IKKILIK PRINSIPI
IKKILIK PRINSIPI, duallik prinsipi, oʻzaro proporsionallik prinsipi — proyektiv geometriyanit asosiy teoremalaridan biri. Isbotlash mumkin boʻlgan bir te-oremadan bevosita ikkinchi teoremani keltirib chiqarishga imkon beradi. Ikkilik prinsipi nazariyada oʻzaro dual (kush) tushunchalar mavjudligiga asoslangan. Nazariyada Ikkilik prinsipi oʻrinli boʻlishi uchun har bir aksiomaga dual jumla yo aksioma, yoki teorema boʻlishi kerak. Shu sababli, biror jumlani isbotlash mumkin boʻlsa, unga dual jumla ham toʻgʻri boʻladi. Mac, tekislik proyektiv geometriyasida «nuqta» va «toʻgʻri» oʻzaro dual tu-shunchalar, quyidagi aksioma va teo-remalar esa dual jumlalardir: Ixtiyoriy turli ikki nuqtadan bir toʻgʻri chiziq oʻtadi. (Paskal teorema-si). Ikkinchi tartibli har qanday chi-ziqqa ichki chizilgan oltiburchaklikda uch juft qaramaqarshi tomonlar ke-sishgan uchta nuqta bir toʻgʻri chiziqda yotadi.
Ensiklopediya.uz
IKKILIK PRINSIPI