Ikkita SIM-karta smartfon quvvatini tez tugatadimi? to’liq malumot oling
Bugungi kunda SIM-kartalar uchun ikki slotlilariga qaraganda bir slotli smartfonlarni topish qiyinroq bo‘lib qoldi. Bunday o‘zgarishdan hatto flagmanlar ham chetda qolmagan – faqat Apple va Google’ni aytmaganda. Ular hali ham «ikki uyachali» smartfonlarni taklif qilgani yo‘q. Bu kabi gadjetlarning ommabopligi shundaki, ular qulay va zarur. Biroq odamlar orasida shunday gaplar ham yuradi – emishki, ikki SIM-kartali smartfonlar tez quvvatsizlanib qoladi. Bu albatta, yoqimsiz, ayniqsa, ikkinchi SIM-kartadan har dom ham foydalanilmasa. Xullas, shunday xavotir o‘rinlimi, degan savolga javob olishga qaror qilgan mutaxassislar ikkita hamda bitta SIM-kartali smartfonlarning aniq vazifalar ustida mustaqil ravishda qanday ishlashini tekshirib ko‘rishdi.
Mundarija
скрыть
SIM-kartadan foydalanishning qanday variantlari mavjud?
Ikkita SIM-kartadan foydalanish imkoniyati ikki SIM-slotli qurilmaga qadar paydo bo‘lgandi. Taxminan, bir vaqtning o‘zida adapterlar va dasturiy SIM-kartalardan foydalanish keng urfga kirdi. Adapterdan foydalanish uchun original SIM-kartadan chiplarni qirqib olish lozim bo‘lardi, dasturiy SIM-kartalar uchun esa, programmator zarur edi, u ma’lumotlarni operator kartalari bilan hisoblash imkonini berardi. Shuningdek, bitta telefonda sakkizta raqamgacha foydalanish uchun ikki yechim o‘zaro uyg‘unlashtirilib, yagona yechim ishlab chiqildi.
Operatorlar chiplarni himoya qilishning yangi standartlariga ommaviy ravishda o‘tishi natijasida SIM-kartalarni programmator bilan hisoblash mumkin bo‘lmay qoldi, adapterlar esa, g‘ayrioddiy ko‘rinsa-da, haligacha ishlab chiqariladi va o‘sha iPhone tutuvchilar orasida o‘zining kamtarona o‘rniga ega.
Dastavval, SIM-kartalar o‘rtasidagi sarguzashtlar telefonni qayta yoqishdanoq boshlanardi (yoki kommunikatorlarda aviarejimni o‘chirish-yoqish), so‘ngra boshqa imkoniyatlar ham paydo bo‘ldi: SIM-menyu orqali yoki hatto maxsus raqamga qo‘ng‘iroq qilishda ham. Darvoqe, oxirgi ikki usul tez-tez ishlamay qolardi, hamda adapterlar va dasturiy kartalar foydalanuvchilari baribir gadjetlarini qayta yoqishlariga to‘g‘ri kelardi. Tabiiyki, ikki SIM-karta bilan ishlash endi ancha mukammallashdi, deb bo‘lmasdi: telefon har doim faqat bitta kartani ko‘rar, boshqa SIM-karta orqali qo‘ng‘iroq qilish yoki qo‘ng‘iroqni qabul qilish uchun esa, gadjetni qo‘l bilan qayta yoqish lozim bo‘lardi.
Ikki SIM-kartadan foydalanishga talabning yuqoriligi tushunib yetilgach, ishlab chiqaruvchilar bu yechimni bevosita devaysning o‘ziga o‘rnata boshlashdi. Dastlab, allaqachon unutilgan Dual SIM Single Standby (DSSS) texnologiyasi paydo bo‘ldi. U adapter kabi zarur kartaga qo‘lda o‘tkazishni talab qilardi, shu sababli u atigi bir nechta telefonda paydo bo‘ldi, masalan Nokia C1-00 da.
Qo‘sh SIM-karta quvvatni tez tugatadi(mi)?
DSDS-smartfonlar avval boshdanoq ikkita SIM-kartadan foydalanganda yuqori energiya iste’moli muammosidan xoli bo‘lishi ko‘zda tutilgan esa-da, mutaxassislar nazariy tomonlariga ishonmay, gadjetlarni aniq foydalanish sharoitida sinab ko‘rishga qaror qilishdi. Tajriba sifatida DSDS o‘rnatilgan Honor View 10 tanlandi, chunki u ikkita SIM-karta bilan ishlayotgan eng ommalashgan qurilma edi. Energiya tejovchi barcha funksiyalar ishga tushirilgan edi, SIM-kartani sozlash faolsizlantirildi.
Tajribachilar kundalik hayotimizda smartfondan foydalanishning uchta ssenariysi bo‘yicha to‘plam tuzib chiqishdi:
* onlayn-o‘yinlar — World of Tanks displeyning yuqori yorug‘ligi sharoitida 30 daqiqa davomida;
* syorfing va maxsus tarmoqlar — displeyning o‘rtacha yorug‘ligida Chrome, Facebook va Telegram’dan 30 daqiqa foydalanishda;
* suhbat — ekran o‘chirilgan holda, uyali aloqa orqali 30 daqiqalik qo‘ng‘iroq;
* kutish rejimi — 12 soat yoqib qo‘yilgan displeyda.
Har bir test ikkita va bitta SIM-karta uchun ikki martadan qo‘llanildi. Oxirgi holatda ikkinchi SIM-karta gadjetdan sug‘urib olinmadi, shunchaki, smartfon menyusidan o‘chirib qo‘yildi.
Testlarni bajarib bo‘lgach, mutaxassislar smartfon akkumulyatori necha foiz quvvatsizlanganini o‘lchashdi va olingan natijalarni jadvalga kiritishdi:
Test natijalaridan ko‘rinib turibdiki, energiya iste’moli bo‘yicha sezilarli farq faqat o‘yinlarda kuzatildi. Biroq bu yerda, turli kartalar renderingining o‘ziga xosligi yoki energiya iste’molining boshqa fluktuatsiyasi ham o‘z so‘zini aytishi mumkin. Qolgan testlarda bitta va ikkita SIM-kartalar orasida energiya iste’moli bo‘yicha farq kuzatilmadi. Ko‘rinib turibdiki, gap bu yerda foydalanilayotgan SIM-kartalar soniga bog‘liq emas ekan.
Xulosa
DiMaX Terabayt.uz
Bu va boshqa maqolalarni kanalimizda kuzatib boring: @itspecuz
Boshqa mavzular
Ikkita SIM-karta smartfon quvvatini tez tugatadimi?