Ichki va tashqi motivatsiyani tanlaymiz 18+

Ichki va tashqi motivatsiyani tanlaymiz 18+
ichki va tashqi motivatsiyani tanlaymiz 18 65cb2b8d69865

104

Ichki va tashqi motivatsiyani tanlaymiz 18+

Mundarija скрыть
Ichki va tashqi motivatsiyani tanlaymiz 18+
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Ichki motivatsiya haqida kamdan-kam bosh qotiramiz. Bizning samimiy xohish-istaklarimiz, holatimizni tushuntirish uchun birgina so‘z yetarli — «istayman». Bolalar o‘zlariga yoqadigan guruhning qo‘shig‘ini bajonidil tinglashadi, o‘z qo‘llari bilan biror narsa yasashadi yoki sarguzasht romanlar o‘qishadi, chunki ularga shunday qilish yoqadi.
Tashqi motivatsiya har xil bo‘ladi — cho‘ntak pullaridan tortib, to maktabdagi baholargacha. Buni bir gap bilan izohlash mumkin: «Mana bunday qilsang, buni qo‘lga kiritasan».
Psixolog Alfi Kon «Mukofot bilan jazolash» kitobida nafaqat ota-onalarni, balki o‘qituvchilarni ham turli imtiyozlarni qo‘llashdan ogohlantiradi. Ba’zi ota-onalar farzandi yaxshi o‘qishi uchun hayvonot bog‘iga olib borishni va’da qilishadi, boshqalari qimmatbaho gadjetlarni xarid qilishadi va hatto pul ham berishadi. Muammo shundaki, bu usul ish bermaydi: o‘quvchi shunday o‘qishda davom etaveradi, boz ustiga, va’da qilingan narsaga erisha olmagani uchun yaqinlaridan xafa ham bo‘ladi!
O‘qituvchilar ko‘rinishidan olijanob usullar bilan ishtiyoqni oshirishga harakat qilishadi: turli maqomlar (oyning eng yaxshi o‘quvchisi) joriy qilishadi, yaxshi o‘qiydiganlar uchun imtiyozlar yaratishadi. Ko‘pincha shunday bo‘ladi: oyning eng yaxshi o‘quvchisi asosan bir o‘quvchi bo‘ladi, imtiyozlar esa odatda tarkibi o‘zgarmaydigan o‘quvchilar doirasiga beriladi. Qolgan o‘quvchilar esa o‘zlarini omadsizdek his qilishadi.
Nima uchun tashqi motivatsiyani oshirish ish bermaydi?
Biz «Mana bunday qilsang, buni qo‘lga kiritasan», degan paytimizda bola dastlab va’dani ishtiyoq bilan qabul qiladi. Shu bilan birga, unda o‘zini o‘zi himoyalash instinkti ham ishga tushadi.
Bola muammoni hal qilishning ijodiy usulini emas, eng ishonchli va qisqa yo‘lini izlay boshlaydi.
U o‘ziga o‘zi savol beradi: «Tavakkal qilib, nazorat ishini o‘zim yozishimga ne hojat? Yaxshisi, a’lochilardan ko‘chirib olaman, shunisi ishonchliroq». Qarabsizki, maqsadlar o‘zgarishi ro‘y beradi: bilim olish uchun o‘qish emas, mukofot olish uchun o‘qish.
Tashqi motivatsiya zo‘r ishlashi mumkin, faqat ichkisi bilan birga. U o‘z-o‘zidan oldinga harakatlanmaydi, shunchaki «ishni uddalash», tezroq xohlagan narsasiga erishishga majbur qiladi.
psixolog Gulbahor Yusupova tayyorladi
pmt.uz

Ichki va tashqi motivatsiyani tanlaymiz 18+