IDIOTIYA
IDIOTIYA (yun. idioteia — nodonlik) , tentaklik, telbalik — tugʻma oligofreniyanknt eng ogʻir shakli, aql, nutq va tafakkurning mutlaq rivojlanmaganligi bilan ifodalanadi. Ona qornidaligidayoq bola miyasining rivojlanmay qolishi Idiotiyaga sabab boʻladi. Bemorning diqqat-eʼtibori beqaror boʻlib, atrofdagi voqelikni toʻliq idrok eta olmaydi, odatdagi taʼsirotlarga beradigan javoblari xam nomunosib boʻladi. Nutq esa gʻalati tovushlar chiqarish yoki ayrim oddiygina soʻzlarni takrorlayverish bilan chegaralanadi, atrofdagilarning soʻzlarini deyarli tushunmaydi. Harakatlar ham poymapoy, baʼzan esa bir maromdagi oddiy harakatlarni muntazam takrorlayverishdan iborat boʻladi.
Ensiklopediya.uz
IDIOTIYA