ILM HAQIDA HIKMATLAR
ILM HAQIDA HIKMATLAR
DO`STLARGA ULASHING:
ILM HAQIDA HIKMATLAR
Agar inson ilm nuri bilan o’z yo’lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko’chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo’ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo’ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko’rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo’lgan bo’lsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zo’r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil ko’rgan va ilm nuri bilan hulqini yaxshilagan ayol har erda izzat topadi. Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib etadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo’l qo’yadi.
Ilm o’rganish har bir musulmon uchun farzdir.
HadisBeshikdan qabrgacha bilim ista.
HadisBir soatgina ilm o’rganish bir kechalik ibodatdan yaxshidir.
HadisQaysi bir olimning ilmidan so’ralganda qizg’onib gapirib bermasa, qiyomatda og’ziga o’tdan tizgin solib qo’yiladi.
HadisAvvalo olim bo’l! Loaqal ta’lim oluvchi yoki tinglovchi, ilmu ulamolarni sevuvchi bo’lgin.
HadisSadaqaning afzali musulmon kishining ilm o’rganib, so’ng boshqa musulmon birodarlariga ham o’rgatishidir.
HadisIlm ibodatdan afzal.
Hadis
Er yuzi bir dashtu sahro bo’lsa, gulzori ilm,
Sahnai olamni bo’lmoqda namudori ilm.
Ilmu fan birla qurollanmoqda sardori ilm,
Ilm o’qi, hech bir jonga etkurmaydi ozor ilm.
OraziyEmish har elg’a qadri ilm balo,
O’la ilm maqomi baski bolo.
Kishikim ilmu fandin boxabardur,
Haloyiqqa mo’’tabardur.
Tiriklikda kishikim qilsa har kor,
Aning osonlig’ina ilm darkor.
Abdulla AvloniyJahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Ko’ngil sofi safoyi ilmdandur.
Anbar OtinKimda bo’lsa donishu, aqlu, tamiz,
Ilm ila hilm ahlini tutgan aziz.
Sen xatolardan o’zingni tut uzoq,
Ey o’g’il! Oqil esang solgil quloq!
Farididdin Attor
Bilimni buyuk, o’quvni ulug’ bil,
Bu ikkisi tanlangan bandasini ulug’laydi.
Zakovat qaerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,
Bilim kimda bo’lsa buyuklik oladi.
Yusuf Xos HojibIlm ila kimning dili ravshan erur,
U zamon ichra salomat tan erur.
Farididdin AttorBilimsiz, shubhasiz, aniq ko’rdir,
Kel, ey nodon, bilimdan hissa ol.
Yusuf Xos HojibAgar inson ilm nuri bilan o’z yo’lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko’chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo’ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo’ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko’rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo’lgan bo’lsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zo’r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil ko’rgan va ilm nuri bilan hulqini yaxshilagan ayol har erda izzat topadi. Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib etadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo’l qo’yadi.
Abdibek SheroziyMuyassar bo’lsa tilladin senga taxt,
O’zingdin pastga zinhor aylamagin saxt.
Agar bersa senga jahon sultonlig’i dast,
Kishi o’z holini bilmak kerak past.
Agar rutbang erur a’loyi ofoq,
Yiqilgon xastalarni holina boq.
Takabbur qilmag’il ey bemaoniy,
Falonni o’g’lidurmen deb faloniy.
So’fi OlloyorBilib darsingiz aylab azbar o’qung,
O’qunglar, o’qunglar, o’qunglar, o’qung.
Havou havaslarni aylab raho,
Saboqlarni takror eting borho.
RoqimIlm martabasi martabalarning zo’ridir, degan gap shubhasiz to’g’ri. Qaysi erda ilmu ma’rifat kuchli bo’lsa, o’sha er baxt maskani hisoblanadi. Qaysi erda nodonlik mavjud bo’lsa, u er quruq yoki toshloq joy kabidir.
Go’zal xulq bilan payvasta bo’lgan ilm odamlarni baxtiyor qiladi, martabasini balandlatadi. Ilmdan maqsad ko’rkam va ezgu ishlarni amalga oshirishdir.
Faxrulbanot SulaymoniyIlmsiz iliksiz so’ngak kabi bo’shdir, iliksiz so’ngakka qo’l urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshdi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtirdi. Bilimli kishi keraqli so’zni so’zlaydi, keraksiz so’zni ko’mib tashlaydi.
Ahmad YugnakiyMurodingni hayoting ichra axtar,
Ki mavhum ilm ichinda bo’lma axgar.
Anbar OtinZakovatli uqadi, bilimli biladi, Bilimli, zakovatli tilakka etadi.
Yusuf Xos HojibHar kishining ruhi ilm birla quvvatlansa, shafqatli va betama’ bo’lur.
Sidqiy XondoyliqiyHamma ezguliklar bilim tufaylidir. Bilim tufayli go’yo ko’kka yo’l topiladi. So’z bo’z erga yashil ko’kdan tushdi,
So’zi tufayli inson o’zini ulug’ qildi.
Yusuf Xos HojibEy keldi fununi ilm taslim sanga,
Qilmoq anga lozim bo’ldi ta’zim sanga.
Garchi yo’q erdi quvvat oyoqimda, vale,
Keldim bosh ila olg’ali ta’lim sanga.
OgahiyDunyoni bilmakka idroking garov,
Zehn quymoqqa dili poking garov.
Yaxshi ish qilmoq uchun yo’qsa o’quv,
Sanga lozimdur o’quv birlan o’quv.
Anbar Otin
Bilim bilan saodat yo’li ochiladi, shunga ko’ra,
Ilmli bo’l, baxt yo’lini izla.
Ahmad YugnakiyBilim qidirishga urdim boshimni,
Bekorga o’tkazmadim umrimni bir dam.
Qaydaki eshitsam ilmu donishni,
Eshigi tagida ultirdim mahkam.
Nosir XisravBilimsiz kishilarning ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi.
Abu Rayhon BeruniyOdamidur ilmu donish birla odam, yo’q esa,
Jumlai hayvongadur yakson qadu ruxsoru lab.
OgahiyBilim — qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon Beruniy
Ilmdan istasang, nishon yo’qtur,
Bor boshida qazoncha sallasi.
BayoniyHech kim ustozsiz topmas jahonda izzu joh,
Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur.
Poshshoxo’jaIlm andoq ganji nofe’dur bani odamg’akim,
Kimda ul bo’lsa, ikki olam bo’lur obod ango.
Ogahiy
Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo’qdir. Kitob fasohat, balog’atda, latofatda tengi yo’q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg’izlikda va g’amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so’zlarida yolg’on va xato bo’lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o’z do’stining dilini og’ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g’iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar etadi. Kitobdek do’st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o’tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: «Kitob aql qal’asidir», deganlar.
Muhammad JabalrudiyBilimning shundayki, u yalang’och bo’lganingda ham o’zing bilan qoladi uni hammomga kirganingda suv ham yo’qota olmaydi.
Abu Rayhon Beruniy
Donish erur otgan o’qim nishoni,
Dadillik manbai bilimim koni.
Ezgulik osmonini mahbusiman,
Zanjirim fanoyu samo ummoni.
Pahlavon Mahmud
ILM HAQIDA HIKMATLAR