ICHKI MEHNAT TARTIBI QOIDALARI
ICHKI MEHNAT TARTIBI QOIDALARI — OʻzRda ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchilarning birgalikdagi mehnatini tartibga soluvchi asosiy meʼyoriy hujjat. I. m. t. q. ning asosiy maqsadi xodimlarni mehnatga ongli munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash, mehnat intizomini yanada mustahkamlash, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ish vaqtidan oqilona foydalanish, yuqori ish sifatiga erishish. mehnat unumdorligi va i. ch. samaradorligini oshirishdan iborat. Hoz. kunda amal qilib kelayotgan bunday meʼyoriy hujjat OʻzR Mehnat vazirligi tomonidan 1996-y. 2 apr. da tasdiqlangan, u idoraviy mansubligi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar xodimlari uchun Namunaviy Ichki mehnat tartibi qoidalari deb ataladi va ish beruvchilar hamda xodimlar uchun majburiy qridalarni oʻz ichiga oladi.
Ensiklopediya.uz
ICHKI MEHNAT TARTIBI QOIDALARI