ILINA Tatyana Georgiyevna
ILINA Tatyana Georgiyevna (1920. 26.6 — Toshkent) — koʻz kasalliklari boʻyicha mutaxassis. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1969), tibbiyot fanlari d-ri (1971), prof. (1973). ToshTI ni tugatgan (1942). Koʻz kasalliklari kafedrasi prof. (1972 — 80); mudiri (1980—88), 2-ToshTI da kafedra mudiri (1989—91), prof. (1991—94), 1994-y. dan prof. konsultant. Traxoma, glaukoma (nazla) kabi xastaliklar, shuningdek, ishemik kasalliklar, gipertoniya, qand kasalligi, ateroskleroz, podagra, buyrak va jigar kasalliklarida koʻz tomirida boʻladigan oʻzgarishlar ustida tadqi-qot olib borgan. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib odam va hayvonlar koʻzi toʻqi-malaridagi mikroelementlarni radio-aktivatsion tahlil qilish usulini ishlab chiqqan.
Ensiklopediya.uz
ILINA Tatyana Georgiyevna