Ich ketishi (diareya) — belgilari, sabablari, oldini olish va davolash usullari haqida malumot
Barcha insonlarda hayoti davomida, ba’zida ich ketishi (diareya) suv yoki ichakdagi mahsulotlar bilan aralashgan holatda kuzatilib turadi. Ko‘p hollarda diareya kunlab davom etadi. Ammo diareyaning haftalab davom etishiga jiddiy omillar sababchi bo‘lishi mumkin, masalan ichak infeksiyalari, ichakning o‘zida bo‘layotgan patologiyalar yoki ichakning ta’sirlanishi natijasida kelib chiqadigan sindromlar. Ushbu maqolamiz davomida diareya haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.
Diareyaning belgilari
Diareyada kuzatiladigan simptom va belgilar quyidagilar:
- Bo‘sh, suvli najas;
- Qorin talvasalari (g‘urillashlari);
- Qorin og‘rig‘I;
- Yuqori harorat;
- Najasda qon bo‘lishi;
- Qorin dam bo‘lishi;
- Ko‘ngil aynashi;
- Najasning tezlik bilan chiqishi.
Shifokor huzuriga qachon borish kerak?
Agar siz o‘n sakkiz yoshdan oshgan bo‘lsangiz va sizda quyidagilar kuzatilsa:
- Ich ketishi 2 kundan ortiq davom etsa;
- Siz suvzilanayotganingizni sezsangiz;
- Sizda qorin va rektal og‘riqlar bo‘lsa;
- Najasingizda qon yoki najasingiz qora rangda bo‘lsa;
- Tana haroratingiz 38-39 C va bundan yuqori bo‘lsa;
Yosh bolalarda diareya organizmning tez suvsizlanishiga olib keladi. Bolangizni suvsizlanayotganini sezsangiz, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilsa, qonli yoki qora rangdagi najas kelsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etishingiz kerak.
Ich ketishi sabablari
Diareyaga sabab bo‘luvchi ko‘plab omillar bor. Quyida ushbu sababchilardan eng asosiylarini sanab chiqamiz:
Viruslar
Diareya chaqiruvchi viruslardan Norwalk virusi (ichakning nobakterial kasalliklari keltirib chiqaruvchi), sitomegaloviruslar va gepatit viruslari. Rotoviruslar bolalarda o‘tkir diareyaga sabab bo‘ladi.
Bakteriya va parazitlar
Zararlangan ovqat yoki suv bakteriya va parazitlarning odam organizmiga kirishiga yo‘l bo‘ladi. Lyambliya va kriptosporida kabi parazitlar ham diareyaga sabab bo‘ladi.
Bakteriyalardan kampilobakteria, salmonella, shigella va Esherixiya coli diareyaning asosiy sababchilaridir. Chegaradan tashqari yurtlarga sayohat qilganda o‘sha yerning bakteriya va parazitlari tomonidan keltirib chiqarilgan bakteriya “sayohatchilar diareyasi” termini bilan ataladi.
Dori preparatlari
Ko‘pchilik dori vositalari ham diareyaga sabab bo‘ladi, ayniqsa antibiotiklar. Antibiotiklar hamma bakteriyalarni o‘ldiradi, shuningdek organizm uchun foydali bakterialarni ham nobud qiladi. Buning natijasida ichakdagi mikroflora balansi buziladi. Bundan tashqari o‘smalarga qarshi kimyoviy dorilar va magneziya ham diareyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Laktozani ko‘tara olmaslik
Laktoza sut va sut mahsulotlarida uchraydigan uglevod. Laktozani parchalovchi fermenti yo‘q insonlarda sut mahsulotlarini iste’mol qilgandan so‘ng diareya kuzatiladi. Inson organizmi laktozani parchalovchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Ba’zi insonlarda fermentning birdaniga pasayib ketishi uchrab turadi. Bu esa yosh o‘tgan sari laktozani hazm qila olmaslikka olib keladi.
Fruktoza
Fruktoza tabiiy meva mahsulotlari, asal va ayrim ichimliklarga qo‘shiladi. Fruktozani hazm qila olmaydiganlarda ham diareya uchrab turadi.
Sun’iy shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar. Sorbitol va mannitol saqichlar va boshqa shirin mahsulotlar tarkibida bo‘ladi. Ular ayrim sog‘ odamlarda ham diareya keltirib chiqarishi mumkin.
Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari
Kron kasalligi, yarali kolit, chuvalchangsimon o‘simta kasalligi va ta’sirchan ichak sindromi kabi ichak kasalliklari ham ichish ketishiga asosiy sabablardandir.
Diareya asoratlari
Diareya suvsizlanishga (degidratatsiya) olib keladi, bu hayot uchun xavfli. Suvsizlanish, ayniqsa, bolalar, qariyalar va immun tizimi past bo‘lganlar uchun juda xavfli hisoblanadi. Agar sizda degidratatsiya belgilari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat eting.
Kattalarda suvsizlanish belgilari
- Juda chanqash;
- Og‘iz yoki ter qurishi;
- Kam yoki siydik ajralishining umuman bo‘lmasligi;
- Holsizlik, charchoq va bosh aylanishi;
- Siydik rangining to‘qlashishi.
Yosh bolalarda suvsizlanish belgilari
- Pampers(taglik)larning 2-3 soat yoki undan ko‘p vaqtda ho‘l bo‘lmasligi;
- Og‘iz va tilning qurishi;
- Tana haroratining 39 C da ekanligi;
- Yosh chiqmasdan yig‘lashi;
- Uyquchanlik, reaksiya pasayishi va qo‘zg‘aluvchanlik;
- Qorin, yuz, qovoqlar atrofi terisining quruqlashishi.
Ich ketishini oldini olish uchun nima qilish kerak?
Qo‘llarni tez-tez yuvib turish mikroblarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ovqat tayyorlash va ovqatlangandan keyin qo‘llarni yuvish, pishirilmagan go‘sht bilan kontakda bo‘lganda, hojatxonadan foydalanganda, tagliklarni (pampers) almashtirganda, aksirganda, yo‘talganda qo‘llarni yuvish kerak. Qo‘llarni sovun bilan kamida 20 soniya yuvish tavsiya etiladi. Qo‘llarni yuvishning iloji bo‘lmasa, sanitar gigiyenik vositalardan foydalaning. O‘zida spirtli va ruh saqlovchi gigiyenik vositalardan foydalaning. Losyonlardan foydalanganingizda qo‘lingizning barcha qismini tozalaganingizga ishonch hosil qiling.
Diareyaga qarshi emlash
Bolalarni diareya chaqiruvchi omil rotaviruslarga qarshi emlatish kerak. Buni shifokor maslahati bilan amalga oshirish tavsiya etiladi.
“Sayohatchilar diareyasi” ning profilaktikasi
Diareya boshqa mamlakatlarga sayohat qiluvchilarda ham uchraydi. U yerning ifloslanganlik darajasi va ovqat tarkibining o‘zgarganligi sabab bo‘ladi. Xavfni kamaytirish uchun:
Nima yeyayotganingizga e’tiborli bo‘ling. Issiq, yaxshi pishirilgan ovqatlar tanovul qiling. Yuvilmagan mevalarni po‘stlog‘ini tozalamay iste’mol qilmang.
Nima ichayotganingizga e’tibor bering. Maxsus idishdagi qadoqlangan ichimliklar iching. Vodoprovod suvi va muz kvadratlarini iste’mol qilmang. Tishlaringizni yuvish uchun ham qadoqlangan suvdan foydalaning. Cho‘milayotganingizda og‘zingizga suv kirmasligiga harakat qiling. Qaynatilgan suvdan tayyorlangan ichimliklar choy, kofelar ancha xavfsiz. Esdan chiqarmangki, alkogol va koffein diareyani va suvsizlanishni kuchaytirib yuboradi.
Shifokoringizdan tegishli antibiotiklar qabul qilish haqida maslahatlashing. Sayohatga chiqishingizdan oldin shifokoringizdan antibiotiklar qabul qilish haqida maslahatlar oling. Agar immun tizimingiz sust bo‘lsa, antibiotiklar diareya kelib chiqmaslik uchun ancha yordam beradi.
Sayohat oldidan infeksiya tarqalgan zonalar haqida ma’lumot oling. SSV va SES ning rasmiy web sahifalari yordamida yurtingizdan tashqari mamlakatlarning qaysi birida infeksiya o‘choqlari kuzatilayotganligini bilib oling. Bu xavfsiz sayohatning muhim omillaridan biridir.
Diareya diagnozi
Diagnozni aniq qo‘yishda shifokor quyidagi testlar asosida yordam beradi:
Qon analizi — qon bakteriya tekshiruvi diareyaning sababini aytib beradi.
Najas tekshiruvi — najas tekshiruvida diareyaning bakterial yoki parazitar sababini aniqlasa bo‘ladi.
Kolonoskopiya — agar yuqoridag tekshiruvlar natija bermasa, ichakni kolonoskop yordamida tekshirish diareyaning boshqa sabablarini aniqlab beradi.
Diareyani davolash
Ko‘p hollarda diareya o‘z-o‘zidan 1-2 kunda yo‘qolib ketadi. Agar siz ovqatlanish tartibingizni o‘zgartirsangiz va diareyaga qarshi choralar qo‘llashingizga qaramay diareya davom etsa, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, shifokor huzuriga borishingiz hamda holatingizga ko‘ra u sizga to‘g‘ri muolaja olib borishda yordam beradi.
Antibiotiklar
Bakteriya va ayrim parazitlar sabab kelib chiqqan diareyada yordam beradi. Agar ich ketishiga viruslar sabab bo‘lsa antibiotiklar hech qanday naf bermaydi.
Yo‘qotilgan suvni qayta tiklash
Shifokor yo‘qotilgan suv va tuz o‘rnini to‘ldirish uchun muolaja qiladi. Kattalar uchun bu suv, sharbat yoki boshqa suyuqliklar ichishdir. Agar ichilgan suyuqlik diareyaga sabab bo‘lsa, shifokor parenteral (vena ichiga) suyuqliklar yuborish yo‘lini qo‘llaydi. Oddiy suv suyuqlik o‘rnini to‘ldiruvchi yaxshi vosita, ammo u o‘zida tuz va elektrolitlar tutmaydi. Ichimlik sodasi va kaliyli eritmalar esa kerakli minerallarga boy, bu minerallar yurakning ishlash faoliyatiga ta’sir ko‘
rsatadi. Bundan tashqari meva sharbatlari ham o‘zida ko‘plab minerallarni saqlaydi, ammo olma sharbati diareyani kuchaytirib yuborishi mumkinligini inobatga olish kerak. Bolalar uchun yo‘qotilgan suv o‘rnini to‘ldirish uchun pediatrning qat’iy maslahati zarur, faqat shifokorgina oral yoki parenteral yo‘lni tanlab beradi.
Qabul qilayotgan dori preparatni kamaytirish
Shifokor diareya sababini antibiotiklar bilan bog‘lasa, undan voz kechadi yoki boshqasiga almashtirib beradi.
Diareya asosida yotgan kasallikni davolash
Agar diareya ichak kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lsa, mutaxassis gastroenterolog sizga yordam beradi.
Ich ketishini uy sharoitida davolash
Diareya paytida quyidagilarni bajarish foyda berishi mumkin:
- Iliq va toza suyuqlik iching. Sovuq suv, bulyon, sharbatlar ichish, alkogol va koffeinni iste’mol qilmang;
- Yarim qattiq mahsulotlar. Suxariklar, tostrdan chiqqan non, qotirilgan tuxum, guruch va tovuq go‘shti iste’mol qiling.
- Ayrim ovqat mahsulotlarini, sut mahsulotlari, yog‘li ovqatlar, kletchatkaga boy mahsulotlar, konservalangan mahsulotlarni vaqtinchalik taomnomangizdan cheklashingiz lozim.
- Probiotiklar qabul qilish. Retseptsiz beriladigan ichak mikroflorasini tiklovchi probiotiklar qabul qilish ham ich ketishidan qutilishingiz uchun foyda berishi mumkin. Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida probiotiklar saqlaydi, masalan yogurt.
Mavzuga aloqador foydali maqola: Bolalarda diareya kasalligi
© www.mayoclinic.org
Kasalliklar
Ich ketishi (diareya) — belgilari, oldini olish va davolash usullari, sabablari