IBN BATTUTA

IBN BATTUTA

IBN BATTUTA, Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox alLavatiy attanjiy (1304.24.2, Tanja — 1369, Fos) — mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi. Barbarlarning lavat kabilasiga mansub. Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 75 ming mil (120 ming km) masofani bosib oʻtgan. Ibn Battuta 1325-y. yozida Marokashdan qajga boruvchilar karvoniga qoʻshilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida boʻlgan. Dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiyaga borgan. 1332-y. uchinchi marta Makkaga borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan. Soʻngra Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va Qrimga bordi. Itil (Volga) daryosi orqali Hoji Tarxon (Astraxon) ga oʻtib, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qabulida boʻlgan; keyin Xorazm poytaxti oʻrganchga kelgan. Undan Buxoro, Nahshab, Termiz, Samarkand, Balx va Kobul, Moʻlton orqali Hindistonga borgan va Dehli sultoni Muhammad Tugʻloq saroyida qariyb 8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan (I. B. Sherozda ikki mazhab — molikiylar va shofiʼiylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). Soʻngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349 i. Marokashga qaytgan. 1349—52 y. lar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 y. larda Sudanga sayohat qilgan.

Ensiklopediya.uz
IBN BATTUTA