IJTIHOD

IJTIHOD

IJTIHOD (arab. — gʻayrat qilish, in-tilish) — sharʼiy hukmni hosil qilish uchun faqihning barcha bilim va tokatini ishga solishi. Ijtihod sharʼiy hukmi kelmagan ishning maxsus qoidalarni ishga solib sharʼiy hukmini aniqlash uchun qilinadi. Muhammad (sav) tirikligida u kishidan boshqa odam I. kilmagan. Bu mumkin ham emas edi. Ijtihod 7-a. oxirida vujudga kelgan. Bu vaqtga kelib sahobalarning Muhammad (sav) faoliyatlari, aytgan soʻzlari ha-qidagi xabarlarida ixtilof paydo boʻlgan. Bundan tashkari, musulmon jamoasidagi hayot tarzining oʻzgarib bo-rayotganligi tufayli koʻplab huquqiy xarakterdagi muammolar tugʻilgan. Shuning uchun Ijtihodning asosiy maqsadi yangi yoxud oʻtmishdoshlar tomonidan hal etilmagan masalalarni topish va islomga tayanilgan va uni quvvatlagan holda hal etish boʻlgan. Islomda eng yuqori tabaqaga mansub faqihlargina shunday huquqqa (I. huquqiga) ega boʻlgan va ular mujtahidlar deb atalgan.

Ensiklopediya.uz
IJTIHOD