ILLYUSTRATSIYA

ILLYUSTRATSIYA

ILLYUSTRATSIYA (lot. illustratio — yoritish, koʻrgazmali tasvirlash) — tasviriy sanʼatning adabiy asar (kitob, jur., gaz.) ning obrazli talqini b-n bogʻliq sohasi. Matnga qoʻshimcha tarzda uning mazmunini obrazli yoritishga, toʻldirishga xizmat qiladi. Ilk qoʻlyozma kitoblar paydo boʻlgan davrlarda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻlyozmalar mi-niatyuralar bilan bezatilgan, kitob nashr etish va ksilografiyaning yuzaga kelishi Illyustratsiyani grafshapshnt yetakchi sohasiga aylantirdi. Xitoyda 6—7a. larda dastlabki ksilografiyaga oid Illyustratsiya, 16-a. oxirida rangli gravyura yuzaga kelgan. Yaponiyada kitob grafikasi 17-a. boshlarida paydo boʻlgan, gullab yashnagan davri 18 — 19-a. boshlariga toʻgʻri keladi. Yevropada (15-a.) I. miniatyura sanʼati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan, diniy, didaktik, keyinchalik insonparvar gʻoyalarni tarqatuvchi vositaga aylangan. 16-a. oxiriga kelib Illyustratsiya mustaqil kompozitsiya ga aylandi, alohida varaqqa ishlanib, matnga yopishtirilgan. 18-a. da Illyustratsiya bilan kitobning aloqasi mustahkamlandi, rang-barangligi ortdi, usul va uslublari kengaydi, turkum bezaklar yaratish qoidalari rivojlandi. 18—19a. lar chegarasida tasviriy vosita — koʻndalang, kesmali gravyura va litografiya yuzaga keldi; 19-a. uchun tugallangan Illyustratsiya — alohida varaqlardagi kompozitsiyalar hamda matndagi yengil chizgilar xos boʻldi. 20-a. ga kelib rassomlar bir adabiy matnga turlicha yondoshib, uni turlicha talqin eta boshladilar.

Ensiklopediya.uz
ILLYUSTRATSIYA