IELTS imtihoni xarajatlari qoplab berilishi uchun kimga murojaat qilmoq kerak? to’liq malumot oling
IELTS imtihoni xarajatlari qoplab berilishi uchun kimga murojaat qilmoq kerak?
Imtihon xarajatlari qoplab berilishi uchun yoshlar qayerga murojaat qilishi kerak? AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida mavzu yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.
«Tartibga ko‘ra, imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur ro‘yxatga GMAT, IELTS, TOEFL, GRE, SAT kabi imtihonlar kiritilgan. Imtihon topshirish xarajati 2021-yil 1-maydan boshlab kompensatsiya qilinishi boshlaydi.
Ariza beruvchi imtihon topshirish vaqtida 31 yoshga kirmagan O‘zbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi mumkin.
Imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi.
Ushbu davlat xizmatini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
So‘rovnomaga imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi kvitansiya hamda maxsus sertifikat PDF shaklida ilova qilinishi kerak.
Yoshlar ishlari agentligi 15 kunda arizachining sertifikatini verifikatsiyadan o‘tkazadi.
Sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni bo‘lmasa, Yoshlar ishlari agentligi 30 kunda maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni so‘rab xorijiy tashkilotga so‘rov yuboradi».
Talaba
IELTS imtihoni xarajatlari qoplab berilishi uchun kimga murojaat qilmoq kerak?