ID, UID nima? Identifikatorlar haqida batafsil
ID, UID nima? Identifikatorlar haqida batafsil
DO`STLARGA ULASHING:
ID, UID nima? Identifikatorlar haqida batafsil 🆔🤔
Bugungi kundan boshlab @itspecuz kanalida IT-darslar rukni o‘z ishini boshlaydi. Va biz eng asoslaridan boshlaymiz, darsni sodda va qiziqarli qilib tayyorlashni unutmaslikka harakat qilamiz.
Ushbu maqolada biz identifikatorlar mavzusiga to‘xtalib o‘tamiz: (ID, UID). Ushbu qisqartmalar axborot xavfsizligida ko‘p uchraydi.
ID nima?
ID (“ay-di” deb o‘qiladi) — bu inglizcha “identifier” so‘zining bir qismi bo‘lib, “identifikator” deb tarjima qilinadi.
ID yoki Identifikator — bu subyektni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotdir (sodda qilib aytganda bu raqam yoki nom: son yoki belgilar satri).
Har safar biror joyda ro‘yxatdan o‘tayotganingizda sizga identifikator, ya’ni qandaydir nom yoki raqam beriladi. Har bir alohida tizimning ichida esa sizning identifikatoringiz noyob (unikal, takrorlanmas) bo‘ladi.
Identifikatorlarga misollar (id):
— Ism (Abdulla Rustamov)
— Nik (AbdullaR)
— Telefon raqami (+998 97 123-45-67)
— Pasport raqami (AA1234567)
— Bank kartasi raqami (1234-5678-9012-3456)
— Avtoulov raqami (A123AC)
— Telefon IMEI raqami
— Mahsulot shtrix-kodi
— E-mail (namuna@gmail.com)
— Kanal manzili (https://t.me/itspecuz)
— Facebook’dagi shaxsiy sahifa raqami
UID nima?
Ko‘pincha “UID” yozuvi uchrab turadi, bunda “ID”dan oldin “U” harfi qo‘shiladi, kengaytirilgan tarzda bu “unique” — “unikal” yoki “user” — “foydalanuvchi” bo‘ladi.
UID qisqartmasining ikki xil yoyilmasi mavjud:
UID (Unique identifier) — unikal identifikator.
UID (User identifier) — foydananuvchining operatsion tizim yoki saytdagi identifikatori.Barchasi oddiy: ba’zi identifikatorlar unikal sanaladi, ya’ni faqatgina bir subyektga tegishli bo‘lishi mumkin (ismi mos kelishi mumkin, lekin pasport raqami doim farq qiladi).
UID’dan foydalanishga misollar:
— unikal identifikatorlar temir yo‘l chiptalarida buyurtmaning unikal identifikatori sifatida qo‘llaniladi
— Toshkent shahrining jamoat transporti oylik yo‘l chiptalarida individual seriya va raqamlardan foydalaniladi
— “1С” kompaniyasi dasturlarida UID qo‘llaniladi — UnikalIdentifikator tipidagi havola xususiyati
— Davlat tashkilotlarining to‘lov hujjatlarida unikal to‘lov identifikatori (UTI)dan foydalaniladi (masalan, UTI12345678901234567890///)
— UNIX-turidagi operatsion tizimlari foydalanuvchilarni UID deya belgilanuvchi raqam yordamida ajratib oladi
— Ba’zi saytlar ham ushbu identifikator muayyan foydalanuvchiga tegishli deb UID qisqartmasidan foydalanishadiID axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan
Odatda identifikator (id) maxfiy hisoblanmaydi, shuning uchun faqat unga asoslanib manbadan foydalanishga ruxsat berib bo‘lmaydi (masalan elektron pochta manzilini bilish pochta qutisidagi xatlardan foydalanish huquqini bermaydi).
Identifikatorni aniqlash (identifikatsiya) axborot resurslari (pochta, ijtimoiy tarmoqdagi akkaunt va hokazo)dan foydalanish uchun qo‘yilgan birinchi qadam sanaladi, keyingi qadamda autentifikatsiya va avtorizatsiya jarayonlariga o‘tiladi, biroq bu haqida keyingi maqolamizda alohida to‘xtalib o‘tamiz.
ID, UID nima? Identifikatorlar haqida batafsil