ILI
ILI — Xitoy va Qozogʻistondagi daryo. Sharqiy Tyanshandan Tekes va Kunges daryolari nomi bilan boshlanib, Sinszyanda (Xitoy) birga qoʻshiladi va Balxash koʻliga quyiladi. Uzunligi (Tekes b-n birga) 1439 km, Kunges va Tekesning qoʻshilgan yeridan hisoblansa 1001 km. Havzasining mayd. 140 ming km2. Oʻngdan yirik Qosh irmogʻi qoʻshilgandan keyin Ili kengayadi va sersuvroq boʻlib oqadi. Quyilish joyida uzun va tor delta hosil qilgan. Qor va muzliklardan suv oladi. Dek. da muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv capfi quyilish joyida 329 m3/sek. Qapchigʻay GES va suv ombori qurilgan. Ili katta irrigatsiya ahamiyatiga ega. Asosiy irmoqlari: Qosh (Xitoyda), Xoʻrgoʻs (oʻngdan), Chilik, Charin, Talgʻar, Qaskelen, Kruti (chapdan). Gʻulja sh. dan Qozogʻistonning Baqanas pri-stanigacha kema qatnaydi.
Ensiklopediya.uz
ILI