Ibodullayev Z. Asab kasalliklari
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Saytimizda yangi kitob mutoalaasi «Asab va ruhiyat»
Bugundan boshlab saytimizda professor Zarifboy Ibodullayevning «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida 2015-yil bosmadan chiqarilgan «Asab va ruhiyat» nomli ilmiy-ommabop kitobini mutoala qilishingiz mumkin.
Kitob muallifi tashabbusi bilan O‘zbekistonda «Tibbiyot psixilogiyasi» faninini o‘qitish konsepsiyasi ishlab chiqilgan va dastlabki o‘zbek tilidagi darslik yaratilgan.
Sizga taqdim etayotgan nashr haqida muallif shunday deydi:
— Ushbu kitobning birinchi nashri chop etilgach, tez orada tarqalib ketdi. Inson kasal bo‘lib qolgach kimga borsam ekan, bu darddan qanday qutulaman, davolanishga qancha vaqt ketadi, yana avvalgi xolimga qayta olamanmi kabi savollar uni qiynaydi. Kitobda shu kabi savollarga javob berishga harakat qilingan.
Kitob eng ko‘p uchraydigan kasalliklar haqida bo‘lib, unda bosh miyaning qon tomir kasalliklari, epilepsiya va tutqanoq sindromlari, bosh miyaning yallig‘lanish kasalliklari, parkinsonizm, miyaning ichki bosimi, tanadagi turli og‘riqlar, osteoxondroz, disk churrasi, depressiya, nevroz, ipoxondriya, isteriya, migren, psixosomatik buzilishlar, fobiya va qo‘rquv, bolalar va kattalarda uchraydigan aqliy zaifliklar, xotira buzilishlari, bosh aylanish va chayqalib yurishlarga asosiy urg‘u berilgan.
Ba’zi bemorlar to‘g‘ri davolash muolajalarini olsa-da, o‘z salomatligini yana saqlay olishmaydi yoki shu kasallikka oid qoidalarga amal qilishmaydi va yana kasal bo‘lib qolishadi. Ushbu kitobda qaysi kasallikda qanday yo‘l tutish kerakligi bemorlar uchun oddiy va qisqa qilib bayon qilingan. Ba’zan ruhiy siqilish yoki surunkali charchash sababli paydo bo‘lgan oddiy bosh og‘riqni bosh miyaning ichki bosimi oshgan yoki beldagi doimiy og‘riqni umurtqa pog‘onasi disk churrasi deb davolanib yurishadi. Shunday paytlarda ushbu kitob ularga asqotadi deb o‘ylayman.
Hozirda o‘z kasalligini internet orqali izlab o‘ziga turli tashxislar qo‘yib yoki bo‘lmasa aslida havfli bo‘lmagan kasallikdan qo‘rqib uyida yotib olgan yoki o‘zini-o‘zi davolash usuliga berilib ketgan bemorlarni ko‘p uchratamiz. Ba’zida bunday bemorlar og‘ir asoratlar bilan bizga ham ko‘p murojaat qilishadi. Men bemorlarga tibbiyot xodimlari ruxsatisiz o‘zingizga tashxis qo‘ymang, o‘zbilarmonchilik bilan dorilar qabul qilmang, oqibati yomon bo‘ladi, deb qat’iy tayinlagan bo‘lur edim. Mana shunday bemorlarni ko‘p uchratganim uchun ham ushbu kitobni yozish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Men iloji boricha eng ko‘p uchraydigan asab va ruhiy kasalliklar haqida ma’lumot berishga harakat qildim. O‘ylaymanki ushbu kitob bemorlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, ularni shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilishga undaydi.
Endi ushbu kitobning birinchi nashri haqida ikki og‘iz so‘z. Ushbu kitob nashr yuzini ko‘rgach aholi orasida bir necha oy ichida tarqalib ketdi. Klinikamizga murojaat qilganlar va men bilan shaxsan uchrashgan bemorlar o‘zlarini bezovta qilgan kasalliklar haqida yozishimni so‘rab ko‘p iltimoslar bo‘ldi. Afsuski kichik bir kitobda barcha kasalliklar haqida ma’lumot berish imkoni yo‘q. Biroq kitobxonlar talabini e’tiborga olib, iloji boricha turli asab kasalliklarini yoritishga harakat qildim. Shuningdek, kitobda asab va ruhiyatga oid hikoyalar, rivoyatlar va aforizmlar ham keltirilgan. Qo‘l ostimizda davolangan bemorlar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Kitobimizning bu nashri ham sizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddaman.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Ochlik arteriyani yosh saqlaydi ( 20-qism )
Saytimiz jamoasi nomidan kitob muallifi va taqrizchilarga, nashrga tayyorlagan «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi jamoasiga o‘z minnadorchiligimizni bildiramiz!
Ibodullayev Z. Asab kasalliklari
Toshkent: Fan va texnologiya, 2013. — 1000 bet. — ISBN: 978–9943–10–979–7.
Ushbu darslik «Asab kasalliklari fani davlat ta’lim standarti»ga asoslanib tayyorlandi va uning mavzulari xususiy nevrologiyaga oid materiallardan iborat.
Darslik zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan holda yozilgan bo‘lib, unda kasallik nomi, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxis, davolash algoritmi, prognozi va profilaktikasi an’anaviy yo‘sinda yoritilgan. Mavzularning bunday yoritilishi talabalar tomonidan uni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Har bir mavzuda keltirilgan tashxis qo‘yish va davolash algoritmi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga qat’iyan amal qilgan holda tuzib chiqildi. Barcha bo‘limlarda zamonaviy neyrovizualizatsiya usullari, ya’ni KT, MRT, MRA, PET, transkranial dopplerografiya, duppleksli skanirlash, immunologik va virusologik tekshiruvlar bo‘yicha olingan ma’lumotlar yoritilgan. Tashxis qo‘yish va davolash bosqichlari ketma-ket ravishda bayon etilgan. Bu esa bemorga qaysi bosqichda umumiy amaliyot shifokori va qaysi bosqichda nevrolog yordam ko‘rsatishi zarurligini ko‘rsatib beradi. Darslik izohli jadvallar va rasmlar bilan boyitilgan. Shuningdek, barcha murakkab atamalarning izohi keltirilgan. Har bir mavzu oxirida nazorat uchun savollar mavjud.
- Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
- Регистрация
- Узнайте сколько стоит уникальная работа конкретно по Вашей теме:
- Сколько стоит заказать работу?
Asab kasalliklari kitob pdf
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Asab kasalliklari
Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!
Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Ushbu darslik «Asab kasalliklari fani davlat ta’lim standarti»ga asoslanib tayyorlandi va uning mavzulari xususiy nevrologiyaga oid materiallardan iborat. Darslik zamonaviy ilm-fan yutuqlariga asoslangan holda yozilgan bo‘lib, unda kasallik nomi, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisi, qiyosiy tashxis, davolash algoritmi, prognozi va profilaktikasi an’anaviy yo‘sinda yoritilgan. Mavzularning bunday yoritilishi talabalar tomonidan uni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Har bir mavzuda keltirilgan tashxis qo‘yish va davolash algoritmi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga qat’iyan amal qilgan holda tuzib chiqildi. Barcha bo‘limlarda zamonaviy neyrovizualizatsiya usullari, ya’ni KT, MRT, MRA, PET, transkranial dopplerografiya, duppleksli skanirlash, immunologik va virusologik tekshiruvlar bo‘yicha olingan ma’lumotlar yoritilgan. Tashxis qo‘yish va davolash bosqichlari ketma-ket ravishda bayon etilgan. Bu esa bemorga qaysi bosqichda umumiy amaliyot shifokori va qaysi bosqichda nevrolog yordam ko‘rsatishi zarurligini ko‘rsatib beradi. Darslik izohli jadvallar va rasmlar bilan boyitilgan. Shuningdek, barcha murakkab atamalarning izohi keltirilgan. Har bir mavzu oxirida nazorat uchun savollar mavjud.
Qiziqarli malumotlar
Ibodullayev Z. Asab kasalliklari