ICH KЕLISHINI YAXSHILOVCHI VA DAVOLOVCHI MASSAJLAR…
ICH KЕLISHINI YAXSHILOVCHI VA DAVOLOVCHI MASSAJLAR… ⭕️ Ichaklarda yig‘ilgan gazlarni yo‘qotish va ichaklar peristaltikasini oshirishning eng oson va xavfsiz hamda samarali yo‘li davolovchi massajlar bajarishdir. ⭕️ Agar bolakaylarning qorin sohasiga qo‘l bilan tegilganda yig‘lasa yoki bezovtalanishsa, massaj muolajalarini to‘xtatish va pediatr ko‘rigidan o‘tish kerak. ⭕️ Bolakaylarni qorin devorini juda ham ehtiyotkorlik bilan massaj qilish zarur, buni quyidagicha amalga oshirish talab etiladi: ⭕️ Bolakaylarning kiyimi yechiladi va orqasi bilan yotqiziladi. ⭕️ Kaftingizga biroz moy surib oling. ⭕️ Bolakay terisining moyga bo‘lgan allergiyasi tekshirib ko‘riladi ✅ Kindik atrofini soat strelkasi bo‘ylab, yengil harakat bilan 5 daqiqa davomida massaj qilish lozim Massajdan so‘ng ichaklar peristaltikasini oshiruvchi muolajalar bajariladi⤵️ ✅ Bolakayni orqa tomoni bilan yotqiziladi ✅ Oyoqlarni pastki qismidan ushlab, bir necha marotaba qorin sohasiga bukib yoyiladi (5 marotaba) ✅ Bolakayni tizzalarga qorni bilan yotqizliib, orqa tarafdan kuraklardan boshlab, belgacha aylana harakatlar bilan yengil uqalanadi ⭕️ Bundan tashqari, chaqaloqlarni ovqatlantirgandan keyin qorin sohasi bilan yotqizib qo‘yish tavsiya qilinadi (3-8 daqiqaga)ICH KЕLISHINI YAXSHILOVCHI VA DAVOLOVCHI MASSAJLAR…
DO`STLARGA ULASHING:
✅ Muolaja so‘ngida qorinning yuqoridan pastki sohasiga tomon yengil qo‘l harakati bilan “ichakdagi massalarni surish kerak”, ya’ni qo‘l qorin devori ustida mayinlik bilan sirpantiriladi.
ICH KЕLISHINI YAXSHILOVCHI VA DAVOLOVCHI MASSAJLAR…