ILMI TAʼLIF
ILMI TAʼLIF (arab. — yaratish ilmi) — oʻrta asrlar Sharq musiqa nazariyasida ilmi musiqiyning muhim tarmogʻi. Ilmi taʼlif kuy yaratishga taallukli barcha masalalardan bahs etgan: nagʻma, boʻd, jins, jam, maqom (lad), alhon (kuy)ning turli xillarini yuzaga keltirish, musiqa asboblarining tuzilishi, ularda turli balandlikdagi tovushlar hosil qilish usullari, umuman ijrochilik masalalari, oʻsha davrdagi musiqaviy hayot, musiqa estetikasi va b. I. t. Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, Mahmud ashSheroziy, Muhammad al-Omuliy, Xoʻja Abdulqodir, Abdurrahmon Jomiy, Zaynulobidin alhusayniy asarlarida keng sharhlangan.
Ensiklopediya.uz
ILMI TAʼLIF