IBTIDOIY JAMIYAT

IBTIDOIY JAMIYAT

IBTIDOIY JAMIYAT — ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar boʻlgan davr. Jamoa boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib isteʼmol qilish Ibtidoiy jamiyatning oʻziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega boʻlgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, oʻz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi juda buyuk kash-fiyot hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim L. G. Morgan nomi bilan bogʻliq. L. G. Morgan oʻzining «Qadimgi jamiyat» (1877) asarida juda boy etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinchi boʻlib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki bosqichga boʻlgan: 1-bosqichni «ibtidoiy tuda», 2-bosqichni esa «ibtidoiy urugʻchilik jamoasi» deb atadi. Ibtidoiy tuda bo-sqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning «hayvonot» olamidan ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan xarakterlanadi. L. G. Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamiyatga kiritmagan. Aslida Ibtidoiy jamiyat urugʻchilik jamoasini vujudga kelishi bilan boshlanadi. L. G. Morgan fikriga F. Engels va V. I. Leninpar qoʻshilsada, ammo ular urugʻchilik jamoasi davrini «ibtidoiy kommuna», «qadimgi kommunizm» iboralari bilan almashtirib katta nazariy xatoga yoʻl qoʻyadilar. Ibtidoiy Jamiyat Cmashinning «Dialektik va tarixiy materializm haqida» asari paydo boʻlgach, masala yanada chalkashib ketdi. U I. j. tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy tuda bosqichini ham qoʻshib yubordi. Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq sovet tarixshunosligida asosiy yoʻl-yoʻriq boʻlib qoldi. Aslida, tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya — ibtidoiy urugʻchilik jamoasi edi. U urugʻ jamoalarining paydo bulishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa i. ch. ning oʻzi boʻlmagan. Bu davr odamzodning uzok, davom etgan tadrijiy shakllanish bo-sqichi boʻlib, u haqiqatan Ibtidoiy jamiyatga oʻtish davri hisoblanadi. L. G. Morgan oʻz vaqtida Ibtidoiy jamiyatni 2 bosqichga boʻlgan: bi-rinchisini «ibtidoiy urugʻchilik jamoasi», ikkinchisini esa «harbiy demokratiya bosqichi» deb ataydi. 20-a. davomida etn. va arxeologiya sohalarida fan olamida qoʻlga kiritilgan yutuqlar harbiy demokratiya davrini sinfsiz jamiyatdan birinchi sinfiy jamiyatga oʻtish bosqichi sifatida qarashni, shuningdek, «ibtidoiy urugʻchilik jamoasi» davrini ikki fazaga boʻlishlikni taqozo etadi. Ibtidoiy urugʻ jamoasining har ikkala fazasi davomida inson hayotida juda katta sifat oʻzgarishlari yuz berdi. Bu davrda dastlabki jamoa boʻlib yashash kurtagi paydo boʻldi. Bu kurtak urugʻ jamoasining tarkib topishiga asos solgan onalar atrofida yuz berdi. Shuning uchun ham urugʻchilik jamoasining bu ilk fazasi — ona urugʻi — matriarxat deb ataldi. Urugʻchilikning birinchi tadrijiy rivojlanish fazasida i. ch. munosabatlari toʻlaligicha urugʻ manfaatiga mos tushadi, jamoada ijtimoiy i. ch. hukmron. Endi ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida i. ch. munosa-batlari asta-sekin urugʻ manfaati do-irasidan chiqa boshlaydi. Bunday ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar ibtidoiy jamoa xoʻjaligida dehqonchilik va chorvachilikning kelib chiqishi rivojlanishi b-n, jamoada ortikcha mahsulotning paydo boʻlishi va bozor munosabatlarining tarkib topishi bilan bogʻliq edi. Bu jarayonlar, albatta, i. ch. da erkaklar mehnatiga talabning or-tishi va urugʻlararo guruxli nikohning buzilishi va urugʻ jamoasidan tashkarida patriarxal juft oilaning qaror topishi bilan bogʻliq edi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasi zamonida roʻy bergan bu oʻzgarishlar matriarxal urugʻ jamoasining patriarxal urugʻ jamoasiga oʻz oʻrnini boʻshatib berishiga olib keldi. Ota urugʻi (patriarxat) shakllandi. Jamoada erkaklar rolining kuchayishi tabiiy ravishda patriarxal juft oilani keltirib chiqardi. Patriarxal urugʻ jamoasidagi juft oila nikohi va uning tarkibida monogam nikoh tizimining karor topishiga olib keldi. Ilk urugʻchilik jamoasi davrida odamzod birinchi bor amaliy sanʼatni kashf etdi, yaʼni sanʼat dastlab ayol haykallarini yasashdan, birinchi navbatda, homilador ayol tasvirini ishlashdan boshlandi. Bu davrning boshqa bir buyuk oʻzgarishi odamzodning biologik jismoniy tuzilishida roʻy berdi, yaʼni yevropeoid, negroid va mongoloid irklar shakllandi va, nihoyat, eng qad. ajdodlarimiz tabiiy gʻordan chiqib, maʼlum mintaqalarda oʻzlari uchun kulba yasash yulini kashf etdilar. Ibtidoiy ajdodlarimiz hayotidagi bu inqilobiy oʻzgarishlar ona urugʻi — matriarxatning dastlabki ming yilliklari davomida, yaʼni mil. av. 40 — 30ming yilliklarda sodir boʻldi. Ibtidoiy tuda davrida ilk ajdodlarimiz oʻrtasida biologik aloqalar cheklanmagan, tartibsiz holda yuz bergan boʻlsa, ibtidoiy urugʻchilik jamoasi tarkib topishi bilan odamlar oʻrtasidagi biologik aloqalar maʼlum tartibga tushdi, yaʼni biologik aloqalar endi ikki urugʻ jamoasi aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladigan boʻldi. Bu nikoh tartibi guruxli nikohdeb yuritildi. Key-inroq, ona urugʻi davrining soʻnggi fazasida ana shu guruxli nikoh doirasida ayollar farzandlarining otalaridan oʻz urugi uchun ishlab berishni, oʻz urugʻi yumushlariga yordam berishni talab kila boshlaydilar. Bu talablar, albatta, iqtisodiy muammolar bilan bogʻliq boʻlib, ona urugʻi jamoasi zaminida matriarxal juft oilani rasmiylashi-shiga olib keldi. Onalar, endi, uz farzandlariga uz otasini tanishtira boradi. Uzok, davom etgan bu nikohtarti-bi va axloq normalari ona urugʻi doirasida erkaklar rolining kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiy hayot tashvishlari endi erlar qoʻlida jamlandi. Erkaklar iqtisodiy xujalik jilovini uz qoʻllariga oladilar va ularning farzandlari oldidagi nufuzi ortib boradi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida urugʻ jamoalari xoʻjaligida qoʻshimcha daromad paydo boʻladi, u esa, oʻz navbatida, mol ayirboshlashni keltirib chikaradi. Ana shu davrdan boshlab urugʻlarning qabilalarga birlashishi boshlanadi. Qabilalararo iqtisodiy aloqalar vujudga keladi va ularning oqibat natijasi sifatida kishilik tarixida harbiy demokratiya davri boshlandi. Bu inqilobiy oʻzgarishlar otalar urugʻi (patriarxat) ga xos bulib, ular ibtidoiy urugchilik jamoasi zaminida dehqonchilik va chorvachilikning kashf etilishi bilan bogʻliq edi.

Ensiklopediya.uz
IBTIDOIY JAMIYAT