IELTS’dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

IELTS’dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?
ieltsdan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak 66eeb7811bd64

832 85 503756979

IELTS’dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Hammasini qisqa qilamiz, IELTS’dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorgarlik kerak, xorijiy tilda ravon gaplashish uchun nima qilish kerak? Birinchi IELTS masalasi.

Tasavvur qiling, mashina boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga o‘qidingiz, lekin amaliyot kam bo‘ldi. Rulga o‘tirganda baribir qo‘rqasiz. Mashina hayday olmaysiz. Chunki siz faqat qoida va nazariyani o‘qidingiz. IELTS sertifikati uchun o‘qish ham haydovchilik guvohnomasiga o‘qishdek gap, ingliz tilini zo‘r bilmay turib, test yechishni o‘rganish samara bermaydi. Aksincha, mashina haydashni zo‘r bo‘lib, qoidani bilmasangiz, masalan parking masalalari boshni og‘ritadi. Buning uchun instruktor yordamida parking qilish sirlarini bilib olish kerak. IELTS’da ham tilni zo‘r bilsangizda, test yechish yo‘llarini bilmasangiz, kutilgan natijaga erishmaysiz.

Xulosa: avval tilni chuqur o‘rganing, IELTS testiga tayyorlanish qirq kunlik ish bo‘ladi, holos.

Ikkinchi masala: Xorijiy tilda ravon gapirish uchun nima qilish kerak? Ingliz tilini o‘rgatgan ustozimning aytishicha, xorijiy tilda 1200ta so‘zni bilgan odam fikrini o‘sha tilda yetkaza oladi. Rasmiy va adabiy til qoidalari bo‘yicha gapirishni istagan odam 3 mingga yaqin so‘z, o‘sha tilda ilmiy ish bilan shug‘ullanib, akademik maqolalarni o‘qimoqchi bo‘lgan odam 5 mingta so‘zni bilishi kerak. Aslida kuniga 10tadan so‘z yod olib, mustahkamlab borsangiz, uch oyda tilni o‘raganasiz.

Tilning asosi bu grammatika. Til qoidalari grammatikada, uni his eta olish uchun qunt bilan grammatikaga vaqt sarflang. U qo‘rqinchli emas. Xorijiy til grammatikasini oson o‘zlashtirish uchun siz yaxshi bilgan, katta ehtimol bilan o‘zbek tili grammatikasiga solishtirib borish kerak. Shuning uchun, ingliz tili o‘qituvchingiz o‘zbek tilini ham yaxshi bilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz ham ot, sifat, olmosh yo to‘ldiruvchi, aniqlovchi nima ekaniga qiziqing. Bu zerikarli ishdan qiziqarli olamga aylanadi.

Til o‘rganishning muhim shartlaridan biri muntazam va bir tempda harakatlanish. Ortiqcha yuklama olmang, dars va mashqlarni qoldirmang.

IELTS’dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?