IBN TAYMIYA
IBN TAYMIYA, Taqiy ad-din Ahmad (1263, Harron, Suriya — 1328, Damashq) — hanbaliylik mazhabiga mansub faqih va ilohiyotchi olim. 1269-y. otasi oilasi b-n Damashqqa koʻchib oʻtadi. Ibn Taymiya dastlab otasi asos solgan Sukkariya madrasasida taʼlim oladi, soʻng 21 yoshida shu madrasaga oʻzi mudarrislik qiladi. 1296-y. Damashkdagi Hanbaliya madrasasida saboq berdi. 1306—12 y. larda Misrda yashadi. Shu davrda u Misr ilohiyotchilari bilan keskin bahslar yuritdi va natijada 2-marta zindonga tushdi. 1313-y. Damashqqa qaytib yana mudarrislik faoliyatini davom ettirdi. Ammo, bu yerda ham 1321 va 1326-y. zindonga tushadi va tutqunlikda vafot etadi.
Ensiklopediya.uz
IBN TAYMIYA