IKKINCHI BULGʻOR PODSHOLIGI

IKKINCHI BULGʻOR PODSHOLIGI

IKKINCHI BULGʻOR PODSHOLIGI — Bolqon ya. o. dagi davlat (1187— 1396). Vizantiya hukmronligiga qarshi ozodlik qoʻzgʻolonlari (1185—87) natijasida tashkil topgan. Poytaxti — Tirnovo. 14-a. ning oʻrtalarida Dobrotitsa (Dobruja; 15-a. boshlarida turklar bosib olgan) knyazligi ajralib chiqqan, qolgan qismi Tirnovo va Vidin podsholiklariga boʻlinib ketgan (1363) va keyinchalik (1393 va 1396) turklar tomonidan bosib olingan.

Ensiklopediya.uz
IKKINCHI BULGʻOR PODSHOLIGI