ICH KЕLISHINI YAXSHILOVCHI VA DAVOLOVCHI MASSAJLAR… to’liq malumot oling
ICH KЕLISHINI YAXSHILOVCHI VA DAVOLOVCHI MASSAJLAR…
Ichaklarda yig‘ilgan gazlarni yo‘qotish va ichaklar peristaltikasini oshirishning eng oson va xavfsiz hamda samarali yo‘li davolovchi massajlar bajarishdir.
Agar bolakaylarning qorin sohasiga qo‘l bilan tegilganda yig‘lasa yoki bezovtalanishsa, massaj muolajalarini to‘xtatish va pediatr ko‘rigidan o‘tish kerak.
Bolakaylarni qorin devorini juda ham ehtiyotkorlik bilan massaj qilish zarur, buni quyidagicha amalga oshirish talab etiladi:
Bolakaylarning kiyimi yechiladi va orqasi bilan yotqiziladi.
Kaftingizga biroz moy surib oling.
Bolakay terisining moyga bo‘lgan allergiyasi tekshirib ko‘riladi
Kindik atrofini soat strelkasi bo‘ylab, yengil harakat bilan 5 daqiqa davomida massaj qilish lozim
Muolaja so‘ngida qorinning yuqoridan pastki sohasiga tomon yengil qo‘l harakati bilan “ichakdagi massalarni surish kerak”, ya’ni qo‘l qorin devori ustida mayinlik bilan sirpantiriladi.
Massajdan so‘ng ichaklar peristaltikasini oshiruvchi muolajalar bajariladi
Bolakayni orqa tomoni bilan yotqiziladi
Oyoqlarni pastki qismidan ushlab, bir necha marotaba qorin sohasiga bukib yoyiladi (5 marotaba)
Bolakayni tizzalarga qorni bilan yotqizliib, orqa tarafdan kuraklardan boshlab, belgacha aylana harakatlar bilan yengil uqalanadi
Bundan tashqari, chaqaloqlarni ovqatlantirgandan keyin qorin sohasi bilan yotqizib qo‘yish tavsiya qilinadi (3-8 daqiqaga)
Ayollar uchun
ICH KЕLISHINI YAXSHILOVCHI VA DAVOLOVCHI MASSAJLAR…