashkilotchilari Jasur Isʼhoqov va Rustam Saʼdullayev. «Ketma», badiiy filmi (1992), «Oltin tulpor laʼnati», «Koʻrish qobiliyati» (1998) kabi televizion videofilmlar va b. suratga olingan. «Ketma» badiiy filmi Toshkent xalqaro kinofestivalida maxsus sovringa sazovor boʻlgan. Badiiy rahbari — Jasur Isʼhoqov.

Ensiklopediya.uz
IMON