ICHAK

ICHAK

ICHAKodam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining bir boʻlimi; hazm yoʻli boʻlimlarga ajralgan organizmlarda (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, barcha umurtqalilarda, jumladan, odam ham) hazm yoʻlining meʼdadan keyin keladigan qismi. Asosan, sut emizuvchilar ichagi murakkab tuzilgan. Odam Ichak anchagina uzun, 4,5—9 m ga yetadi. U, asosan, qorin boʻshligʻi va qisman kichik chanokda joylashgan.

Ensiklopediya.uz
ICHAK