IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish, imei kodni aniqlash

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish, imei kodni aniqlash

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish, imei kodni aniqlash

DO`STLARGA ULASHING:

O‘zbekistonda mobil telefonlar va SIM-kartali planshetlarning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida hamon turli savollar va tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.

Quyida qurilmaning IMEI-kodini tekshirish va qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkinligini oddiy tarzda tushintirib o‘tamiz.

IMEI-kodni qanday bilish mumkin?

Buning uchun telefon yoki planshetingizda *#06# kombinatsiyasini tering. Shunda ekranda gadjetingizning IMEI-kodi paydo bo‘ladi. Agar ikkita SIM-kartali telefon yoki planshet ishlatsangiz, ikkita IMEI-kod ko‘rinadi: har bir SIM-karta uyasi uchun alohida raqam.

Bundan tashqari, ba’zi telefonlarda IMEI-kod qurilmaning orqa tomoniga yozib qo‘yilsa, yana ayrimlarida SIM-karta uyasida keltirilgan bo‘ladi. Mobil qurilmangiz qadog‘i yoki hujjatlarida ham IMEI-kodni ko‘rishingiz mumkin.

IMEI-kodi ro‘yxatga olinganini qanday tekshirish mumkin?

Buni ikki usulda – SMS yoki USSD so‘rovlari orqali bilish mumkin.

USSD so‘rovda quyidagilarni bajarasiz:
1. Mobil qurilma klaviaturasida *1170# kombinatsiyasini tering.
2. Tilni tanlang.
3. “IMEI-kod tekshirish” xizmat turini tanlang.
4. IMEI-kodni kiriting.
5. SMS javobni kuting.

SMS so‘rovi tartibi esa quyidagicha:
1. SMS orqali 1170 raqamiga IMEI-kodni yuboring.
2. SMS javobni kuting.

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?

 Agar mobil qurilmangiz ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, uni USSD yoki SMS so‘rovi, uzimei.uz sayti, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki hududiy pochta aloqa bo‘limlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Bu usullardan o‘zingizga qulay va ma’qul kelganini tanlab, jarayonni bajarsangiz kifoya.

SMS orqali ro‘yxatdan o‘tkazish:

1. IMEI-kodi/kodlari, JShShIR, pasport seriya va raqamini 1170 qisqa raqamiga yuboring. JShShIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami bo‘lib, u har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasportni yangisiga almashtirsangiz ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo JShShIR o‘zgarmaydi. Uni aniqlash qiyin emas, quyidagi suratga qarang.

2. SMS orqali javobni kuting.

USSD so‘rovi orqali:
1. Mobil qurilmadan *1170# ni tering.
2. Tilni tanlang.
3. “IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmat turini tanlang.
4. Mobil qurilmaning IMEI-kodini kiriting.
5. Agar mobil qurilma ikki va undan ortiq IMEI-kodga ega bo‘lsa, quyidagi xizmat turlari taklif etiladi: “Qo‘shimcha IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish” yoki “Keyingisi”.
6. JShShIRni kiriting.
7. Pasport seriyasi va raqamini kiriting.
8. SMS orqali javob kuting.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali:
1. my.gov.uz sayti orqali ommaviy offerta bilan tanishib chiqing.
2. my.gov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting.
3. my.gov.uz saytida avtorizatsiya qiling.
4. “Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmat turini tanlang.
5. Mobil qurilmaning IMEI-kodi/kodlarini ko‘rsatib, elektron so‘rovnomani to‘ldiring.

Qachondan pulli bo‘ladi?

O‘zbekistonda mobil telefonlar hamda SIM-karta solinadigan planshetlarning IMEI-kodi shu yilning 1 aprelidan 1 noyabrigacha bepul va foydalanuvchilar ishtirokchisiz avtomatik ravishda maxsus tizimdan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Bunda bir jihatga e’tibor qaratish kerak. 1 apreldan 1 noyabrgacha bo‘lgan muddatda SIM-karta bilan biror marta foydalanilmagan telefon, planshet yoki USB-modemlar shu davr mobaynida avtomatik ro‘yxatdan o‘tmay qolgan. Ularning IMEI-kodlarini endilikda 1 dekabrgacha bepul ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

Endilikda yangi mobil qurilma sotib olayotganda, uning IMEI-kodi ro‘yxatdan o‘tkazilganmi-yo‘qmi, tekshirib olish lozim. Agar siz qurilmani O‘zbekiston hududida xarid qilsangiz, u importyor-tadbirkor yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

1 dekabrdan boshlab importyorlar, ishlab chiqaruvchilar va xorijdan O‘zbekistonga mobil qurilmalar olib kirganlar gadjetini 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazsa, bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (44 ming so‘m); 30 kundan keyin ro‘yxatdan o‘tkazsa, BHMning 25 foizi (55 ming so‘m) miqdorida to‘lov qilishi kerak bo‘ladi.

imei kodni aniqlash, IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish