Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolari» – inklyuziv musiqa ta limi muammolari haqida
Inklyuziv tarzda imkoniyati cheklangan bolalarga dars o‘tayotgan bolalarga ta’lim berish uchun ham defektologiya mutaxassisligiga ega bo‘lish lozim. Chunki nogiron bola bilan ishlash metodikasiga ega bo‘lmagan pedagogning ular bilan shug‘ullanishi qiyin. Shuning uchun inklyuziv tarzda dars beradigan o‘qituvchilar uchun ham bunday talablarning ishlab chiqilishi vazirlik tomonidan rejalashtirilgan.
Скачать “Sanoq sonlar. Bolalar uchun darsliklar. Ziyrakbola” .
O`zbek tili raqamalar aytilishi o’rganish /O`zbek number Bolajonlarni raqamlari bilan tanishtiramiz. Maktabga tayyorlash. 1 sinfga tayyorlash. Tarqatma material, krossvord va didaktik o’yinlari: https://t.me/ziyrakbola . Mening birinchi ensiklopediyam: Raqamlar: bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to`qqiz, o`n Yana yaxshi video bolalar uchun: O’quv qurollari. https://www.youtube.com/watch?v=v_z6dpMHqms Hasharotlar. https://www.youtube.com/watch?v=Q-VZN840gu0 Uy hayvonlari. https://www.youtube.com/watch?v=IT8sSa2tCUc Uy parrandalari. https://www.youtube.com/watch?v=7oYsNrwbF_8 Кичкинтойлар учун жониворларнинг энциклопедияси. Кичик ва урта ёшидаги мактаб укувчилари учун
Готовим варианты загрузки
* — Если видео проигрывается в новой вкладке, перейдите в неё, а затем кликните по видео правой кнопкой мыши и выберите пункт “Сохранить видео как. “
** — Ссылка предназначенная для онлайн воспроизведения в специализированных плеерах
- видео с Ok
- видео с Vk
- видео с Twitter
- видео с Instagram
- видео с Youtube
- видео с Facebook
- видео с Yandex
- шортс с Youtube
- музыку с Ok
- музыку с Vk
- музыку с Instagram
- музыку с Youtube
- музыку с Soundcloud
- Программа UDL Client
- Расширение UDL Helper Приложение UDL Lite
- Политика конфиденциальности
- Лицензионное соглашение
- О защите авторских прав
«Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolari» – inklyuziv musiqa ta’limi muammolari haqida
– 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha rasmiy tarzda 710 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatga olingan. Ularning 101 ming nafari – 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalardan iborat.
Bu bolalarni ta’limga qamrab olinishida kamchiliklar bor. Masalan, ta’lim bilan qamrab olinmagan, uyda o‘tirib qolayotgan imkoniyati cheklangan bolalar bor. Agar maktablarda inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish uchun sharoit yaratilsa, 101 ming imkoniyati cheklangan bolalarning 80 ming nafari bemalol maktabga bora oladi.
Hozir «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun Senat tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Qonunning 20-moddasida inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi band kiritilyapti. Biroq bu modda xalqaro talablarga javob bermaydi.
Moddada maktablarda nogiron bolalarga sharoit yaratib berilsa, imkoniyati cheklangan bolalar u yerda ta’lim olishlari mumkinligi aytilmoqda. Agar sharoit yaratilmasa-chi?
Shuning uchun biz bu borada o‘z takliflarimizni ishlab chiqdik va Senatga yubormoqchimiz. Unda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Avvalo, qonunda inklyuziv ta’lim tushunchasini ochib berish lozim. Sababi bizda hozirgacha bu tushuncha aniq ochib berilmagan.
Maktablarda inklyuziv muhit yaratish davlat tomonidan majburiy bo‘lishi kerak. Hozirgi qonunga ko‘ra, maktablarda imkon bo‘lsa, inklyuziv ta’lim sharoiti yaratilishi, imkon bo‘lmasa, yaratilmasligi mumkinligi aytilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolari, ular ham boshqalar qatori ta’lim olish huquqiga ega.
Bolalarning sifatli ta’lim olishi juda muhim. 2019 yil holatiga ko‘ra, 710 mingga yaqin nogiron fuqarolarning 609 ming nafari 16 yoshdan kattalar va ularning bor-yo‘g‘i 10 foizi oliy ma’lumotli hisoblanadi. Ko‘rinib turganidek, oliy ma’lumotli nogiron fuqarolar juda kam. Biroq kambag‘allikni qisqartirishning asosiy shartlaridan biri – oliy ta’lim berish.
Bundan tashqari, nogironlar uchun ta’lim yashash quroli sanaladi. Ularda jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish imkoni kam bo‘ladi, shuning uchun sifatli ta’lim olish va oliy ma’lumotli bo‘lish orqali daromad topish imkoniga ega bo‘lishadi. Oliy ma’lumoti bo‘lmagan nogironlar ko‘p hollarda uyda o‘tirib qolishadi.
Ayni paytda, O‘zbekiston bo‘yicha kam ta’minlangan fuqarolarning 3 foizi mahallalardagi kam ta’minlanganlar ro‘yxatida turadi. Sababi mahalla mutasaddilari nogironligi bor shaxsning nafaqa pulini ham daromad sifatida qayd etishadi. Biroq bu nafaqa puli daromad emas, nogironlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya hisoblanadi. Biz mana shuni ham tushuntirishga harakat qilyapmiz.
Lekin umumiy hisobda ta’lim olish imkonini oshirish orqali imkoniyati cheklangan shaxslarning kelajagini yaxshilash imkoniga ega bo‘lamiz.
«Oldingi vazir va’da bergandi, lekin amalga oshmadi. »
Bahodir Qurbonov, Musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi:
– Imkoniyati cheklangan bolalarning keyinchalik soha tanlashi cheklangan. Ularga musiqa va san’at ta’limini berish orqali kelajakda kasb tanlashiga yordam berish mumkin. Bundan tashqari, musiqa ta’limi imkoniyati cheklangan bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Aytaylik, sog‘lom bolalar ko‘rgan narsalari haqida tasavvurga ega bo‘la olsa, ko‘zi ojiz bola musiqa orqali tasavvur qilish imkoniga ega bo‘ladi. San’at ularning maktabdagi o‘qishlarini yaxshi o‘zlashtirishiga ham yordam beradi.
Biroq imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz bolalarning aksar qismining musiqa to‘lovini amalga oshirish imkoni cheklangan, chunki ularning ota-onalari ham nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki moddiy jihatdan imkoniyati yo‘q. Toshkent shahrida esa musiqa maktablari uchun to‘lov boshqa hududlarga qaraganda ancha qimmatroq: 177 ming so‘m atrofida.
Shuning uchun bolalarni to‘lovdan ozod qilish masalasida necha yillardan beri turli tashkilotlarga murojaat qilib kelyapman.
Davlat rahbarining may oyida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan imkoniyati cheklangan bolalar musiqa maktablarining to‘lov pulidan ozod qilinuvchi 25 foizlik imtiyozli kvotaga (avvallari faqat kam ta’minlangan oilalar farzandlariga bunday imkon berilgan edi) kiritildi.
Biroq men ishlayotgan Toshkent shahridagi 17-sonli musiqa va san’at maktabida 280 nafar bola ta’lim oladi. Ularning 133 nafarini ko‘zi ojiz bolalar tashkil qiladi. Demak, faqat ko‘zi ojiz o‘quvchilarning o‘zi 25 foizdan ancha yuqori. Lekin imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan bolalarning faqat 25 foizigina to‘lov pulidan ozod qilinishi mumkin. Buning bilan imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa ta’limini olish imkoni cheklanadi.
Shuning uchun nogironligi bo‘lgan bolalarning musiqa va san’at maktablarida to‘liq bepul tarzda ta’lim olishi masalasi ko‘rib chiqilishi lozim.
Bu bo‘yicha sobiq Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev qaror ishlab chiqilganini va yangi 2020 yildan respublikadagi ko‘zi ojiz bolalarning barchasi bepul o‘qishini e’lon qilgan ham edi. Biroq bu qaror haqida aytilgan ma’lumot tasdiqlanmadi va hanuz masala yechilmasdan qolyapti.
Hozir Madaniyat vazirligiga savol bilan murojaat qilganimda imkoniyati cheklangan bolalarni 100 foiz to‘lovdan ozod qilish masalasi yana qayta ko‘rilayotgani aytildi. Bunday imtiyoz berilishi bilan davlat budjetiga katta yuk tushmaydi, aksincha, hozir o‘qiyotgan bolalar keyinchalik olgan ta’limi asosida ishli bo‘lib, davlatdan yordam so‘rashi ehtimoli kamayadi.
Bu borada yana bir muammo borligini bilaman: imkoniyati cheklangan bolalar uchun alohida darsliklar zarur bo‘ladi. Masalan, ko‘zi ojiz bolalarga ta’lim berish uchun men ham Brayl yozuvidagi notalar bilan ishlay olaman, yana bir qancha mutaxassislar bilan ko‘zi ojizlar uchun darsliklar ishlab chiqishda yordam berishimiz mumkin. Faqat bu masalani chuqur o‘ylab ko‘rib, to‘lovdan ozod qilish masalasini va boshqa muammolarni hal qilish zarur.
Chunki imkoniyati cheklangan bolalar musiqa ta’limini olish orqali kelajakda o‘zlarini ish bilan ta’minlay olishi mumkin.
«Imkoniyati cheklangan bolalar ta’limiga investitsiya kiritish zarur»
Oydin Abdullayeva, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati:
– Ayni paytda Qonunchilik palatasida «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamasi o‘tkazilyapti. Qonunning 36-38-moddalari imkoniyati cheklangan shaxslar ta’limiga bag‘ishlangan normalardan iborat.
Hujjatda imkoniyati cheklangan shaxslarning umumiy ta’lim, o‘rta ta’lim, oliy ta’lim, zarur hollarda esa ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim olish huquqiga egaligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda ta’lim turlari sanab o‘tilgan. Jumladan, maktabdan tashqari ta’lim ham qayd etilgan bo‘lib, u musiqa va san’at maktablaridagi, «Barkamol avlod» markazlaridagi, turli to‘garaklaridagi ta’limni nazarda tutadi.
Ko‘p hollarda ko‘zi ojiz imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa va san’at maktablarida o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘ladi. Chunki ularda eshitish qobiliyati yaxshi rivojlangan, bundan tashqari, kuylashga ham iste’dodli bo‘lishadi.
Musiqa va san’at maktablarida o‘qish esa pulli ta’lim hisoblanadi. Sababi u yerda musiqiy cholg‘ular bor: royal, fortepiano yoki turli Yevropa cholg‘ulari. Bular turli chet davlatlardan keltiriladi va bu ma’lum sarmoyani talab qiladi. Shuning uchun musiqa ta’limi azaldan pulli bo‘lib kelgan va buni to‘g‘ri tushunish lozim.
Qo‘shni davlatlar tajribasida ham, O‘zbekistonda ham musiqa ta’limi pullik. Lekin hozir ko‘zi ojiz bolalarga musiqa ta’limini bepul qilish borasidagi masala ko‘rib chiqilyapti.
Respublika bo‘yicha 500ga yaqin ko‘zi ojiz bolalar musiqa ta’limini olishga qiziqishadi. Shuning uchun biz ularning bepul musiqa ta’limi olishi mumkinmi, degan savol kiritdik.
Ayni paytda «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan o‘rganilyapti. Qo‘mitaga ko‘zi ojiz bolalarni musiqa ta’limi to‘lovidan ozod qilish masalasini o‘rganish va ijobiy hal qilish mumkin yoki yo‘qligini aniqlash masalasi topshirilgan.
Buning uchun hozir Toshkent bo‘yicha ko‘zi ojiz bolalar ta’lim olayotgan musiqa va san’at maktablarini o‘rganishni rejalashtirganmiz. Sababi Toshkentdagi musiqa va san’at maktablarining oylik to‘lovi boshqa viloyatlarga solishtirganda ancha qimmat hisoblanadi.
Davlat rahbarining yaqinda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan yaqindan musiqa va san’at maktablarida bepul ta’lim oluvchi 25 foizlik kvotaga kam ta’minlangan bolalar bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalarga ham imtiyoz belgilash nazarda tutildi. Bu imtiyoz yanvar oyidan kuchga kirgan va imkoniyati cheklangan bolalar ham undan foydalanishi mumkin.
Biz esa, albatta, imkoniyati cheklangan bolalar uchun musiqa ta’limining bepul bo‘lishi tarafdorimiz. Chunki bu kelajakka kiritiladigan investitsiya hisoblanadi. Agar hozir bolalar yaxshi ta’lim olishsa, ular uchun oliy ta’limda maxsus kvota ajratiladi va u yerda grant asosida o‘qishi mumkin. Biroq san’at ta’limi maktabdanoq yaxshi berilgan bo‘lishi kerak. Buning bilan ular kelajakda oliy ta’limni ham tugatib, o‘zalarini va oilalarini ta’minlay oladigan shaxslarga aylanadi. Albatta, budjet bilan bog‘liq o‘ziga xos masalalar bor. Bu borada balki homiy jalb qilish ham zarurdir.
Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning sifatli ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishi yillar o‘tib, o‘z natijasini ko‘rsatishini unutmasligimiz zarur.
«Ayni karantin sharoitida to‘lov masalasini hal qilish doimgidan ham muhim»
Feruza Muhammadjonova, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rais o‘rinbosari:
– Imkoniyati cheklangan bolalarni musiqa to‘lovidan ozod qilish masalasi partiyamiz tomonidan bir necha marta ko‘tarilgan. Ularning musiqa ta’limi olishi keyinchalik o‘zini o‘zi ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun biz ularning musiqa maktabi to‘lovidan ozod qilinishi tarafdorimiz. Yaqinda Madaniyat vazirligi tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarni musiqa maktabi to‘lovidan ozod qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. (Bunday loyiha ishlab chiqilgani haqida vazirlik tomonidan o‘tgan yili ham ma’lumot berilgan edi – tahr.)
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir loyiha Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Moliya vazirligiga ham o‘tgan yili partiyamiz bu borada savol bilan murojaat qilgan.
Vazirlik mas’ullari «Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va san’at maktablarida o‘qishi uchun haq to‘lash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga o‘zgartirish kiritish lozimligi, ya’ni nizomda imkoniyati cheklangan bolalarning 100 foiz to‘lovdan ozod qilinishi ko‘rsatilishi lozimligini aytishgandi. Vazirlik bergan javobga ko‘ra, agar nizom o‘zgarsa, ularni to‘lovdan ozod qilish muammo bo‘lmasligi kerak. Lekin muammo qayerga borib taqalayotgani va hozirgacha hal bo‘lmayotgani tushunarsiz.
Ayni karantin sharoitida bu masalani hal qilish doimgidan ham muhim. Chunki oilalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy qiyinchiliklar imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa maktabi uchun to‘lov qilish imkonini yanada pasaytirishi mumkin. Shuning uchun barcha mas’ul tashkilotlar, jumladan, Moliya vazirligi bu masalani faol o‘rganib chiqishi lozim.
Yaxshi ta’lim olgan bolalar o‘zini o‘zi ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi va kelajakda kam ta’minlanganlar ro‘yxatida bo‘lishi ehtimoli kamayadi.
«Maoshlar masalasi muammo bo‘lishi mumkin»
Hamdam Niyozov, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Yoshlar ishlari bo‘lim boshlig‘i:
– Bizda bor ma’lumotlarga ko‘ra, to‘lovdan ozod qilish masalasiga Moliya vazirligi e’tiroz bildiryapti. Chunki musiqa va san’at maktablarida dars beruvchi o‘qituvchilar maoshi maktab o‘quvchilarining to‘lov pulidan shakllantiriladi. Va agar imkoniyati cheklangan bolalar musiqa ta’limi pulidan ozod qilinsa, o‘qituvchilarning maoshi qayerdan moliyalashtiriladi?
2020 yil uchun tasdiqlanadigan davlat budjeti xarajatlari tasdiqlab bo‘lingan va unda imkoniyati cheklangan bolalarning to‘lovdan ozod qilinishi va agar shunday bo‘lsa, dars beruvchi muallimlarning maoshi budjetdan ajratilishi nazarda tutilmagan. Shuning hisobiga, berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Moliya vazirligida e’tiroz paydo bo‘lmoqda.
Masalan, agar o‘qituvchilar maoshiga yo‘naltirish uchun qo‘shimcha mablag‘ topilsa, demak, bolalar ham to‘lovdan ozod qilinishi mumkin. Demak, masalani hal qiluvchi asosiy tashkilot Moliya vazirligi bo‘lib qolmoqda.
«To‘lov pulidan boshqa kattaroq muammolar ham yuzaga chiqadi. Ular haqida ham jiddiy o‘ylash kerak»
Muhabbat Muhitdinova, Madaniyat vazirligi Ta’lim muassasalari va tarmoqlarini metodik ta’minlash boshqarmasi xodimi:
– Ayni paytda respublika bo‘yicha jami 340 nafar (ularning 320 nafari ko‘zi ojiz bolalar) imkoniyati cheklangan bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim oladi.
Davlat rahbarining may oyida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan imkoniyati cheklangan bolalar ham musiqa maktablarining to‘lov pulidan ozod qilinuvchi 25 foizlik kvotaga kiritildi. Buning bilan respulika bo‘yicha musiqa maktablarida ta’lim oladigan barcha bolalar 25 foizlik kvota asosida to‘lovdan ozod qilindi. Biroq faqat Toshkent shahridagi musiqa maktablarida ta’lim oluvchi 60 nafar o‘quvchiga mazkur kvota yetmadi.
Endilikda yangi qaror loyihasi ham tayyorlanyapti. Unga ko‘ra, imkoniyati cheklangan bolalarning barchasi musiqa maktablari uchun to‘lovdan 100 foiz ozod qilinishi ko‘zda tutilgan. Qaror loyihasi tasdiqlanmaguncha, uning bilan qanday yengilliklar bo‘lishi haqida biror narsa deya olmaymiz.
Bundan tashqari, oldimizda yana bir muammo turibdi: imkoniyati cheklangan bolalarning barchasi musiqa va san’at maktablarining to‘lov pulidan ozod qilinishi bilan ta’lim olish xohishini bildirganlar soni oshadi.
O‘z-o‘zidan kadrlar muammosi yuzaga keladi. Davlat uchun to‘lov pulini bekor qilish muammo emas, kadrlar masalasi esa haqiqatda yaxshilab o‘ylab ko‘rishni taqazo qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’limi uchun alohida dasturlar, o‘quv reja, kadrlar bo‘lishi kerak.
Masalan, ko‘zi ojiz bolaning qo‘lidan ushlab musiqa chaldirish mumkin, lekin unga professional ta’lim berish uchun ko‘p narsa talab etiladi. O‘qituvchilar Brayl yozuvidagi notalar bilan ishlay olishi kerak. Bunday mutaxassislarni tayyorlash uchun ham mutaxassislar kerak.
Imkoniyati cheklangan maktablarda musiqa va san’at maktablarining filiallarini ochish orqali Brayl yozuvini, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash usullarini o‘rgana oladigan kadrlarni tayyorlashga bosqichma-bosqich erishish mumkin.
Masalan, hozir Toshkent shahridagi 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatda faoliyat yuritayotgan 17-sonli musiqa va san’at maktabida ham hamma o‘qituvchilar Brayl alifbosidagi notalar bilan professional darajada ishlay olmaydi.
Imkoniyati cheklangan bolalarda bir emas, bir nechta diagnozdagi kasalliklar bo‘lishi mumkin. Ular bilan o‘ta ehtiyotkor bo‘lib ishlash lozim bo‘ladi. Aytaylik, qaysidir bolaga xoreografiya bilan shug‘ullanish shifokor tomonidan tavsiya qilinishi mumkin. Lekin qaysidir turdagi raqs bolaning rivojlanishiga yordam berishi, qaysidiri aks ta’sir qilishi mumkin. Bu yerda shifokor va xoreograf birga hamkorlikda ishlashi talab etiladi.
Avvalo, bolalarning sog‘ligiga to‘g‘ri yondashuv, keyin ularning professional o‘qitilishi masalalari ham e’tibor qaratilishi lozim. Vazirlikda bu masalalar ustida ham muhokamalar olib borilyapti. Hozirga qadar bir nechta Brayl yozuvidagi musiqa darsliklari ishlab chiqilib, chop etishga tayyor qilindi.
«Inklyuziv ta’lim» konsepsiyasi ustida ishlanyapti»
Suxrob Xoliqov, Xalq ta’limi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari:
– Respublika bo‘yicha 86ta jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatlar mavjud va ularda 21 ming 153 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Bundan tashqari, 21 sanatoriy turidagi maktab-internatda 6 131 nafar o‘quvchi o‘qiydi.
Uzoq muddat davolanishga ehtiyoji bo‘lgan, nogironligi bor uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 13 272 nafarni tashkil etadi. Yana 13 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan bolalar umumta’lim maktablaridan inklyuziv tarzda ta’lim olishyapti.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktablarda mutaxasssisligi bo‘yicha defektolog bo‘lgan o‘qituvchilar, tarbiyachilar yoki defektologiya bo‘yicha qayta tayyorlashdan o‘tgan pedagoglar faoliyat yurita oladi.
Inklyuziv tarzda imkoniyati cheklangan bolalarga dars o‘tayotgan bolalarga ta’lim berish uchun ham defektologiya mutaxassisligiga ega bo‘lish lozim. Chunki nogiron bola bilan ishlash metodikasiga ega bo‘lmagan pedagogning ular bilan shug‘ullanishi qiyin. Shuning uchun inklyuziv tarzda dars beradigan o‘qituvchilar uchun ham bunday talablarning ishlab chiqilishi vazirlik tomonidan rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, hozir Xalq ta’limi vazirligi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda «Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasini tayyorlagan va hujjat hukumatga kiritilish arafasida.
Qaror loyihasi imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan. Unda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim oladigan muassasalardagi moddiy texnika bazasini takomillashtirish, o‘qitishda zamonaviy usullarni joriy etish kabi masalalar aks etgan. Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktablarda 10-11-sinf o‘quvchilariga kasb-hunar ta’limini berish, bunday muassasalarda qurilish, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Yana eng katta o‘zgarishlardan biri – qaror bilan O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan «Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi» tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan. Buning bilan mamlakatda inklyuziv ta’limni joriy etish uchun huquqiy asos yaratiladi.
Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim maktablarida boshqa tengdoshlari bilan birga o‘qishi uchun qulay sharoit yaratiladi, moddiy texnik baza mustahkamlanadi, bolalarga ta’lim beradigan kadrlar salohiyatiga e’tibor qaratiladi.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktablarda zamonaviy o‘quv laboratoriyalar tashkil qilish, kerakli texnikalar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarning malakasini oshirib borish masalalari ham inobatga olinadi.
«Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi»da barcha ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin harakatlanishi uchun sharoit yaratish, ularga to‘siqsiz muhit va integratsiyalashgan ta’lim sharoiti yaratish nazarda tutilgan.
Shuningdek, zamonaviy maktablar qurish bo‘yicha ham alohida qaror tasdiqlangan. Unga ko‘ra, zamonaviy maktablarga qo‘yiladigan me’yoriy talablar doirasiga imkoniyati cheklangan bolalar uchun sharoit yaratish ham lozimligi qayd etilgan.
Xulosa
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, imkoniyati cheklangan bolalar ta’limi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish qiyin bo‘lishi mumkin, lekin 100 mingdan oshiq imkoniyati cheklangan bolalar haqida kam o‘ylash ham mumkin emas.
Agar nogironligi bor bolalar musiqa maktablari to‘lovidan ozod qilinadigan bo‘lsa, ehtimol, ularning 5 foizi musiqa ta’limini olishga xohish bildirishlari mumkin. 100 mingdan oshiq bolaning 5 foizi musiqa va san’at maktablarida ta’lim olishi uchun davlat qancha mablag‘ sarflaydi va agar ular shu ta’limni olish orqali keyinchalik ular o‘zlarini ta’minlab, kam ta’minlanganlar ro‘yxatida bo‘lishmasa, qancha foyda qilinadi? Yoki ularga dars bera oladigan kadrlar tayyorlash masalasi qanday hal qilinadi?
Bu kabi savollarga javob topish, yangi o‘quv yili boshlangunga qadar ota-onasi to‘lov qila olmasligi ehtimoli yuqori bo‘lib, musiqa va san’at maktabida o‘qishini davom ettira olmaslik xavotiri bor bolalarga imkon berish lozim.
Bu borada ta’lim yoshidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun mas’ul Xalq ta’limi vazirligi va Madaniyat vazirligi faol bo‘ladi, degan umiddamiz.
Zilola G‘aybullayeva
Qiziqarli malumotlar
Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolari» – inklyuziv musiqa ta limi muammolari haqida