IDEAL
IDEAL (yun. idea — timsol, gʻoya, tu-shuncha) — biror narsa, voqea va hodi-saning oliy namunasi, kamoloti; ay-rim shaxs, shaxslar guruhi, tabaqa va jamiyat intiluvchi oliy maqsad. Ijtimoiy-siyosiy Ideal — mukammal ijti-moiy tuzum; axloqiy Ideal — barkamol inson sifatlari, insoniy munosabatlar; estetik Ideal — har taraflama kamolga yetgan goʻzal koʻrinish, xislat, tavsif. Ideal muayyan tarixiy sharoitda ijtimoiy hayotning barcha jabhalari bilan chambarchas bogʻliq holda shakllanadi. Idealning amalga oshishi yoki oshmasligi uning voqelik bilan bogʻliqligiga, ta-raqqiyotni qanchalik toʻliq va toʻgʻri inʼikos ettirishga bogʻliq. Kishilar tarixda estetik va axloqiy Idealni orzu qilib, bu orzularni ertak va dostonlarda ifodalaganlar. Mas, Rustam va Farhod, Layli va Shirin faqat jismoniy jihatdan baquvvat hamda goʻzal boʻlib qolmay, ular yuksak odamiylik fazilatlariga ham ega.
Ensiklopediya.uz
IDEAL