IELTS haqida ma’lumot

IELTS haqida ma’lumot

IELTS haqida ma’lumot

Mundarija скрыть
IELTS haqida ma’lumot
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

ELTS HAQIDA MA’LUMOT
IELTS IMTIHONI TURLARI VA ULARGA TAYYORLANISH
IELTS (International English Language Testing System – Xalqaro Ingliz Tili Sinovi Tizimi) imtihonining maqsadi ingliz tilida o’qish, yozish, tinglab tushinish va gapirish ko’nikmalarining qay darajdaga shakllanganligini baholash hisoblanadi.
Imtihon 4 bosqichda o’tkaziladi:
  • LISTENING (tinglab tushunish) – 30-40 daqiqa,
  • READING (o’qish) – 60 daqiqa,
  • WRITING (yozish) – 60 daqiqa,
  • SPEAKING (gapirish, suhbat ko’rinishida) – 10-15 daqiqa.
Imtihon topshirilish qoidasi bo’yicha yuqoridagi barcha ko’nikmalar sinovi bir kunda o’tkaziladi. Dastlabki uchta ko’nikma sinovi bilan so’nggi, suhbat ko’rinishidagi gapirish ko’rikmasi sinovi orasida tanaffus beriladi. Ba’zan imtihon ikki kun davom etishi ham mumkin. Bunday holatda ohirgi, gapirish ko’nikmasining sinovi imtihonning ikkinchi kuniga qoldiriladi.
Imtihon tarkibiga kiruvchi 4 bosqichning har biri alohida ko’nikmalarni sinash topshiriqlaridan tashkil topadi. Har bir bosqichdagi sinovda testlar va topshiriqlar turlicha bo’lishi mumkin.
IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o’rta yoki o’rta mahsus ta’lim yo’nalishlaridagi o’quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi. Bunday o’quv dargohini bitiruvchilar oliy ma’lumot diplomiga da’vogarlik qilishmaydi. Oliy ma’lumotga ega bo’lish maqsadida universitetga o’qishga kirish uchun Akademik testni topshirish talab etiladi. Har ikki turdagi testlarning tuzilishi bir hil, ammo Umumiy testning o’qish uchun beriladigan matni va yozish ko’nikmasini sinovdan o’tkazish topshiriqlari oliy o’quv yurtlariga kirish sinovlari talablarini o’z ichiga olmaydi. Azamat.uz saytining IELTS haqidagi bo’limida biz ko’proq IELTSning Akademik testiga tayyorgarlik ko’rish masalalarini ko’rib chiqamiz.
Imtihonning har bir bo’limi uchun va butun imtihonning umumiy bahosi sifatida olish mumkin bo’lgan maksimal ball 9 ball hisoblanadi. Ma’lumki, imtihondan o’tib, oliy o’quv yurtlariga kiruvchilarning ko’pchiligi kelajakda turli kasblarning egasi bo’lishadi, ular turli yo’nalishlardagi fanlar bo’yicha ta’lim olishadi. Texnik yoki iqtisodiy yo’nalishdagi universitetlarga o’qishga kirish uchun kamida 6 ball to’planishi kerak. Yuridik va gummanitar yo’nalishdagi oliygohlarga o’qishga qabul qilinish uchun esa kamida 7,5 ball to’planishi shart. IELTS imtihonlarida tanlangan oliygoh yoki yo’nalishdan qa’tiy nazarhamma bir hil tartib va talablar asosidagi sinovlardan o’tadi. Farq faqat to’plangan ballar va ularning qayerda, qanday qabul qilinishida bo’ladi.
Yaqindan boshlab Buyuk Britaniya hukumatining immigratsiya nazorati boshqarmasi mamlakatga uzoq muddat davomida qolib ishlash maqsadida keluvchi shaxslarning majburiy imtihondan o’tkazilishini joriy qildi. Bu maqsadda mamlakatga kiruvchi shaxslar Akademik test topshirishlari talab etiladi, ammo to’planishi talab etilgan ball, test topshiruvchilarning kasblaridan kelib chiqqan holda, 4,5 balldan 5,0 ballgacha qilib belgilangan.
IELTS testlarini tuzuvchilarning aytishicha, ushbu test imtihon qilinuvchining umumiy bilimini ham, uning mahsus tayyorgarligini ham tekshirmaydi. Testning asosiy maqsadi – test topshiruvchining ingliz tilini kelajakda Buyuk Britaniya yoki boshqa biror ingliz tilida gaplashiladigan davlat oliygohlarida muvaffaqiyatli ta’lim olishlari uchun yetarli darajada bilishini aniqlash.
Mening fikrimizga ko’ra, bu haqiqatga to’liq yaqin emas. To’g’ri, IELTS imtihoni test topshiruvchining hech qanday mahsus tayyorgarligi yoki bilimini tekshiruvdan o’tkazmaydi. Ammo, imtihon davomida topshiriqlarni to’g’ri bajarish uchun test topshiruvchidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlar analizi, sintezi, o’z ona tilida ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash va ularni xorijiy tilga o’girib, ifodalay olish kabi bir qator ko’nikmalar talab etiladi.
IELTS imtihoni o’qish, yozish, eshitish va gapirish ko’nikmalarining qay darajada shakllanganligini baholaydi. Aynan shu ko’nikmalarning to’liq shakllanganligi ingliz tilida gapiriladigan davlatlarda ta’lim olish jarayonida eng zaruriy hisoblanadi.
Shuning uchun IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko’rishning eng asosiy yo’nalishlari ingliz tilining kundalik turmushda ishlatilishini o’rganishga yo’naltiriladi. Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarga ta’lim olish maqsadida bormoqchi bo’lgan talabalar bilan bunday davlatlarga ishlash maqsadida borayotgan kishining tildan foydalanishi farqli bo’lishi mumkin, ammo IELTS imtihonlarida beriladigan topshiriqlarda bu farq juda katta rol o’ynamaydi. Azamat.uz saytida biz asosan IELTS imtihonining Akademik test turi uchun tayyorlanish masalalariga ko’proq urg’u bersak-da, undan ingliz tilini Umumiy test topshirish uchun o’rganayotganlar ham foydalanishlari mumkin.
Quyida ingliz tilida gaplashiladigan davlatlardagi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish jarayonida duch kelish mumkin bo’lgan vaziyatlar tasvirlangan.
Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda ta’lim olish jarayonida quyidagi vaziyatlarga duch kelishingiz mumkin:
  • kitob va jurnallar o’qish,
  • yozma topshiriqlarni bajarish,
  • ma’ruzalar tinglash,
  • seminarlarda qatnashish.
Bu vaziyatlarning har biri Sizdan quyidagilarni amalga oshirishni talab qilishi mumkin:
Kitob va jurnallar o’qish:
  • sohaga oid turli kitoblarni o’qish, aniq bir mavzuga doir ma’lumotlar berilgan gazeta va jurnallarni mutoala qilish;
  • matnlar, jadvallar va chizmalardan kerakli ma’lumotlarni olish;
  • o’qilganlarni tahlil qilish.
Yozma topshiriqlarni bajarish:
  • o’rtaga tashlangan muammoli masalani analiz qilish;
  • yozma ishning rejasini tuzish;
  • o’z so’zlari bilan yozish orqali mazvuni tushunganligini ifodalash, o’z fikrini yozma ravishda tahlil qila olish va hokazo.
Ma’ruzalar tinglash:
  • tez gapirilayotgan nutqni tinglab tushuna olish;
  • turli shevalardagi nutqni tushuna olish;
  • ma’ruzaning asosiy qismlarini, urg’u berilayotgan ma’nolarni tushuna olish;
  • eshitish davomida kerakli ma’lumotlarni yozib olish.
Bulardan tashqari radio va video xabarlardagi turli tezlik va shevada gapirilgan nutqni tinglab tushuna olish, nutqning asosiy mazmunini anglay olish hamda zaruriy holatlarda ular orqali yetkazib berilayotgan ma’lumotlarni yozib olish ko’nikmalarini shakllantirish kerak.
Seminarlarda qatnashish:
  • matnlar muhokamasida qatnashishga tayyor bo’lish;
  • ma’ruzachi va talabalarning berayotgan savollarini tushuna olish;
  • savollar so’rash;
  • muhokamalarda qatnashish.
IELTS imtihonini topshirish mobaynida imtihon oluvchining savollariga javob berish va shu bilan bir qatorda savollar berishga ham to’g’ri keladi.
Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda yashash va ishlash quyidagilarni talab qilishi mumkin:
  • gazetalar mutoala qilish, e’lonlar, yo’riqnoma va ko’rsatmalarni o’qish va hokazo;
  • tashkilotlar yoki alohida shaxslarga yozma murojaatnoma va arizlar yozish;
  • radio tinglash, ko’rsatmalarni tinglab tushunish va har kunlik suhbatlarni tinglash;
  • o’zi haqida gapirib berish, kelib chiqishi, oilasi va vatani, o’qishdan maqsadi, kelajakdagi rejalari haqida gapirish.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, IELTSni o’rgatuvchi ta’lim berishni ikki bosqichga bo’lib amalga oshirishi kerak:
1) nutq, yozish, o’qish va tinglab tushunishni uzviy o’rgatish. O’rganuvchining so’z boyligini imkon qadar oshirgan holda ingliz tili grammatikasining eng zaruriy va murakkab jihatlarini o’rgatish. IELTS imtihonini topshirishga oid yo’l-yo’riqlar ko’rsatish;
2) nutq, yozish, o’qish va tinglab tushunish ko’nikmalarini keng miqyosda rivojlantirish – gazeta va jurnallar o’qish orqali o’qish ko’nikmasini rivojlantirish, radio va audio eshittirishlar asosida tinglab tushunish ko’nikmasini mustahkamlash, imkon qadar jonli muloqotlarni amalga oshirish asosida og’zaki nutq ko’nikmasini rivojlantirish va hokazo.
IELTSni o’rgatish kursi ohirida o’rganuvchilar quyidagi ko’nikmalarni to’liq o’zlashtirgan bo’lishlari zarur:
  1. Ingliz tilini ona tili sifatida gapiruvchilarning o’rta tezlikda gapirishlarida anglatilayotgan ma’lumotni tinglab tushuna olish va qabul qilingan ma’lumotni sekin, yuqori aniqlik bilan (diktant ko’rinishida) eshitilganlarni aynan takrorlamasdan, gap mazmunini gapirib bera olish.
  2. Xujjatlarni tashkil etish (masalan, xisobotlar, rasmiy va norasmiy xatlar, chizma va diagrammalardagi ma’lumotlarni matn ko’rinishida ifodalash, referatlar yozish), so’rovnoma ko’rinishidagi xujjatlarni to’g’ri to’ldira olish. Xujjatlarni ma’lum cheklangan vaqt ichida aniq to’ldirish hamda xujjatlarni yozish jarayonida kerakli bo’lgan uslubdagi (rasmiy yoki norasmiy) ingliz tilidan foydalana olish.
  3. Ma’lum cheklangan vaqt ichida ijtimoiy muhimlikka ega bo’lgan turli mavzularga asoslangan insholarni yoza olish.
  4. Ko’rib chiqish, ma’lumot qidirish va o’rganish usullaridagi o’qish ko’nikmasini yaxshi o’zlashtirish. Cheklangan vaqt ichida aytilayotgan (og’zaki nutq) yoki yozilgan (matn) axborot ichidan kerkali bo’lgan ma’lumotni topa olish.
  5. Ma’lum bir mavzuning asosiy mazmunini og’zaki tarzda bayon qila olish, mavzu asosida berilishi mumkin bo’lgan savollarga javob berish va buni mos uslubdagi ingliz tili asosida amalga oshira olish.
  6. Ingliz tilida asosiy bilimlarni puxta o’zlashtirganligini namoyon eta olish (masalan, til grammatikasi, leksikasi, orfografiyasi va hokazo).

IELTS haqida ma’lumot