Ichki kiyim yechish
Швейцариянинг Nestle компанияси Россиядаги бизнесни бутунлай қисқартиришни режалаштирмаяпти
Эркак киши аёлларнинг ички кийимларини сотиш
Ассаламу алайкум! Мен Қирғизистонданман. Яқинда аёлим билан болаларимизга кийим харид қилгани вилоятимиздаги Кара-Суу шахрида жойлашган жахон бозорига боргандик. Хамма харидларни қилиб бўлгач аёлим (вояга етиб қолган) қизларимга у-бу нарса олишим керак деб қолди. Мен юр унда, қайси қаторида десам, сиз мошинага чиқаверинг мен ортингиздан чиқаман деди. Бозорда аёлимни ёлғиз юришини истамай ўша қаторга бирга кирдик. Кўрсам аёллар ички кийим сотадиган махсус қатор экан. Не кўз билан қарайки у қаторда баъзи дўконларнинг сотувчилари “эркаклар” экан. Уларни аёлларга кўрсатаётган хизматларини кўриб бехосдан Астағфируллоҳ деб юбордим. Аёлим сиз буни кўриб ёқтирмаслигингизни билиб кирманг дегандим деди. Қандай десам, аёлим мени дарров тушиниб уларнинг дўконларига кирмайман деб жавоб берди. Атрофдаги дўконлардаги харидора аёллар гўёки мендан хижолат бўлаётгандай сезиб ўзим кирганимга минг афсус қилиб қаторнинг бошига чиқиб аёлимни кутиб турдим. Шу иш ўша “эркакларга” жоизми?
«Зикр аҳлидан сўранг» ҳайъати:
Ваалайкум ассалом! Аллоҳ таоло эркакларга ипак кийимни ҳаром қилди. Тадқиқотлар натижасига кўра ипак кийим киядиган эркакларнинг табиати “юмшоқ” бўлиб қолар экан. Сиз айтган ҳолатда ҳам уларнинг табиати ўша кийимларга мос бўлиб қолади. Валлоҳу аълам!
#никоҳ #намоз #фиқҳ #савдо #талоқ #талоқ #ҳалол #ҳаром #Қуръон
Ichki kiyim yechish
Tesla 300 мингдан ортиқ автомобилларини қайтариб олади
Bugun, 01:14,
Байден АҚШ дефолтига йўл қўймасликка ваъда берди
Bugun, 01:06,
Швейцариянинг Nestle компанияси Россиядаги бизнесни бутунлай қисқартиришни режалаштирмаяпти
Bugun, 01:00,
Мўғулистондаги банклар тез орада Россиянинг “Мир” карталарини қабул қилишни бошлайдилар
Bugun, 00:53,
JPMorgan таҳлилчилари Туркиядаги зилзилаларнинг тўғридан-тўғри зарарини баҳолади
Oyoq kiyimdan kelayotgan yoqimsiz hidini qanday yo‘qotish mumkin
30.05.2016 11:21,
Yoz kelishi o‘zining ijobiy tomonlaridan tashqari, yoqimsiz salbiy tomonlari ham borligini yoddan chiqarmaslik kerak, shulardan biri, oyoq kiyimdan chiqayotgan yoqimsiz hiddir. Buning sababi bakteriyalardir, nam va issiq sharoit ularning ko‘payishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Ayrim hollarda organizmning o‘ziga hos hususiyatiga ham bog‘liq. Nima bo‘lganda ham bunday nohush holatni yo‘qotish imkoniyatlari bor. Maqolamizda yoqimsiz hidni yo‘qotish yo‘llari bilan tanishtiramiz.
Poyafzalni quritish
Quruq muhitda bateriyalar yashamaydi. Oyoq kiyim tagliklari olib, bog‘lag‘ich iplari yechib, oftobga yoki isitgich oldiga qo‘yiladi.
Muzlatish
Poyafzalingizni polietilen xaltaga solib, ertalabgacha muzlatgichga solib qo‘ying. Ertalab muzlatgichdan olib, “o‘ziga kelguncha” oftobga qo‘ying. Bunday yo‘l tutilganda bakteriyalarga ikki tomonlama zarba beriladi.
Oyoq ichiga apelsin, greypfrut, limon po‘choqlarini solib qo‘ying
Yangi sitrus meva po‘choqlarini tun bo‘yi poyafzalning ichiga solib qo‘yilsa, ertalabga borib hidi yaxshi tomonga o‘zgaradi. Huddi shunday natijani sitrus meva efir yog‘idan bir necha tomchi tomizilsa ham olish mumkin.
Yuvish
Agar oyoq kiyimni yuvish imkoniyati bo‘lsa, uni kir yuvadigan mashinada yuvish mumkin. Buning uchun eski sochiq yoki shunga o‘xshash mato bilan poyafzalni kir yuvish mashinasiga joylashtirish kerak. Qaynoq bo‘lmagan suv quyulib, o‘rtacha tezlikda yuviladi. Qo‘shimcha bakteriyalarni o‘ldirish uchun oq sirka qo‘yib yuborilsa, maqsadga muofiq. Yuvilgan poyafzalni ochiq havoda quritish kerak.
Poyafzal uchun dezodorat kukun tayyorlash
3 osh qoshiq choynak soda, 1 osh qoshiq makkajo‘xori kraxmali va 5 tomchi choy daraxti yog‘ini aralashtiring. Tayyorlangan qorishma bilan poyafzalni ichki tomoniga surtib, ertalabgacha qo‘yiladi. Bunday kukun bakteriya va zambrug‘lar uchun halokatli muhit hisoblanadi. Kukun oyoq kiyimining yoqimsiz hiddan halos qiladi va antiseptik hususiyatiga ega.
Gazeta yoki qog‘ozdan foydalansa bo‘ladi.
Tuflidagi namlikni ketgazish uchun, ichi qog‘oz bilan to‘ldiriladi. Qog‘oz o‘ziga barcha nam hidni tortib oladi.
Agar oyoq kiyimingizdan noxush hidni ketgazishni imkoniyati bo‘lmasa, yuqorida keltirilgan maslahatni ketma ket bajarib ko‘ring, poyafzalni ichiga dezodorat kukunni sepib, eski gazetalar bilan to‘ldirib, kechasi bilan muzlatgichga solib qo‘ying, ertalabki quyosh nurlarida toblab olsangiz poyafzalingizdan muattar hidlar taralib turadi.
Qiziqarli ma’lumotlar: Faqat Yaponiyada mavjud bo’lgan taqiqlar
Yaponiyada Yevropa mamlakatlari fuqarolariga kamida antiqa tuyuladigan narsalar juda ko’p. Hech kim yaponiyaliklar – antiqa xalq ekanligi, va doimo biror narsa kashf qilib, modaga aqldan ozdiradigan yangi trendlarni kiritishga qodir xalq ekanligi hech kimga sir bo’lmasa kerak.
Albatta, xohlagan boshqa mamlakatda bo’lgani kabi, Yaponiyada ham o’z milliy xususiyatlar va taqiqlar bor, va aynan taqiqlarga bugungi maqolamiz bag’ishlanadi.
Oyoq kiyimini yechmaslik
Yaponiyada hududni bo’lish qoidasi qabul qilingan – yashash uyi alohida, ko’cha alohida, ibodatxona alohida va h.k. Kirish oldida sizni oyoq kiyimini yechib, uni qoldirish uchun alohida kichkina joy kutadi. Yashash uyiga oyoq kiyimi bilan faqat janoza vaqtida kiriladi (aromatic tayoqchalar ham janoza paytida yoqiladi). Mehmon uyiga kirishingizda oyoq kiyimingizni yechishni unutmang!
Ko’cha oyoq kiyimini budda ibodatxonalarining ichki xonalariga kirishda albatta yechish kerak bo’ladi. Hojatxona va hammom uchun maxsus shippaklar bor. Shunchaki, ko’chada kiygan krossovkangizni uyga kiritishning o’zi – qoidani buzishga kiradi (yapon “ko’cha yo’llariga tekkan oyoq kiyimi” deb aytardi). Please take your shoes off degan belgilarga e’tibor bering. Ibodatxonalarning yog’och pollari ustida yalang oyoq yurish, aytgancha, juda yoqimli.
Jamoatda burun qoqish
Birovni oldida burun qoqmoqchi bo’lsangiz, bu unga qaratilgan juda katta tahqirlash yoki, uni umuman odam sifatida qabul qilmasligingiz belgisidek qabul qilinishini unutmang. Bu odat lapsha yeyishda shovqinli chapak odati bilan bemalol birlasha oladi – lekin odatda bu xorijdan kelganlar uchun umuman tushunarsiz holatdir.
Choy chaqa berish
Bu juda yoqimli holat. Ha, Yaponiyada deyarli hech qayerda va hech qachonchoy haqi berish – kafeda, restoran, barlar, taksilarda hisobga ortiqcha tanga qo’shish mumkin emas va bu hatto xafa qilishi ham mumkin. Kafeda, aytgancha, hisobni keltirishmaydi – kassaga borib, o’sha yerda to’lash kerak, pulni olish uchun stolingiz oldiga yugurib kelishmaydi. Va hisobdan ortiq ham hech vaqo olishmaydi.
Poezdda yeyish
Poezdlarda ko’p kishi yeydi, uxlaydi va ko’p qizlar ishdan oldin upa-tupa qilishadi. Biroq, atrofdagilar bunga unchalik xursand bo’lishmaydi. Boshqa gap sinkansenlar (tezkor poezdlar): bu yerda samolyotdagidek stollar va bir qator o’rindiqlar bor. Siz qo’shnining yuziga emas, orqasiga qaraysiz. Mahalliy yo’nalishlardagi poezdlarda esa, xuddi bizning metrodagi singari o’rindiqlar bir-biriga qaratib joylashtirilgan. Va aynan shunday poeazzda siz guruch bilan kotletani yemoqchi bo’lsangiz, va sizning ro’parangizda odam o’tirgan va sizga qarab o’tirgan bo’lsa – tarbiyasiz xorijliklarga qaratib yana bir nechta qator gaplar manfiy fikrlar qo’shiladi. Stansiyagacha chidasa ham bo’ladi.
Hamkasbingizga ishda yordamlashish
Biz uchun hayratlanarli bo’lim emas, ammo Yaponiyada o’zganing ishini bajarish kerak emas. Ish bu yerda insonni jamiyatning mustaqil ishtirokchisiga aylantiradi, va, agar sizpochtachi o’rniga xatlarni tarqatib chiqqan yoki farrosh o’rniga axlatni yig’ishtirgan bo’lsangiz, bu yordam sifatida emas, siz uning o’rnini egallamoqchi bo’lmoqchidek qabul qilinishi mumkin. Inson chinakamiga xafa bo’lishi mumkin.
Qiziqarli malumotlar
Ichki kiyim yechish