Ibrohim Nahai

Ibrohim Nahai
ibrohim nahai 65cb374bb5522

00006 1764

Ibrohim Nahai

DO`STLARGA ULASHING:

Tobeinning fiqh va hadis olimlaridan. Fiqh ilmining va Iroq fiqh maktabining asoschilaridan. Kunyalari Abu Imrondir. Asli Kufalik bo’lsalar ham ajdodlarining Yamanning Naha qabilasiga mansub bo’lganliklari uchun Nahai deyiladi. Tug’ilgan yillari noma’lum bo’lib hijriy 96 yilda vafot etganlar. Ibrohim Nahai ashobi kiromdan Hz. Oisha r.anho onamiz hamda Saidi Hudriy r.anhu va boshqa sahobalar bilan ko’rishganlar. Hamda ulardan rivoyat qilganlar. Faqat aksar rivoyatlari Tobiindandir. Ba’zi rivoyatlarga ko’ra Oisha onamiz bilan ko’rishmaganlar ham deyiladi. Ammo ko’rishganliklari sahihdir.

A’mash Ibrohim Nahai to’g’risida shunday deydi: Ibrohim hadislarning sarrofi edi”

Qozi bo’lmaslik uchun Hajjoji Zolim vaqtida bir muddat yashirinib yurganlar. Ibrohim Nahai tamoman fiqh muhitida katta bo’ldilar. Tog’alari Alqama faqeh bir inson edilar, u zotning o’g’illari ham fiqh olimlari edi.

Hanafiy mazhabidan diniy hukmlar Ashobi kiromdan Ibni Mas’ud r.anhu boshlagan yo’l bilan maydonga chiqarilgandir. Imom A’zam Abu Hanifa r.alayh Hammoddan, Hammod Ibrohim Nahaidan, Ibrohim Nahai Alqamadan , Alqama Ibni Mas’ud r.anhudan , Ibni Mas’ud r.anhu Sarvari Koinot Mavjudoti Mahluqotning sayyidi Muhammad s.a.v dan ilm o’rgandir.

Ibrohim Nahai