IBROHIMBEK
IBROHIMBEK, Ibrohimbek laqay, Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy toʻqsabo oʻgʻli (1889, Dushanba atrofidagi Koʻktosh qishlogʻi — 1932.31.8, Toshkent) — Shoʻro xukumatiga qarshi kurash harakati raxbarlaridan biri. Ibrohimbek maqalliy madrasada saboqolgan. 1919-y. da Hisor begi huzurida qilgan xizmatlari evaziga qorovulbegi, keyinchalik Buxoro amiri tomonidan devonbegi, toʻpchiboshi va lashkarboshi lavozimlariga koʻtarilgan. Sobiq amir Olimxon 1921-y. boshlarida Ibrohimbekni butun qoʻshinlariga qoʻmondon qilib tayinlagan. Buxoro qoʻrboshilarining qurultoyi (1921.17.09) da Ibrohimbekka «Islom lashkarboshisi» degan unvon berilgan. U qisqa muddat ichida 10.000 nafardan ortiq askar toʻplab, Koʻlob, Baljuvon, Qorategin, Darvoz, Hisor viloyatlarini qizil qoʻshindan tozalagan. 1922-y. Dushanba sh. ni bosqinchilardan ozod etishda qatnashgan. 1923-y. bahorda Ibrohimbek qoʻl ostida faqat Sharqiy Buxoroda 47 ta qoʻrboshi dastalari harakat qilar, as-karlarining soni Hisorning oʻzida 20000 kishi edi. 1923-y. yozida u Hisor vodiysi va Panj daryosi atrofida qator muvaffaqiyatli qarbiy harakatlarni oʻtkazdi. 1925-y. yanv. da Ibrohimbek Surxon vohasida, Sherobod — Boysun atroflarida shoʻro qoʻshinlariga qarshi mu-vaffaqiyatli kurash olib borgan.
Ensiklopediya.uz
IBROHIMBEK