IMOMALIYEV

IMOMALIYEV

IMOMALIYEV Abduvali (1931.5.12, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani, Burchmulla qishlogʻi — 1993.12.4, Toshkent) — biolog olim, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FA (1991), VASXnil (1978), Ukraina, Belorussiya Qishloq xoʻjaligi FA (1992) akad., biol. fanlari d-ri (1967), prof. (1968). ToshDUning b iol.tu pro qshunoslik f-tini tu-gatgan (1955). Oʻzbekiston FA Genetika va oʻsimliklar fiziologiyasi intida ilmiy xodim (1958—59), Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi intida lab. mudiri (1960-y. dan; 1964—68 y. larda direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari), Toshkent qishloq xoʻjaligi in-ti rektori (1968-75), VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimida akad. kotib (1975—76), boʻlim Prezidiumi raisi (1990—91). SoyuzNIXI direktori (1976-83), «Soyuzxlopok» IIB bosh direktori (1983—86), «Biolog» IIB lab. mudiri, bosh direktori (1987—1990). Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FA Prezidenta (1991-1993).

Ensiklopediya.uz
IMOMALIYEV