IJTIMOIY MEHNAT TAQSIMOTI
IJTIMOIY MEHNAT TAQSIMOTI — ijtimoiy mehnatning mustaqil vazifalarni bajaruvchi mehnat turlariga ajralishi, yaʼni mehnat faoliyati turlarining alohidalashuvi. Umuman jamiyatda mehnat taqsimoti asosida faoliyatni ayirboshlash yotadi va har bir mehnat turi aniq bir mahsulotni yoki uning bir qismini yaratishga ix-tisoslashadi. Faoliyat turlari boʻyicha mehnat taqsimotining umumiy, xususiy va yakka koʻrinishlari bor. Umumiy mehnat taqsimoti — jamiyat miqyosida yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, mustaqil yirik sohalarga boʻlinishi (sanoat, q. x., transport va aloqa, qurilish, xizmat koʻrsatish va h. k.). Xususiy mehnat taqsimoti — xalq xoʻjaligining yirik sohalari ichida tarmoqlarning (q. x. da dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, sanoatda esa undirma va ishlov berish, ogʻir va yengil sanoat, mashinasozlikda esa avtomobilsozlik, traktorsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqpar) vujudga kelishi. Yakka mehnat taqsimoti — kouxona, birlamchi xoʻjalik subyekti doirasida boʻladigan mehnat taqsimoti boʻlib, bunda alohida bir mahsulot, mahsulotning tarkibiy butlovchi qismlarini i. ch. boʻyicha ixtisoslashgan mehnat turlari ajralib, alohidalashadi.
Ensiklopediya.uz
IJTIMOIY MEHNAT TAQSIMOTI